5
KIRISH
Tarix shundan dalolat beradiki, vatanimizning har bir taraqqiyot
bosqichlarida turli xil millat vakillaridan o’zlashgan so’zlar, sekin-asta o’zbek
tiliga singishib, uning fonetik, grammatik va semantik qonuniyatlariga moslashib,
o’zbek tili lug’at boyligining oshishiga sabab bo’lib kelgan. Tabiat va jamiyatdagi
narsa va hodisalarning turli tillarda turlicha nomlanishidan qat’iy nazar, mana shu
jarayonda u insonlar faoliyatida fikrlash va o’zaro ijtimoiy munosabat - muomala
vositasi, materiali bo’lib qolaveradi. Ammo til muomala vositasiga aylandimi,
uning tabiiy ravishda imkoniyat doirasi ham kengayib boradi. Endi u nutq, nutqiy
jarayon quroliga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: