Microsoft Word Diloromxon oya tayyor. Д. Ас?арова


Download 33.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet35/82
Sana23.09.2023
Hajmi33.38 Kb.
#1686448
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   82
Bog'liq
Болаларни мактаб таълимига тайёрлаш

«Grafik diktant». O‘quv topshirig‘ini qabul qilish, o‘quv amali
yotini 
bajarish, ya’ni ixti
yoriy (erkin) e’tibor rivojlanganligi darajasini aniqlash uchun 
L.A.Venger metodikasi bo‘yicha tashxis o‘tkazish. 
Yo‘riqnoma: 
– Katakli daftar varog‘idan olish va bolaga chiroqli naqshlar chizishni o‘rgatishni 
taklif etish. – Men senga chiziqni qanday tortishni aytaman, sen men aytgandek 
qilib chiz. – Sen o‘ng qo‘ling qayerdaligini eslaysanmi?. To‘g‘ri, bu o‘sha qalam 
ushlab turgan qo‘ling. Qani uni 
yonga cho‘z-chi. Qayerni u ko‘rsatib turibdi 
(eshikni va boshq). – Demak, men qachon chiziqni o‘ng tomonga tortinglar desam 
sen eshik tomonga qaratib chizasan. – Chap qo‘ling qaerni ko‘rsatyapti? (derazani 
yoki boshq). -To‘g‘ri. Men qachon chap tomonga, desam sen chiziqni deraza 
tomongan tortasan. – Men faqat qaysi tomonga chiziqni chizishni aytmay, balki 
uning o‘zunligiga qancha ya’ni, bir katak 
yoki ikki katak bo‘lishini ham aytaman. 
– Faqat men aytgan narsani chizinglar. Chiziq torta
yotganingda to‘xtab, kutib tur, 
qachon men yangi chiziqni qanday chizishni aytganimdan so‘ng oldingisi 
to‘xtagan joydan boshlash kerak. Bolaga naqshni qaerdan boshlab chizishni 
ko‘rsatish (varaqning ustki chap burchagidan, chekkasidan biroz joy tashlab) va 
aytib turish kerak: bitta katakcha yuqoriga. Bitta katakcha o‘ngga. Bitta katakcha 
pastga. Bitta katakcha o‘ngga. Bitta katakcha yuqoriga. Bitta katakcha o‘ngga. 
Bitta katakcha pastga. Bitta katakcha o‘ngga. Bitta katakcha yuqoriga. Endi o‘zing 


58 
xuddi chizganingga o‘xshatib davom ettir. «Diktant» to‘g‘ri bajarilgan holda 
quyidagi naqsh hosil bo‘lishi kerak: Agar bola xatoga yo‘l qo‘ysa, tuzating: Bu 
naqsh mashq uchun edi. Bola uni chiza turib yo‘riqnomani tushunishi kerak. 
Mustaqil chizishni davom ettira
yotganida uni oxirigacha etkazish zarur. 
Naqsh oxiriga etgach, bolaga navbatdagi naqshni qaerdan boshlash kerakligini 
ko‘rsating va aytib turing: -Ikki katak yuqoriga. Bir katak o‘ngga. Bir katak 
yuqoriga. Ikki katak chapga. Ikki katak pastga. Bir katak o‘ngga. Ikki katak pastga. 
Ikki katak o‘ngga. Ikkita yuqoriga. Bitta o‘ngga. Bir katak yuqoriga. Ikkita o‘ngga. 
Bitta pastga. Bitta katak o‘ngga. Ikkita pastga. Naqshni chizishni o‘zing davom 
ettir. Endi chizish jara
yonida hech qanday qo‘shimcha ko‘rsatmalar berilmaydi va 
xatolar tuzatilmaydi. Naqsh qatorini oxirigacha to‘liq chizib bo‘lingach, 
quyidagilarni aytib turishni boshlang: – Ikki katak tepaga, ikki katak o‘ngga, bir 
katak pastga, bir katak chapga («chapga» so‘zini ovozda alohida ta’kidlash kerak). 
Bir katak pastga. Ikki katak chapga. Ikki katak tepaga. Ikki katak o‘ngga. Bir katak 
pastga. Bir katak chapga. Bir katak pastga. Chizishni o‘zing davom ettir: 
Va, nihoyat oxirgi naqsh: – Ikki katak tepaga. Bir katak chapga. Ikki katak tepaga. 
Bir katak o‘ngga. Bir katak pastga. Ikki katak o‘ngga. Bir katak pastga. Bir katak 
chapga. Ikki katak pastga. Uch katak o‘ngga. Ikki katak tepaga. Bir katak chapga. 
Ikki katak tepaga. Bir katak o‘ngga. Bir katak pastga. Ikki katak o‘ngga. Bir katak 
pastga. Bir katak chapga. Ikki katak pastga. Chizishni o‘zing davom ettir: 

Download 33.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling