Microsoft Word dinda savol2 ziyouz com doc
Savol: Ayol erining muhabbatini tiklash uchun «issiq-sovuq» qilishi
Download 119.67 Kb. Pdf ko'rish
|
Muhammad Sharif Juman, Ahmad Muhammad. Dinda savolim bor... (2-kitob)
Savol: Ayol erining muhabbatini tiklash uchun «issiq-sovuq» qilishi
mumkinmi? Javob: Muhabbat qozonish yoki o‘rtaga sovuqlik solish uchun «issiq-sovuq» qilish haromdir. («Fatovoi Hammodiya») «Naf’ul mufti» kitobida erining muhabbatiga «issiq- sovuq» qilish bilan emas, Alloh taolodan qo‘rqish bilan erishiladi, deyiladi. Darhaqiqat er-xotin o‘zaro bir-birlari oldidagi burchlarini to‘la ado etsalar, o‘rtalaridagi muhabbatga hech bir holda xalal yetmaydi. Savol: Nikoh kechasi xos so‘zlar bilan o‘qilgan iplar, tugunchaklar bilan kuyovning «yo‘li»ni bog‘lab qo‘yishadi. Shular to‘g‘rimi? Javob: Nikoh kechasi kuyovning «yo‘li»ni bog‘lab qo‘yish sehrning bir turidir. Sehr esa haromdir. U bilan shug‘ullanish mumkin emas. Qur’on va hadisda bu ishdan qaytarilgan. Sehrgarning jazosi o‘limdir. Ammo sehrlangan, afsun bilan «bog‘lab» qo‘yilgan kishilarni qaytariq qilishga shariatimiz ijozat bergan. Qatoda (r.a.) Said ibn Musayyabdan rivoyat qilishlaricha, «Rasululloh (s.a.v.) darddan xalos bo‘lmoqqa nafi tegadigan amallarni sira ham man qilmaganlar». Albatta bunda Qur’oniy duolarni o‘qib dam solish kabi shar’iy amallar ko‘zda tutilgan. Savol: Oxirzamon bo‘lganida Iso alayhissalom yerga tushadilar, deb o‘qib qoldim. Shu haqda to‘laroq ma’lumot beraolmaysizlarmi? Dinda savolim bor. 2-kitob www.ziyouz.com kutubxonasi 31 Javob: Zamona oxirida Dajjol paydo bo‘lib, yer yuzini fitna-fasodga to‘ldirib turgan paytda Iso alayhissalom osmondan tushib, uni o‘ldiradilar. Bu xususda sahih hadislar vorid bo‘lgan. Ahli sunna val jamoa ulamolari haqiqatda shunga ijmo’ qilishgan. Iso alayhissalom, yahudiy va nasroniylar aytayotganidek, o‘lgan emaslar. Balki u zotni Alloh taolo osmonga ko‘targan. Qur’oni Karimda bu haqda aytiladi: «Haqiqatda, ular uni o‘ldirganlari ham, osganlari ham yo‘q. Faqat ularga (boshqa birov Isoga) o‘xshatib qo‘yildi xolos. So‘ng ular o‘ldirilgan Iso yo boshqa ekanligida ixtilof qilishdi. Ularning hammasi bu ishda gumon qiladilar. Uni o‘ldirmaganlari aniqdir. Balki Alloh uni osmonga ko‘targandir.» (Niso surasi, 157-158-oyatlar). Iso (a.s.) qiyomatdan oldin yerga tushib, Islom shariati bilan hukm yuritadilar, odamlar tark etgan amallarni tiklaydilar. Yer yuzida Alloh hohlaganicha yashab, keyin vafot etadilar. Musulmonlar uzotga janoza o‘qishib, dafn qilishadi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bunday deganlar: «Nafsim qo‘lida bo‘lgan zotga qasamki, yaqinda orangizga Iso ibn Maryam odil hukm bilan tushadi. Hochni sindiradi, to‘ng‘izlarni o‘ldiradi, jizyani bekor qiladi. Mol-dunyo ko‘payadi, hatto hech kim sadaqa olmay qo‘yadi. Bir marta sajda qilish dunyo va undagi bor narsadan yaxshiroq bo‘lib qoladi» (Buxoriy va Muslim rivoyat qilgan). Download 119.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling