Mavzuning dolzarbligi. Har qanday milliy tilning lug‘at tarkibi, uning jami
so‘z boyligi mazkur millatning butun tarixiy taraqqiyoti davomida shakllangan
hodisadir. U doimo harakatda va o‘sishda bo‘ladi. Tilning rivojlanish samarasi
esa, asosan ikki omilga, uning ichki va tashqi o‘sish manbalaridan qanday
foydalana bilishga bog‘liq bo‘ladi.
Mazkur ishda asosan tashqi manbalar ta’sirida yuz bergan o’zbek tilidagi
miqdor va sifat o‘zgarishlarni o‘rganishga harakat qilindi. Unda nemis tildan
o’zbek tiliga kirib kelgan o‘zlashmalarni differensial (til va birliklarning shakl,
mazmun va boshqa jihatdan o‘zaro ajratilishi, qatlamlanishi, so‘zlarning fonetik,
grammatik va ma’no jihatdan o‘zaro alohidalanishi) tahlil qilish ko‘zda tutildi.
Zero, o’zbek tilining lug‘at tarkibi undagi so‘zlarning etimologiyasi, imlo, talaffuz
va anglatadigan ma’nolari bilan qiziqqan har bir kishi, o’zbek tili va so‘zlashuv
nutqida nemis tilga oid bo‘lgan bir qatlam til birliklarini payqashi qiyin emas.
Hozirgi o’zbek tilshunosligida o‘zlashmalarni o‘rganish dolzarb va ahamiyatga
molik masalalardan biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |