Microsoft Word Diloromxon oya tayyor. Д. Ас?арова


Download 0.74 Mb.
bet62/67
Sana16.06.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1496404
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67
Bog'liq
,0000063

Mustaqil ta'lim - insonning o‘zi tanlagan vositalar va adabiyotlar yordamida ajlodlar tajribasini, fan va texnika yutuqlarini o‘rganishga yo‘naltirilgan shaxsiy harakatlari.
Magistratura - aniq mutaxassislik bo‘yicha fundamental va amaliy bilim beradigan, bakalavriat negizida ta'lim muddati kamida ikki yil davom etadigan oliy ta'lim.
Madaniyat («cultura» so‘zidan olingan boiib, parvarish qilish, ishlov berish ma'nosini bildiradi) - ijtimoiy taraqqiyot davomida insonlarning faoliyati tufayli qo‘lga kiritilib, ularning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiluvchi moddiy va ma'naviy boyliklar tizimi.
Mazmun (ta'lim (bilim olish) mazmuni) - ta'lim jarayonida shaxs tomonidan o‘zlashtirilishi zarur bo‘lgan ilmiy bilim, amaliy ko‘nikma, malaka, fikrlash hamda faoliyat usullari tizimi.
Maktabgacha ta'lim - bolaning sog‘lom, har tomonlama kamol topib shakllanishini ta'minlovchi, unda o‘qishga intilish hissini uyg‘otuvchi, uni muntazam ta'lim olishga tayyorlovchi hamda bola olti-yetti yoshga yetguncha davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari hamda oilalarda amalga oshiriluvchi ta'lim bosqichi.
Maktabdan tashqari ta'lim - madaniy-estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo‘nalishlarda yo‘lga qo‘yiluvchi, bolalar hamda o‘smirlarning ta'limga bo‘lgan, yakka tartibdagi, ortib boruvchi talab-ehtiyojlarini qondirish, ularning bo‘sh vaqti va dam olishini tashkil etish maqsadida tashkil etiladigan ta'lim bosqichi.
Malaka - ongli xatti-harakatning avtomatlashtirilgan tarkibiy qismi.
Ma'lumot - ta'lim-tarbiya natijasida o‘zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko‘nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui.
Menejment - mavjud minimal imkoniyatlardan maksimal natijalarga erishish uchun shaxs (xodim) yoki guruhga ta'sir o‘tkazish asosida ularning faoliyatini tashkil etish tamoyillari, shakllari, metodlari va usullari.
Metod - yunoncha tarjimasi «tadqiqot, usul, maqsadga erishish yo‘li» kabi ma'nolarni anglatadi.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling