I. BOB. TILLARNING RIVOJLANISHI VA BUNDA O’ZARO SO’Z
O’ZLASHTIRISHNING MUHIM OMIL EKANLIGI HAQIDA
Tarixdan shu narsa ma’lumki, har bir davr, ijtimoiy tuzum insoniyat oldiga u
yashab turgan hayotni real idrok qilish, mavjud ijtimoiy-siyosiy, moddiy-ma’naviy
salohiyatdan yangicha, o’z istiqboli manfaatlaridan kelib chiqib foydalanish,
turlicha mazmundagi an’analarni zamon talablariga moslab isloh qilish
masalalarini ko’ndalang qilib qo’yadi.
O’zbekiston Respublikasi XX asrning oxirgi o’n yilligi boshida qo’lga
kiritgan mustaqillik xalqimizning har tomonlama rivojlangan, kamol topgan, o’z
tarixiy va milliy an’analarimizni yangicha bir tarzda rivojlantirishga imkon
beradigan, o’zbek millatini dunyodagi ma’naviyati eng yuksak xalq darajasiga
ko’tarishga sharoit yaratadigan kelajagimizni barpo qilishga zamin yaratdi.
Islohot deb ataladigan ko’p qirrali va o’ta murakkab jarayon ijtimoiy-siyosiy
hayotimizning, shubhasiz, barcha jabhalarini qamrab oladi. Jumladan, barkamol
avlod tarbiyasini milliy istiqlol g’oyasiga yo’g’rilgan aniq maqsadlarga
yo’naltirish, yaxlit bir butunlikni tashkil qiladigan uzluksiz ta’lim jarayonini ana
shu vazifalarga bo’ysundirish ham yuqorida tilga olingan islohotlar doirasida
qaraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |