Microsoft Word dinda savol2 ziyouz com doc
Savol: Ot, it, mushuk kabi ba’zi hayvonlarning qiliqlarini ko‘rib
Download 119.67 Kb. Pdf ko'rish
|
Muhammad Sharif Juman, Ahmad Muhammad. Dinda savolim bor... (2-kitob)
2. Savol: Ot, it, mushuk kabi ba’zi hayvonlarning qiliqlarini ko‘rib
taajjubga tushasan kishi. Ular ayb ish qilib qo‘ysa, xuddi insonlardek iztirobga tushib, qiynalganini kuzataman. Nima, hayvonlarda ham vijdon bormi? Javob: Hayvonot olamiga bir nazar tashlang, bu yerda jamiyat ham, ijtimoiy ong ham yo‘q. Lekin hojat ushatgan mushukni kuzatsangiz, u ishni bajarib bo‘lgach, axlatini ko‘zdan yashirish uchun tipirchilab aylanib qoladi. U bu ibratni qaysi mushuklar jamiyatida o‘rgangan? U axlatni toza narsadan qanday ajratadi? Yoki mushuk stol ustidagi baliqni o‘g‘irlagan holatni kuzating: uni jinoyat joyida qo‘lga tushirib, urmoqchi bo‘lsangiz, o‘z aybini sezib, ko‘zlarini yumib odadi. Yoki bolalar bilan o‘ynayotgan mushuk tasodifan vazani sindirib qo‘yadi va «ishni pachava qilib qo‘yganini tushunib, tezda stol tagiga yashirinib oladi. Bularning hammasi «vijdon» deb atalmish tuyg‘u borligini isbotaydigan ma’lumotlardir. Mushuklar olamida ana shu tuyg‘ularni tarbiyalaydigan jamiyat yo‘q. Bizga umuman «mushuklar jamiyati» degan tushuncha mutlaqo notanish. Kaptarlardagi er-xotnlik sadoqati, otning oliyjanobligi, uning o‘z egasiga sadoqati va umrining oxirigacha unga bog‘lanib qolishi, arslonning mag‘rurligi, uning hech qachon o‘z qurboniga orqasidan kelib tashlanmaslik odati, tuyaning uyatchanligi, begona nazarni sezgan zahotiyoq urg‘ochisi bilan aloqani to‘xtatib qo‘yishi, - hayvonot olamida bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Ular bu odatlarni qaerda, qaysi hayvonlar jamiyatida o‘rganishgan? Qohira ‘irkida sodir bo‘lgan mana bu hodisani olib ko‘ring. G’azablangan sher o‘z o‘rgatuvchisi Muhammad Xuluvning orqasidan kelib, yelkasiga chang soldi va uni og‘ir jarohatladi. Voqea fojiali tugadi – sher o‘rgatuvchi og‘ir yaralardan vafot etdi. Shundan so‘ng sher ovqat yemay qo‘ydi, qafasning bir burchagida qimirlamay yotaverdi. Ovqatga ham odamlarga ham hech qiziqmay qo‘ydi. Keyin uni hayvonot bog‘iga o‘tkazishdi, ko‘ngil ochish uchun oldiga urg‘ochi sherni kiritishdi, lekin sher shu zaxoti mehmonni do‘pposlab, katakdan xaydab chiqardi. Uning tutqunligi ko‘p davom etmadi, bir kuni u gunohkor panjasini og‘ziga oldiyu, qaxr, g‘azab bilan toki jon taslim qilmaguncha uni g‘ajib tashladi. Dinda savolim bor. 2-kitob www.ziyouz.com kutubxonasi 32 Hayvonlar ham iztirob chekadi, qiynaladi, azoblanadi,g‘am chekadi, qayg‘uradi, gunohini yuvish uchun o‘z joniga qasd qiladi. Sher qaysi yirtqichlar jamiyatida bu ajoyib ibratni egallagan? Umuman yovvoyi hayvonlar jamiyatida insonga yetkazilgan og‘ir jarohat uchun o‘zini o‘ldirishga chaqiruvchi qonun bormikin? Qarshimizda turgan bunday olijanoblik, yaxshi xulq va vijdoniylik misollarini hatto insonda ham uchratish qiyin. Mana shuning o‘ziyoq vijdonning mohiyati to‘g‘risidagi moddiyuncha ta’rif va tasavvurlarning batamom barbod bo‘lganini ko‘rsatib turibdi. Vijdon – har qanday tirik mavjudotning tabiatiga Alloh tomonidan joylab qo‘yilgan nurdir va jamiyat tarqqiyotining barcha bosqichlari bu ilohiy yog‘du ustidagi zang va g‘uborni artib-ketkazib turishini ko‘rib turganimizga va buni din ham tasdiqlashiga shak yo‘q! Download 119.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling