Microsoft Word dinda savol2 ziyouz com doc
Savol: Jinlar qay shaklda ko‘rinadi?
Download 119.67 Kb. Pdf ko'rish
|
Muhammad Sharif Juman, Ahmad Muhammad. Dinda savolim bor... (2-kitob)
Savol: Jinlar qay shaklda ko‘rinadi? Javob: Bir necha hadislarga ko‘ra shayton va jinlar gohida odam, ko‘pincha turli hayvonlar shaklida ko‘rinar ekan. Payg‘ambar (s.a.v.): «Bani Isroildan ba’zilari maymun va to‘ng‘izlar suratiga aylantirib qo‘yilganidek, jinlar ham ilonlar suratiga kiritilgan», deganlar. (Ibn Hibbon va Tabaroniy rivoyati). Abu Hurayra (r.a.) Payg‘ambarimizdan ushbu hadisni rivoyat qilganlar: «Har bir tuyaning ustida shayton bor. Ular minib xorlanganlar. Chunki minuvchini Alloh taolo ko‘tarib turadi», Abu Qaloba (r.a.) rivoyat qilishlaricha, Payg‘ambar alayhissalom shunday deganlar: «Agar itlar bir jamoat bo‘lmaganida ularni o‘ldirib yuborishga amr etardim. Lekin qorasini o‘ldiringlar. Chunki u itlarning jinidir yoki jindandir». Shayxulislom Ibn Taymiya (r.a.) shunday deydilar: «Qora it itlarning shaytonidir. Jinlar juda ko‘p suratlarda ko‘rinadi. Shuningdek qora mushuk suratida ham. Chunki Dinda savolim bor. 2-kitob www.ziyouz.com kutubxonasi 30 qoralik boshqa ranglarga qaraganda shaytoniy kuchlarni jamlovchiroqdir. Yana unda harakat quvvati ham bordir. Jinlar ilon, chayon va boshqa suratlarda, tuya, sigir, qo‘y, ot, xachir, eshak va qushlar suratida ham, bani Odam ko‘rinishida ham ko‘rina oladilar». Savol: Ba’zilar folbinga borib, kelajaklari haqida fol ochirishadi. Shu to‘g‘rimi? Javob: Hozirgi paytda boshiga biror tashvish tushgan yoki biror narsasini yo‘qotgan ayrim kishilar darrov folbin huzuriga borib,fol ochtirishga, «issiq-sovuq» qildirishga, uning aytganlarini bajarishga o‘rganib qolishgan. Vaholanki bu ish Qur’oni karim hukmi va Rasululloh sunnatlari bilan man etilgan. Qur’oni karimning ichkilik ichish, qimor o‘ynash va butlarga sig‘inish harom ekani haqidagi oyatida folbinlik ham sanalgan: «Ey mo‘minlar, aroq (mast qiladigan ichkilik ichish), qimor (o‘ynash), butlar (ya’ni ularga sig‘inish) va cho‘plar (ya’ni cho‘plar bilan folbinlik qilish) shayton amallaridan bo‘lgan harom ishdir. Bas, najot topishingiz uchun ularning har biridan uzoq bo‘lingiz!» (Moida surasi, 90-oyat). Kelajakni faqat Alloh biladi . Bu narsa Qur’oni karimda ko‘p takrorlangan. Rasululloh (s.a.v.) aytadilarki: «Folbinga borib, undan fol ochishni so‘ragan va uning aytganlarini tasdiqlagan kimsa Muhammadga yuborilgan narsani inkor etgan bo‘ladi». Hozirgi kunda keng tarqalgan kitobga, qartaga, suvga va boshqa narsalarga qarab fol ochish, shuningdek yulduzlarga qarab kelajakni aytish (munajjimlik) barcha-barchasi Qur’oni karimda ta’kidlangan harom amallardan sanaladi. Bularni dinimiz taqiqlaydi. Folga ishongan kishi kofir bo‘ladi, dindan chiqadi. Rasulullohdan rivoyat qilingan hadisda aytilishicha, jinlar g‘ayb ishini (kelajakda nima bo‘lishini) bilmaganlari uchun bir yilgacha Sulaymon alayhissalomning o‘lganlarini bilmay, u zot uchun ishlayvergan ekanlar.Demak, folbinlarning «mening jinim undoq deyapti», «bobolarim bundoq deyapti» degan gaplari aldamchilikdan o‘zga narsa emas. Download 119.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling