Microsoft Word Diplom tayyor doc
bilan qab ul qilingan so’zlar (translit eratsiya)
Download 0.86 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbek sozlashuv tilida uchrovchi nemischasoz va iboralar
bilan qab ul qilingan so’zlar (translit eratsiya) . Bu guruhga o’zbek
tiliga o’tish jarayonida imlosida o’zgarishlarsiz qabul qilingan so’zlar kiradi. O’zbek tiliga bu yo’sinda o’zga tillardan kirib kelgan o’zlashmalar nisbatan ko’p. O’zbek tilidagi nemis tiliga mansub so’zlar orasida bu ko’rinish nisbatan, miqdor jihatidan har xil ko’rinishga ega. Bu guruh so’zlarning qiyoslanayotgan tillarda faqat yozuv harflarining o’xshashligi asosida ajratilishi (farqlanishi), ammo talaffuzi esa manba va qabul qiluvchi tillarda boshqacha bo’lishi mumkinligi, ularni yana ikki kichik guruhga bo’lib o’rganishni taqozo qiladi: a) imlosi va talaffuzi aynan va o’xshash o’zlashmalar; b) imlosi o’xshash, ammo talaffuzi boshqacha so’zlar. Birinchi guruhni quyidagi so’zlar tashkil qiladi: nemischa o’zbekcha Doktorạnd doktorant Ạnschlag anshlag Lạndschaft landshaft Schrịft shrift Spion shpion Tạlk talk Schnur shnur
O’zlashmalarda yozilish va aytilishi mos bo’lib, ammo urg’u o’rni o’zgarib qolishi mumkin. Bu hodisa ko’p bo’g’inli o’zlashmalarda uchraydi:
37
nemischa o’zbekcha ‘Ạbsatz abzáts ‘Buchhalter buxgaltèr Kùrort kur’ort Ọrden ordèn O’zbek tiliga nemischadan o’zlashgan so’zlar qanchalik to’g’ri transliteratsiya qilinmasin, unli va undoshlar talaffuzi va yana bir qancha fonetik (artikulyatsiya) hususiyatlariga ko’ra farq qiladilar. Ikkinchi guruhga imlosi o’zbek tili va nemis tilida o’xshash, ammo talaffuzi har xil tilning o’z aytilish qoidalari bo’yicha o’qiladigan so’zlar kiradi.
nemischa o’zbekcha Bọrd bort
Bu ko’rinish ko’pincha ingliz tilidan o’zlashgan o’zlashmalarda uchraydi. Aslini olganda, talaffuz ozmi-ko’pmi manba va qabul qiluvchi tillarda farq qilmaydigan so’z juda kam, aslida yo’q desa ham bo’ladi. (13; 58) Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling