Ishning maqsad va vazifalari. Bitiruv malakaviy ishda asosiy e’tiborni
o’zbek tilining tashqi manbalar asosida ro‘y bergan o‘ziga xos rivojlanish
qonuniyatlarini tarixiy-tadrijiy (diaxronik) kuzatish va shu tashqi ta’sirlar ostida
yuz bergan hodisalarning ayrim bir davrlar, o’zbek tilining muayyan bir tarixiy
bosqichlariga bog‘lab o‘rganish ko‘zda tutildi.
Ishning asosiy maqsadi o’zbek tiliga nemis tildan kirib kelgan so‘zlarni son
va sifat jihatidan tahlil qilishdir. Ushbu ishni amalga oshirishda quyidagi
vazifalarni belgilab oldik:
1) o’zbek tiliga o‘zlashgan va o’zbek adabiy tili hamda so‘zlashuv nutqida
qo‘llanilib kelayotgan nemis tilga oid so‘zlarni yig‘ish, hajmini (taxminiy)
aniqlash;
2) ularni tematik guruhlarga ajratish;
3) ulardagi o‘zlashish jarayonida ro‘y bergan fonetik, grammatik, va
semantik o‘zgarishlarni differensial tahlil qilish;
7
4) yig‘ilgan misollar asosida o‘zlashmalarning o’zbek va nemis tillaridagi
hozirgi kundagi ma’nolarini ilova tarzida keltirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |