Microsoft Word Diloromxon oya tayyor. Д. Ас?арова


Download 0.74 Mb.
bet59/67
Sana16.06.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1496404
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   67
Bog'liq
,0000063

Jismoniy tarbiya - o‘quvchilarda jismoniy va irodaviy sifatlarni shakllantirish, ularni aqliy va jismoniy jihatdan mehnat hamda Vatan mudofaasiga tayyorlashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy tarbiya tizimining muhim tarkibiy qismi.
Fantaziya - xayol, hayotda inson tomonidan idrok etilmagan tasavvur va xayoliy xotiralarning vujudga kelishidan iborat psixik jarayon.
Faoliyat - shaxs tomonidan tabiiy va ijtimoiy maqsadga muvofiq tashkil etiluvchi kundalik, ijtimoiy yoki kasbiy harakatlarning muayyan shakli, ko‘rinishi. Subyektning olam bilan faol o‘zaro munosabati.
Individual o‘qitish - o‘quvchi shaxsiga alohida yondoshgan holda ta' lim- tarbiya berish.
Innovatsiya - yangidan kiritilgan tushunchalar, tartib-qoidalar, tehnologiyalar va yangiliklar.
Interfaol usul - ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchi o‘rtasidagi faol hamkorlik muloqoti.
Joriy nazorat - ta'lim jarayonida o‘quvchilar tomonidan o‘quv dasturida belgilangan muayyan mavzularni o‘zlashtirilish bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalari darajasini aniqlash, baholash shakli.
Hisobot - kundalik ish yakunidagi yozma axborot.
Ijod - yaratish, yangilikni kashf etish degan manolarini anglatadi va insondagi shu jarayonni ifodalaydi.
Ijodkorlik (kreativlik) - bolalarni maksimal darajada ijodiy ibtidoga, o‘z ijodiy faoliyati tajribasini egallashga yo‘naltirish
Ilmiy dunyoqarash - uzluksiz, izchil ravishda mavjud fanlar asoslarini puxta o‘zlashtirib borish, ijtimoiy munosabatlar jarayonida faol ishtirok etish natijasida barqarorlashgan dunyoqarash shakli.
Illyustratsiyali masalalar - rangli rasmlar va o‘yinchoqlardan foydalanib bajariladigan masalalar.
Individual yondashish tamoyili - bolalarning yosh xususiyatini, qobiliyatlarini, psixologiyasini hisobga olish kerak degan talablardan kelib chiqadigan tamoyil va bu tamoyil matematikani o‘qitish davomida amalga oshirilishi shart.
Ilmiy tafakkur - inson aqliy faoliyatining yuksak shakli sanalib, ijtimoiy voqea-hodisalar, jarayonlarga nisbatan ilmiy yondashuv.
Ilmiy qarash (yunoncha «idea» - g‘oya, tasavvur, tushunchalar yig‘indisi) - muayyan hodisa, jarayonning mohiyatini yorituvchi, ilmiy jihatdan asoslangan fikr, g‘oya.
Individ - (lotincha «individium» bo‘linmas, yagona, alohida degan ma'nolarni anglatadi) - xatti-harakatlarini shartli refleks yordamidagina tashkil eta oluvchi biologik mavjudot.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling