Dinda savolim bor. 2-kitob
www.ziyouz.com kutubxonasi
27
Javob: Mumkin. Ammo,
yaxshisi, bu ishni qizning o‘rniga uning yaqinlaridan biri
bajargani ma’qul.
Savol: Unashtirilgan yigit va qiz unashuvni buzishi mumkinmi?
Javob: Ha, nikohlanmagan bo‘lsalar, ularning har biri unashuvni buzishi mumkin.
Ammo yigit unashib buzishni yaxshi ko‘radigan, qizlarni
masxaralashni qasd qilgan
toifadan bo‘lsa, gunohkor va pastkashdir.
Savol: Kimlar nikoh tufayli mahram hisoblanadi?
Javob: Quyidagilar siz aytgan mahramlar qatoriga kiradi:
- ota-onaning, ularning ota-onalarining juftlari (ya’ni, o‘gay ota-onalar);
-
farzandlarning juftlari;
- qaynona-qaynotalar, ularning ota-onalari (Bu mahramlikka nikoh bo‘lishining o‘zi
kifoya, qovushish shart emas);
- er-xotinning boshqa oilalaridan bo‘lgan farzandlari
har ikkalasi uchun ham
mahramdir.
1.Nikoh tufayli mahram bo‘lgan ayollar:
- otaning nikohida bo‘lgan ayoli (u ham ona hukmida). U ayolning onalari,
buvilari;
- o‘g‘illarning, nabiralarning xotinlari-kelinlar;
-
xotinning onalari, ota-onalarining onalari. Bu ayollar nikoh o‘qilishi bilan mahramga
aylanadi.
- o‘gay qizlar, o‘gay o‘g‘il-qizlarning qizlari. Ya’ni, xotinning avvalgi oilasidan bo‘lgan
qizlari. Bunda erkak ayol bilan qovushganidan keyingina o‘gay
qizlar mahramga
aylanadi.
2.Nikohi tufayli mahram bo‘lgan erkaklar:
- o‘gay otalar, ularning otalari (onasining u er bilan qovushganlik sharti bilan);
- qizlarning, nabira qizlarning erlari (bu mahramlikka nikohning o‘zi kifoya).
-
erning otasi, erning ota-onasining otalari;
- o‘gay o‘g‘illar, o‘gay o‘g‘il-qizlarning o‘g‘illari.
Nikoh tufayli mahram bo‘lgan zotlar emikdoshlik va zino sobit bo‘lganda ham
mahramga aylanadi. Masalan, erkakka xotinining boshqa erdan bo‘lgan
qizi va xotinining
onasi harom bo‘lgani kabi xotinining emizgan qizi va emgan onasi ham haromdir.
Shuningdek, zino qilgan ayolning qizi, onasi,
emizgan qizi, emgan onasi ham abadiyan
haromdir.
Do'stlaringiz bilan baham: