Microsoft Word Diloromxon oya tayyor. Д. Ас?арова
Ta'lim olish faoliyatining ko‘nikma va ilk zaminini aniqlash tashxisi
Download 0.74 Mb.
|
,0000063
Ta'lim olish faoliyatining ko‘nikma va ilk zaminini aniqlash tashxisi: Bolaning o‘quv faoliyatiga ilk zamin va ko‘nikmalarni egallaganligi va darajasini aniqlash uchun J.Saidnazarova tomonidan tayyorlangan savollar jamlanmasi tavsiya etiladi.
Bolaning maktab haqidagi tasavvurlarini aniqlash uchun savolnoma (motivatsion tayyorgarlik). Maqsad: Ushbu savolnoma shaxsining belgisi sifatida unda mas'uliyat hissi qanchalik shakllanganligi darajasini, bolaning maktab vazifasini qanchalik tushunib etganligini va uning maktabga munosabatini aniqlaydi. Sen maktab-maktab o‘ynashni yaxshi ko‘rasanmi? (bolaning maktabga munosabati va unda o‘qishga xohishi). Bu o‘yinda sen kim bo‘lishni xohlaysan: o‘qituvchimi, o‘quvchi? (savol bilim manbai sifatida o‘qituvchi bo‘lish istagi sababini va bilim olishga intilish sifatida o‘quvchi bo‘lish istagi sababini aniqlaydi). O‘qish -bu qiyinmi yoki oson? Nima uchun? (savol bolalardagi ta'lim olish jarayonibu ko‘p mehnat qilishi lozim bo‘lgan jarayon degan tushunchaga oydinlik kiritadi). Katta bo‘lganingda, sen o‘qituvchi bo‘lishni xohlaysanmi? (o‘qituvchi bo‘lish yoki bo‘lmaslik xohishining asosli tushunib etilishi, o‘qituvchi kasbiga uning munosabati). Sen maktabga bora boshlansang, popkangga nimalarni joylab borasan? (sanab o‘tgan narsalardan uning bilimi va maktabda nimalar bilan shug‘ullanishi haqidagi tasavvurlarini aniqlash mumkin). Maktabingga sen sevimli o‘yinchog‘ingni olib borasanmi? Uni qachon o‘ynaysan? (savol bolalarning maktab tartib tizimi maktabda tanaffuslar bo‘lishi haqidagi tasavvurlarini aniqlaydi). Nega ayrim bolalar maktabda yomon o‘qishadi? (bolalarda mas'uliyat hissining shakllanganlishi, irodaviy tayyorgarligi darajasini oydinlashtiradi). Maktabda o‘qish bolalar uchun nega kerak? (savol bolaning bilim olishga bo‘lgan intilishini aniqlaydi). Agar senga o‘qituvching «2» qo‘ysa, sen xafa bo‘lasanmi? Nega? (salbiy bahoga bola munosabatining asosi). Maktabda sen qanday baholar olishga harakat qilasan? Buning uchun nima qilish kerak? (bolaning ijobiy va salbiy baholar haqida bilishi). Download 0.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling