azon va takbiri degan gaplar bor. Shu rostmi?
Javob: Bola tug‘ilganidan necha kun keyin azon va iqomat aytish zarurligi kitoblarda
aniq belgilanmagan. Ammo shu xususda kelgan hadis va rivoyatlarga qaraganda qancha
barvaqt aytilsa, shuncha afzal ekanligi ma’lum bo‘ladi. Ammo odamlar og‘zida yurgan
janozaning azon va takbiridan badal, degan gaplarning asli yo‘q, puch gaplardir.
Savol: Musulmon tarki dunyo maqsadida uylanmasligi mumkinmi?
Javob: Yo‘q, mumkin emas. Islomda tarki dunyo qilish yo‘q.
Savol: Qizga uylanish yaxshimi yoki bevagami?
Javob: Qizga uylanish yaxshidir.Lekin bevaga uylanishning ham hechqisi yo‘q.
Savol: Oilali bo‘lib turib ham zino qiluvchilar bor. Uylanish nega ularga
foyda bermagan?
Javob: Chunki ular zaif imonlidir. Birgina shahvatdan o‘zga boshqa maqsadi yo‘q
bo‘lgan er yo ayolga oila qurib o‘zaro qo‘shilishlari yetmaydi, balki ularning shahvati
haddan tashqari to‘ymas, suqlikka aylanadi. Uylanish foyda bermaydi, chunki ular jinsiy
a’zolarini haromdan saqlash uchun uylanmaganlar. Balki ularning uylanishlari
hayvonlarning qovushishiga o‘xshaydi.
Savol: Jannatda hurlar borligini inkor qiluvchi musulmon ayol hukmi
nima?
Javob: Bunday inkori uni Islomdan chiqaradi. Alloh saqlasin. U imonini yangilashi,
tavba qilishi, jannat ne’matlari jumlasidan erkaklar uchun hurlar borligiga ishonishi
lozim. Qolaversa, erining jannatda hurlarga uylanishi unga hech zarar qilmaydi. Agar u
o‘zining imoni va solih amallari bilan jannat ahlidan bo‘lsa, unga ham hadsiz-sanoqsiz
ne’matlar bor. U jannatda rozi va boshqalar ham undan rozi holda bo‘ladi.
Savol: Odatda yigit qizga sovchi yuboradi. Lekin qiz ham tegishni taklif
Do'stlaringiz bilan baham: |