Dinda savolim bor. 2-kitob
www.ziyouz.com kutubxonasi
24
Boy kishi qurbonlikni o‘ziga
nazr qilib, sotib olgan qo‘yni qurbonlik kunlari so‘ymay,
tiriklay sadaqa qilsa, qurbonlik vaqti o‘tmagan bo‘lsa, unga teng qo‘yni so‘yishi
lozim
bo‘ladi. Agar vaqti o‘tgan bo‘lsa, qiymatini sadaqa qilishi kerak.
Qurbonlikni o‘ziga nazr qilib, sotib olgan qo‘yni vaqtida so‘ymasa,
tiriklay sadaqa
qiladi. Agar vaqti o‘tib so‘ysa, go‘shtini va boshqa qismlarini sadaqa qiladi. O’zi yemaydi.
Nazr qilingan qurbonlik go‘shtidan nazr qiluvchining (hatto kambag‘al bo‘lsa-da) o‘zi
ham, boy kishilar ham yeyishi mumkin emas. Agar yesa,
yegan miqdorining qiymatini
sadaqa qilishi lozim.
Qurbonlik qilishni («Alloh uchun qurbonlik qilishni nazr qildim» deb) o‘ziga nazr qilgan
boy ikkita qurbonlik qilishi vojib bo‘ladi:
biri nazr uchun, ikkinchisi zimmasidagi vojibning
adosi uchun.
Mol
turini aytmay, qurbonlik qilishni o‘ziga nazr qilgan kishiga qo‘y so‘yish vojib
bo‘ladi.
Kambag‘al kishi qurbonlik niyatida qo‘y
sotib olgach, olgan qo‘yini sotib yuborsa yo u
qo‘y o‘lib qolsa, boshqa qo‘y olib so‘yishi lozim bo‘lmaydi.
Zero niyat qilish bilan
qurbonlik so‘yish vojib bo‘lmaydi.
Ellik ming so‘mga qurbonlik sotib olish, ellik million sadaqa qilishdan afzaldir.
Qurbonlikka aynan atab sotib olingan molni (qo‘yni) sotish mumkin emas.
Agar sotib,
arzonroq boshqasini olsa, qolgan pulni sadaqa qilishi lozim.
(«Raddul Muxtor», «Durrul Muxtor», «Qozixon», «Xulosa» kitoblaridan olindi).
Do'stlaringiz bilan baham: