Microsoft Word Diloromxon oya tayyor. Д. Ас?арова


Bolalarni maktabga tayyorlashda tibbiyot xodimlari ishining ahamiyati


Download 33.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet43/82
Sana23.09.2023
Hajmi33.38 Kb.
#1686448
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   82
Bog'liq
Болаларни мактаб таълимига тайёрлаш

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Rejim
 Bolalarni maktabga tayyorlashda tibbiyot xodimlari ishining ahamiyati. 
Har bir ota-ona farzandining hayotda o‘z o‘rnini topishini xohlaydi. Lekin hamma 
ota-onalar ham bolani maktabga qanday tayyorlash, unga nimalarni o‘rgatish 
kerakligini bilavermaydi. Bolani maktabga tayyorlashning quyidagi ikki usuli 
mavjud:
bolani oilada maktabga tayyorlash; 


66 
Bolani 
maktabgacha 
ta’lim 
tashkilotida 
maktabga 
tayyorlash. 
Bundan tashqari bolaning maktabga moslashishida ba’zi qiyinchiliklarga duch 
kelinadi, bu qiyinchiliklar tibbiy, shaxsiy, ijtimoiy-psixologik, aqliy omillarga 
bog‘lik. 
Ular 
o‘quv 
faoliyati 
jara
yonida 
bartaraf 
etib 
boriladi. 
5-7 
yosh
li bola organizimining faol yetishish jara
yoni davom etadi. Bolaning 
vazni oyiga o‘rtacha 200 gr, bo‘yi 0 0,5 sm ga o‘sa boradi. Tana (gavda) 
tuzilishining imkoniyatlari o‘zgaradi.
yosh
ga kelib bolaning harakat jihatlari 
yetarlicha yaxshi shakllangan bo‘ladi: u turli tezliklarda yura oladi, qadam bosishi, 
tekis, yengil va tez yuguradi. U yugurib kelib sakrash, osilib (chirmashib) chiqish 
kabi 
murakkab 
harakatlarni 
o‘zlashtirgan 
bo‘ladi. 
Uning 
musiqa 
mashg‘ulotlaridagi harakatlari xilma-xil, ritmik va egiluvchan bo‘ladi. U o‘yin va 
mashqlarda chaqqonlik, abjirlik, tezkorlik, merganlik kabi sifatlarni yaxshiroq 
namo
yon eta boshlaydi. Lekin shular bilan birga ularning asab tizimini 
mustahkamlash, asosiy jismoniy sifatlari bulmish chaqqonlik, chidamlilik, 
tezkorlik, kuchlilik, epchillik kabilarni yanada rivojlantirish lozim bo‘ladi. 
Bolaning nafaqat o‘quv dasturlarini o‘zlashtirishida, balki har qanday ishda 
muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo‘lgan jismoniy sifatlardan biri 
chidamlilikdir. Bolani maktabga tayyorlashda navbatdagi muhim ish uni 
shifoxonada shifokor tekshiruvidan o‘tkazishdir. Bolaning sogligi va jismoniy 
rivojlanishi haqidagi ma’lumotlar maktab uchun zarur. Maktab shifokori va 
pedagog bolaning jismoniy rivojlanishi, kurish va eshitish darajasini hisobga olib, 
uni o‘qishning dastlabki kunlarida
yoq partaga to‘g‘ri o‘tkazishda, unga tegishli 
jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini tavsiya etishda, shuningdek, bolaning xulq-
atvorini, axloqini bilib olib, har qaysisiga xos muomala topishda shu 
ma’lumotlardan foydalanadi. Bola qanday yukumli kasalliklar bilan ogriganligi, u 
qanday em-dorilar qabul kilganligi va kasalliklar oldini olish uchun nimalar qilish 
kerakligini maktab shifokori bilishi lozim. Har yili 1-yanvardan boshlab, 
shifoxonaning patronaj hamshirasi shu yili maktabga borishi kerak bo‘lgan 
bolalarning uylariga borib, ota-onalarga bolalarini o‘zlari bilan birga olib borib, 
uchastka bolalar shifokoriga ko‘rsatishlari lozimligini aytadi. Ota-onalar 
hamshiraning taklifiga jiddiy qarab, paysalga solmay poliklinikaga borilari 
kerak.Poliklinikada mutaxassis shifokorlar bolaning ko‘zi, qulogi, burni, tomog‘ini 
tekshiradilar, tishini davolaydilar. Nutqida nuqsoni bo‘lgan (ayrim harflarni 
noto‘g‘ri talaffuz etadigan, nutqi noaniq, duduqlanadigan va haqozo) bola 
shifokor-logopedga yuboriladi. Bunday atroflicha tekshirishlar natijasida shifokor 
ota-onalar qo‘liga bolaning shifoxonadagi shifokorlar ko‘rigidan o‘ttganligi haqida 
Ma’lumotnoma beradi. Maktab shifokorining so‘rovi bilan shifoxona bolaning 
shaxsiy ambulatoriya kartochkasini maktabga yuboradi. Bolalarini birinchi sinfga 
beradigan ota-onalar bajaradigan tayyorlov ishlari mana shulardan iborat. Mana 


67 
shularni hisobga olgan holda bolani uyda qanday qilib sog‘lomlashtirish kerakligi 
haqida to‘xtalib o‘tamiz. Shuning uchun ham zamonaviy sog‘lomlashtirish 
tadbirlarini sanab o‘tamiz: 
1. Avval qirovli, so‘ng qorli yerda yalang o
yoq yurish; 
2. Ochiq havoda badandan suv quyish; 
3. Saunadan foydalanish; 
4. Kontrastli dush; 
5. Yurish uchun muzlatilgan sochiqdan foydalanish; 
6. Relaksatsiya va meditatsiya o‘tkazish; 
7. Bolaga individual 
yondoshish, magnit to`lqinlar davrida yengillatilgan 
rejim bilan ta’minlash; 
Biz bolaning sog‘lomlashishini quyidagi vazifalarning amalga oshirilishidan 
kuramiz. Bolalardagi shamollash kasalligi asosan bolaning kiyimi va poyafzali 
harorat rejimiga to‘g‘ri kelmasligidan kelib chiqadi. Demak, haroratni va kiyimni 
doimo taqqoslab, kichkintoylar badani haroratning ko`tarilishi 
yoki pasayishiga 
yo‘l qo‘ymaslik kerak. Shuningdek, bolalarning uxlashi va ovqatlanishi uchun 
sharoitlar yaratish ham muhim. Bolalar sog`ligi uchun u yasha
yotgan shart-
sharoitlar, muhitni shakllantirish uchun zarur bo‘lgan asosiy shartlar hisoblangan 
musiqa va hid terapiyasi juda ham muhim. Bolaning eshitish qobiliyati, ko‘rishi, 
ichak, jigar foliyati, jinsiy rivojlanishi qanday axvolda ekanligi va xokozo. Faqat 
diagnostik ma’lumotlargina oilada bolaga aniq individual 
yondoshishni 
ta’minlaydi. Rejim – hamisha bolalarning to‘liq fiziologik rivojlanishining negizi 
bo‘lgan va bo‘lib qoladi. Sayrlar – fiziologlar va psixologlarning ilmiy dalillariga 
ko‘ra, maktabgacha 
yoshdagi bola bir kunda 6-13 ming harakat bajarar ekan
jumladan, 6 mingdan kam bo‘lsa bolalarda qo‘laylikning buzilishi (diskamfort) 
boshlanishi alohida ta’kidlanadi. Bola birinchi sinfga o‘qishga borar ekan, uning 
maktab ta’limiga jismonan tayyor holda bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Bolaning 
o‘ziga nisbatan jismonan baquvvat, kuchli bolalar orasiga tushib qolishi unda turli 
holatlarning shakllanishiga asos bo‘lishi mumkin. Tibbiy, psixologik – pedagogik 
kuzatuv daftari maktabgacha ta’lim tashkilotining har bir tarbiyalanuvchisi uchun 
alohida yuritiladi. Unda shu tarbiyalanuvchi bilan yil davomida o‘tkazilgan tibbiy 
ko‘rik, psixologik-pedagogik tashxis xulosalari hamda uning maktabgacha ta’lim 
Davlat talablari asosida o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma, malakalarining 
ko‘rsatkichlari uzluksiz qayd etib boriladi:

Maktabga tayyorlov davri (6-7 
yoshgacha). 

Rivojlanish ko‘rsatkichlari:_____________________________ 

Antropometrik ma’lumotlar: 

bo‘yi_____________ 

vazni_____________ 


68 

Salomatligi:____________________________________________ 

Psixonevrolog:_________________________________________ 

Otoloringolog:_________________________________________ 

Oftalmolog:___________________________________________ 

Uyquning kechishi:_____________________________________ 

Ishtaxasi:_____________________________________________ 

Asab tizimining xususiyati:_______________________________ 

Nutq va nutqiy malakalari:_______________________________ 

Tovushning talaffuzi:___________________________________ 

So‘z boyligi:__________________________________________ 

Nutqi ifodali:_________________________________________ 

Nutqi ravon:__________________________________________ 

Gaplar tugallangan mantiqiy:_____________________________ 

Qisqa hikoya so‘zlab bera oladi:___________________________ 

Jismoniy rivojlanishi:__________________________________ _ 

Harakat:_____________________________________________ 

Mayda qo‘llar motorikasi:_______________________________ 

Ma’naviy axloqiy yetuklik:______________________________ 

Ma’naviy ko‘nikma:____________________________________ 

Madaniy gigiyenik ko‘nikma:____________________________ Har 
qanday maktab 
yoshiga etgan (6-7 yosh) bola, avvalo tibbiy ko‘rikdan o‘tishi 
lozim. Tibbiy ko‘rik orqali bolani maktabga aqlan, jismonan, ma’nan sog‘lom 
yoki 
sog‘lom emasligini aniqlash orqali uni maktabga chiqishini 
yoki chiqmasligini 
aniqlash mumkin.

Download 33.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling