Microsoft Word dinda savol2 ziyouz com doc
Savol: Dinimiz hukmiga ko‘ra musulmonlarga nimalar iste’mol qilish
Download 119.67 Kb. Pdf ko'rish
|
Muhammad Sharif Juman, Ahmad Muhammad. Dinda savolim bor... (2-kitob)
Savol: Dinimiz hukmiga ko‘ra musulmonlarga nimalar iste’mol qilish
man etilgan? Javob: Islom halollik va pokizalik dinidir. Shuning uchun ham musulmonlar iste’mol qiladigan ovqatlar halol va pokiza bo‘lishi kerak. Chunki Alloh taolo Qur’oni karimda shunday marhamat qilgan: «Darhaqiqat, Biz Odam bolalarini aziz-mukarram qildik va ularni quruqlik, suvda yuradigan qilib qo‘ydik hamda ularga halol-pok narsalardan rizq- ro‘z berdik». Musulmonlarga Allohdan boshqaning nomini atab so‘yilgan hayvonlarning go‘shtini, yovvoyi, yirtqich hayvonlar va yirtqich parrandalar go‘shtini, to‘ng‘iz (cho‘chqa) go‘shtini yeyish man etilgan. Musulmonlar, shuningdek halol hayvonlarning qonini, jinsiy a’zolarini, bezlarini va o‘t pufagini, o‘limtiklarni yeyishi mumkin emas. Uy hayvonlaridan mol, tuya, qo‘y, echki, suv hayvonlaridan baliq go‘shti halol. Ot go‘shti halol. Chigirtkadan boshqa barcha hasharotlar esa harom. Dinimizdada mast qiluvchi ichimliklar, giyohvand moddalar ham harom qilingan. Ichkilikbozlik barcha kulfatlarning, jinoyatlarning onasidir, jamiyatni buzuvchi va insonlarni halokatga olib boruvchi qattol va yovuz ofatdir. Shuning uchun Rasuli akram (s.a.v.): «Bir marta xamr (aroq) ichgan odam qirq kunlik namoz savobidan mahrum bo‘ladi, basharti u ichib turib o‘lsa, do‘zaxga tushadi», deb uqtirganlar. Savol: Erkaklarga tilla buyumni ishlatish shariatimizda harom qilingan ekan. Tilla tish qo‘yish masalasi qanday? Javob: Imom Abu Hanifaga ko‘ra, ehtiyoj bo‘lsa, tishlarni kumush bilan mustahkamlash mumkin. Ammo u zotning shogirdlari imom Muhammad va imom Abu Yusuf bunday holda tilla ishlatish ham joiz, deyishgan. Bular uni burun masalasiga qiyosan aytishgan. «Siyrat»da rivoyat etilishicha, Arfaja ismli sahobaning burunlari g‘azotlardan birida shikastlanadi. U kishi kumushdan burun qo‘ydirganlarida, u sassiq hid chiqarib yuboradi. Shunda Payg‘ambar (s.a.v.) burunni tilladan yasatishga ko‘rsatma beradilar. Zarurat bo‘lganidan u joiz sanalgan. Ikki imom tishlarni ham burunga qiyoslashgan. Lekin imomi Abu Hanifa: «Tishlardagi zarurat kumush ishlatish bilan ham ko‘tariladi. Burunda muammo faqat tilla bilan hal bo‘ladi», deganlar. Shuning uchun ul zot nazdlarida tilla burunga joiz, tishlarda mumkin emas. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling