Microsoft Word Diloromxon oya tayyor. Д. Ас?арова


Download 33.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/82
Sana23.09.2023
Hajmi33.38 Kb.
#1686448
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82
Bog'liq
Болаларни мактаб таълимига тайёрлаш

Taqrizchilar: 
 Namangan 
davlat 
universiteti 
maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi 
dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi
M. Abdullayeva
Qarshi davlat universiteti
maktabgacha ta’lim metodikasi kafedrasi 
mudiri, pedagogika fanlari nomzodi, 
dotsent N.X. Oripova 
O’quv qo’llanma Namangan Davlat Universiteti o’quv-uslubiy kengashining 
2019 yil 11dekabrdagi 4-sonli yig’ilishi qarori bilan nashrga tavsiya etilgan. 
ISB: 978-9943-602-6-2-2
 
© Asqarova D. 
 
© “Navro`z” nashriyoti
Toshkent 2020 yil 



SO‘ZBOSHI 
 
Maktabgacha ta’lim bosqichi uzluksiz ta’limning eng muhim, mas’uliyatli, 
bola tarbiyasi va ta’lim olishi poydevori, asoslari shakllanadigan bosqichidir. 
Maktabgacha ta’limning asosiy vazifalari bolalarni xalqning boy milliy, 
madaniy, tarixiy me`rosi va ma’naviy-axloqiy an’analari ruhida tarbiyalash, 
bolalarda milliy vatanparvarlik hislarini shakllantirish, maktabgacha 
yoshdagi bolalarda bilim olish ehtiyojini, o‘qishga intilish moyilliklarini 
shakllantirib, ularni muntazam ravishda ta’lim jarayoniga tayyorlash, 
bolalarning tafakkurini rivojlantirish, o‘zining fikrini mustaqil va erkin ifodalash 
malakalarini shakllantirish, bolalarning jismoniy va ruhiy sog`ligini 
ta’minlashdan iborat. Bu bosqichda bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash masalasi 
eng dolzarb masalalardan sanaladi. Aynan shuni e’tiborga olgan holda bugungi 
kunda mamlakatimizda maktabgacha ta’lim sohasida, bolalarni maktab ta’limiga 
tayyorlash sohasida tub o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Maktabgacha ta’lim 
sohasida Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev faol tashabbusi bilan amalga 
oshirilayotgan ishlar, qabul qilinayotgan farmon va qarorlar muhim ahamiyat kasb 
etmoqda. Maktabgacha ta’lim vazirligining tashkil etilishi, Prezidentimiz 
tomonidan 
“2017-2021-yillarda 
maktabgacha 
ta’lim 
tizimini 
yanada 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2707-sonli Qaror (2016-yil, 29-
dekabr), «Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5198-sonli Farmon (2017-yil 30-sentabr), O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim muassasalari 
faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” gi 528-sonli Qarori (2017- yil, 19-iyo‘l), 
“O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030-yilgacha 
rivojlantirish Kontsepsiyasi” kabi rasmiy hujjatlarning qabul qilinishi maktabgacha 
ta’lim tizimida ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda alohida o‘rin 
egallamoqda. 
Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash o‘zining bir qator mezonlariga ega. 
Bu jarayonda bolalarni jismoniy, aqliy, ruhiy, irodaviy va ma’naviy jihatdan 
maktabga tayyorlash ularning maktab ta’limida zo‘riqmasligi, ta’limning 
uzluksizligi va samaradorligini ta’minlovchi asoslardandir. 
Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash 
jarayonini takomillashtirishda bo‘lajak pedagoglarning ilmiy va uslubiy 
ta’minlanganligi, uning kasbiy tayyorgarligi asosiy masalalardan sanaladi. 
Ayniqsa, bolalarning jismoniy xususiyatlari, antropometrik ko‘rsatkichlari, aqliy-
irodaviy jihatlari, ruhan maktabga tayyorligi ularning intellektual va jismoniy 
jihatdan maktab ta’limiga moslashishi, fanlarni zo‘riqishlarsiz o‘zlashtirishida 
ahamiyatli sanaladi.



Bolalarni maktabga tayyorlashda bu boradagi metodik bilimlarga tayanish, 
aniq tizim va ketma-ketlikka asoslanish muhim ahamiyatga ega. Bu jarayonda 
“Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash metodikasi” fanining mazmunidan kelib 
chiqib tayyorlangan ushbu o‘quv qo‘llanma maktabgacha ta’lim yo‘nalishi 
bakalavriat talabalari, shu yo‘nalishning maxsus sirtqi va sirtqi ta’limi talabalari 
hamda bolalar bog‘chalari tarbiyachilariga kerakli ma’lumot va metodik yordam 
bera oladi. Qo‘llanma zamonaviy pedagogik tehnologiyalarni hisobga olib 
tayyorlangani va bugungi kun talablariga to‘laqonli javob berishi bilan ham muhim 
ahamiyat kasb etadi. 
“Bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash metodikasi” fanining asosiy maqsadi 
bo‘lajak maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari – tarbiyachilarni maktabgacha 
ta’lim tashkilotlarida bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashning ilmiy-nazariy 
asoslari, metodikasi va amaliyotiga oid zamonaviy tehnologiyalar bilan 
tanishtirish, bu boradagi ta’lim tehnologiyalari va didaktik usullarining 
qo‘llanishiga oid ko‘rsatmalar berishdan iborat. O‘quv qo‘llanmadan zaruriy 
adabiyotlar ro‘yxati, muhim tushunchalar izohini o‘z ichiga olgan glossariy o‘rin 
olgan. Bu esa soha mutaxassislari uchun kerakli ma’lumotlar bilan tanishish 
imkonini beradi. 
O‘quv qo‘llanmada bolalalarni maktab ta’limiga tayyorlash metodikasining 
o‘ziga xos xususiyatlari, asosiy yo‘nalishlari, shakllari va metodlari, maktabgacha 
ta’lim tashkilotlarining qisqa muddatli guruhlarida bolalarni maktabga tayyorlash, 
“Ilk qadam” davlat dasturi asosida bolalarni savodga o‘rgatish, bolaning maktab 
ta’limiga tayyorgarligi tahlili, tashxislash usullari, bolalarning maktab ta’limiga 
tayyorgarligiga ta’sir etuvchi omillar, maktabgacha ta’lim tashkiloti, oila va 
maktab hamkorligiga oid ma’lumotlar keng yoritilgan. Bu jarayonda qo‘llanadigan 
zamonaviy pedagogik tehnologiyalar ko‘rsatib o‘tilgan, asosiy tushunchalar 
izohidan tashkil topgan glossariy berilgan.
O‘quv qo‘llanma oliy o‘quv yurtlarining 5111800-maktabgacha ta’lim 
bakalavriat yo‘nalishi talabalari uchun tavsiya etiladi.

Download 33.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling