joizmi?
Javob: Ha. Bu holda ayol eri ruxsat bermasada, otasiga qaraydi. Zero otalik huquqi
er huquqidan ustundir. (Qozixon).
Savol: «Barzax hayoti» degan gap uchrab qoldi. U nima?
Javob: «Barzax» - lug‘atda «ikki narsa orasida joylangan» degan ma’noni bildiradi.
Shuning uchun dunyo va oxirat olami o‘rtasidagi qabr olami «Barzax» deyiladi. Inson
vafot etganidan so‘ng qabrga dafn qilinsa ham yoki jasadi topilmay dafn etilmasa ham
baribir barzax olamiga o‘tadi. Inson vafot etib qabrga qo‘yilgach, ya’ni barzaxga o‘tgach
ikki farishta Munkar va Nakir uni savolga tutadi. Hazrati Usmon (r.a.): «Qabrda najot
topganga keyingi hollar oson bo‘ladi, najot topmaganga keyingi hollar yanada dahshatli
bo‘ladi», deb marhamat etganlar.
Savol: Yaqinda bir dugonamning folbinga borib, erini o‘ziga «isittirib»
kelganini eshitib qoldim. Shunaqa ishlarga shariatda ijozat bormi?
Javob: Ko‘pgina kishilar sehru-joduga qo‘l urib, uni faqatgina harom ish deb
hisoblaydilar. Ammo uning kufr ekanligidan ogoh emaslar. Shuning uchun aksari shirk
va noto‘g‘ri so‘zlar bilan ko‘zbog‘lashlarni, erni ayolga (yo aksincha) isitish, sovutishni va
hokazolarni o‘rganishga qiziqadilar. Vaholanki ular aynan sehrdir.
Shariatimizda sehrgarlikning jazosi qattiq. Chunki sehrgar Alloh taoloni inkor etgan yo
unga kufrona ish qilgan hisoblanadi. Binobarin Payg‘ambarimiz (s.a.v.) sehrni yetti
mashhur halok etuvchi ulkan gunohlar qatorida sanaganlar. Mo‘min kishi dunyo va
oxiratda pushaymon bo‘ladigan ishlardan saqlanmog‘i lozim. Rasulullohdan (s.a.v.):
«Sehrgarning jazosi qilich bilan chopishdir», deyilgan naql bor. Bajala ibn Abada
aytadiki, hazrati Umar umrlarining oxirgi yilida «Barcha sehrgar eru-ayolni o‘ldiring» deb
bizlarga xat yubordilar.
Sehrgarlik haqida yana quyidagi hadisi shariflar vorid bo‘lgan: «Uch kishi jannatga
kirmaydi: aroqxo‘r, qarindoshchilikni uzgan va sehrni tasdiqlagan kishilar» (Imom
Ahmad rivoyati).
«Jodu, ko‘zmunchoq va sehr (issiq-sovuq) shirkdir». Imom Ahmad va Abu Dovud
rivoyati.
Ruqo - ya’ni har xil tagi puch so‘zlar bilan «duoxonlik» qilish ham man etilgan. Ammo
Qur’oni karim oyatlaridan o‘qib o‘ziga yoki boshka birovga dam solish –shariatimizda
bor narsa, Payg‘ambar (s.a.v.) sunnatlaridan.
Do'stlaringiz bilan baham: |