Microsoft Word dinda savol2 ziyouz com doc
Dinda savolim bor. 2-kitob www.ziyouz.com
Download 119.67 Kb. Pdf ko'rish
|
Muhammad Sharif Juman, Ahmad Muhammad. Dinda savolim bor... (2-kitob)
Dinda savolim bor. 2-kitob www.ziyouz.com kutubxonasi 29 Savol: Ba’zilar xilvat joylarda, qorong‘ida yurganda jinlarning zarar yetkazishidan qo‘rqishadi.Haqiqatdan ular odamga ta’sir o‘tkaza oladimi? Javob: Mujohiddan rivoyat qilinishicha, jinlar insonlardan qo‘rqishadi. U kishi aytadilar: «Sizlar ulardan qo‘rqqaningizdek, ular ham sizlardan qo‘rqishadi. Shayton birortangiz undan qo‘rqaningizdan ko‘ra sizlardan qattiqroq qo‘rqadi. Ular sizga yo‘liqsa, undan qo‘rqmang, chunki bu holda u sizni minib oladi. Balki, unga tashlaning-ki u qochsin». Ulamolarning aytishlaricha, jinlar insonlarga hasad qilarkan, ko‘zi tegishi mumkin ekan. Bundan asralish uchun esa ikki «qul a’uzu» suralarini o‘qib yurish zarur. Jin va shaytonlar quyosh botganidan to tun zulmati cho‘kkunga qadar yer yuziga tarqaladi. Shuning uchun ulamolarimiz bu paytda chorvalarni va bolalarni qo‘yib yuborishdan qaytarganlar. Ota-bobolarimiz shuning uchun ham shom bo‘lishi bilan ko‘chada o‘ynayotgan farzandlarini uyga chorlashgan. Abu Hurayraning (r.a.) rivoyat qilishlaricha, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday deganlar: «Agar eshakning hangraganini eshitsangiz, shaytondan Alloh nomi bilan panoh tilang, chunki u shaytonni ko‘rgan bo‘ladi. Agar xo‘roz qichqirganini eshitsangiz, Allohning fazl-marhamatidan so‘rang, chunki u farishtalarni ko‘rgan bo‘ladi». (Imom Buxoriy va Imom Muslimlar rivoyati). Ulamolarimiz jinlarga atab jonliq so‘yishdan qaytarishgan. Chunki bu – harom, Allohdan boshqaga atab so‘yilgani uchun shirk hamdir. Musulmon kishining jinga atab so‘yilgan go‘shtdan yeyishi joiz emas. Taassufki ba’zi kishilar jinlar bilan aloqador folbin va azayimxonlarning tavsiyasiga ishonib sehr yechdirish, jin chalgan kishini muolaja qildirish kabi ishlarni bajarish maqsadida shu ishlarni qilib kelishmoqda. Sahih hadisda Rasululloh (s.a.v.): «Allohdan boshqaga atab so‘ygan kishiga Allohning la’nati bo‘lsin», deganlar. Jinlarning insonlarga ozor berishini allomalar rad etishmaydi. Jinlarning inson bilan o‘chakishib qolishiga uning o‘zi bilmagan holda jinlarga qaynoq suv sepib yuborishi, ular o‘tirgan joyga siyishi va shunga o‘xshash ozor berishlari sabab bo‘ladi. Jinlar ham o‘z o‘rnida ularga ozor berish bilan intiqom oladilar. Ammo ba’zi jinlar xuddi insonlar bir- birlariga zulm qilgani kabi hech bir sababsiz ham insonga ozor berishi mumkin. Jinlarga sig‘inish, ulardan yordam so‘rash harom amallardandir. Chunki jinlarga sig‘inish shirk va kufrdir. Sehrgar va folbinlarning ishi esa jinlardan yordam so‘rashga asoslangan, bu eng og‘ir gunohlardandir. Download 119.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling