fanlari doktori Bahodir Primov faol va iste’moldan chiqa boshlagan o’zlashtirma
so’zlarning qo’llanilishi va ma’no qirralarini til rivojlanishiga oid misollar bilan
asoslab berdi.
Unga ko’ra, nemis o’zlashtirma so’zlari o’zbek tiliga asosan rus tili orqali kirib
kelgan. Hozirgi zamonaviy o’zbek tilida bunday so’zlarning ko’pchiligi faol va
ayrimlari kam qo’llaniladi. O’zbek tilida yana shunday faol nemischa o’zlashtirma
so’zlar mavjudki, ular bugungi kunda nemis tilining o’zida deyarli iste’moldan
chiqqan. Masalan, asli nemis tilidan kirib kelgan “klaviatura” so’zi kompyuter va
boshqa informatsion texnologiyalar rivojlanishi tufayli hozirda o’zbek tilida keng
qo’llaniladi. Biroq bugungi zamonaviy olmonlar klaviaturani ifodalash uchun
nemischa “Klaviatur” emas, balki “Tastatur” so’zidan foydalanishi ajablanarlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |