Microsoft Word dinda savol2 ziyouz com doc


qilib yigitga sovchi qo‘yishi mumkinmi?


Download 119.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet38/49
Sana08.09.2023
Hajmi119.67 Kb.
#1674605
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   49
Bog'liq
Muhammad Sharif Juman, Ahmad Muhammad. Dinda savolim bor... (2-kitob)

qilib yigitga sovchi qo‘yishi mumkinmi? 


Dinda savolim bor. 2-kitob 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
27
Javob: Mumkin. Ammo, yaxshisi, bu ishni qizning o‘rniga uning yaqinlaridan biri 
bajargani ma’qul.
 
Savol: Unashtirilgan yigit va qiz unashuvni buzishi mumkinmi?
Javob: Ha, nikohlanmagan bo‘lsalar, ularning har biri unashuvni buzishi mumkin. 
Ammo yigit unashib buzishni yaxshi ko‘radigan, qizlarni masxaralashni qasd qilgan 
toifadan bo‘lsa, gunohkor va pastkashdir.
 
Savol: Kimlar nikoh tufayli mahram hisoblanadi? 
Javob: Quyidagilar siz aytgan mahramlar qatoriga kiradi: 
- ota-onaning, ularning ota-onalarining juftlari (ya’ni, o‘gay ota-onalar); 
- farzandlarning juftlari;
- qaynona-qaynotalar, ularning ota-onalari (Bu mahramlikka nikoh bo‘lishining o‘zi 
kifoya, qovushish shart emas);
- er-xotinning boshqa oilalaridan bo‘lgan farzandlari har ikkalasi uchun ham 
mahramdir.
1.Nikoh tufayli mahram bo‘lgan ayollar: 
- otaning nikohida bo‘lgan ayoli (u ham ona hukmida). U ayolning onalari, buvilari
- o‘g‘illarning, nabiralarning xotinlari-kelinlar; 
- xotinning onalari, ota-onalarining onalari. Bu ayollar nikoh o‘qilishi bilan mahramga 
aylanadi.
- o‘gay qizlar, o‘gay o‘g‘il-qizlarning qizlari. Ya’ni, xotinning avvalgi oilasidan bo‘lgan 
qizlari. Bunda erkak ayol bilan qovushganidan keyingina o‘gay qizlar mahramga 
aylanadi.
2.Nikohi tufayli mahram bo‘lgan erkaklar: 
- o‘gay otalar, ularning otalari (onasining u er bilan qovushganlik sharti bilan); 
- qizlarning, nabira qizlarning erlari (bu mahramlikka nikohning o‘zi kifoya). 
- erning otasi, erning ota-onasining otalari; 
- o‘gay o‘g‘illar, o‘gay o‘g‘il-qizlarning o‘g‘illari. 
Nikoh tufayli mahram bo‘lgan zotlar emikdoshlik va zino sobit bo‘lganda ham 
mahramga aylanadi. Masalan, erkakka xotinining boshqa erdan bo‘lgan qizi va xotinining 
onasi harom bo‘lgani kabi xotinining emizgan qizi va emgan onasi ham haromdir. 
Shuningdek, zino qilgan ayolning qizi, onasi, emizgan qizi, emgan onasi ham abadiyan 
haromdir.

Download 119.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling