Microsoft Word ernest xeminguey chol va dengiz lot ziyouz com doc
Download 260.98 Kb. Pdf ko'rish
|
Chol va dengiz
www.ziyouz.com kutubxonasi
12 Ko‘m-ko‘k sohil sathi cholga allaqachon ko‘rinmay qolgan edi; uzoqda bu yerdan xuddi qor bilan qoplangandek oppoq bo‘lib ko‘rinuvchi zangori tepaliklarning boshlarigina ko‘zga tashlanar edi. Ularning ustida turgan bulutlar ham yuksak qorli tog‘larga o‘xshab ko‘rinardi. Dengiz qop-qora tusga kirib, quyosh nurlari suvda sina boshladi. Endi planktonning son-sanoqsiz jilvalari tikkaga kelgan quyosh tufayli so‘nib qolgan, chol hozir faqat qoramtir suvda sinib qaytayotgan quyosh nurlaridan hosil bo‘lgan yirik va rangin dog‘laru, pastga qarab tippa-tik ketgan chilvirlarnigina ko‘rardi. Chuqurlik esa bu yerda bir milga yetib qolardi. Tunetslar (baliqchilar bu turkumga kiruvchi hamma baliqlarni tunets deb atashar va ularning asl nomlarini bozorga sotish uchun olib borgan yoki xo‘rak o‘rnida pullagan paytlaridagina farq qila boshlardilar) yana dengiz tubiga tushib ketishdi. Qizdirgandan qizdirib borayotgan quyosh ensasini kuydirib o‘tayotganini chol sezib turardi. U eshkak tortayotganda, ter yelkasidan duvillab oqardi. «Qayiqni oqimga qo‘yib berishim, vaqtida uyg‘onish uchun esa chilvirni oyog‘imning boshmaldog‘iga bog‘lab qo‘yib, mizg‘ib olishim mumkin edi,— deb o‘yladi chol.— Ammo bugun — sakson beshinchi kun, shuning uchun ham hushyor bo‘lish kerak». Shu payt u yashil qarmoqlardan birining qimirlab ketib, suvga egilib tushganini paypqab qoldi. — Ana xolos,— dedi u.— Aytmovdimmi!—va qayiqni bezovta qilmaslikka harakat qilib, eshkaklarni suvdan tortib oldi. Chol chilvirga tomon enkayib, uni o‘ng qo‘lining bosh va ko‘rsatkich barmoqlari bilan avaylab tutdi. U baliqning zo‘r berib kuchanmayotganinn sezib turar, shun-dan bo‘lsa kerak chilvirni siqimlamay, yengilgina ushlab olgan edi. Biroq chilvir mana yana qaltirab ketdi. Bu safargi siltov oldingisiga qaraganda ehtiyotkorona va zaifroq ediki, chol buning nima ma’no anglatishini aniq bilar edi. Ya’ni, yuz dengiz sarjinicha tubanda marlin qarmoq ilgagining uchi bilan buklamasiga tizilgan sardinlarni yamlamay tushirar, qo‘lbola qilib yasalgan qarmoq ilgagining o‘zi esa maydaroq tunets kallasidan teshib o‘tkazilgan edi. Chol kalavani yengilgina tutib turib, chap qo‘li bilan uni qarmoq dastasidan yechib oldi. Endi kalava barmoqlari orasidan baliqni seskantirmay sirg‘alib chiqa olar edi. «Qirg‘oqdan shunchalik olisda, yana yilning mana bu faslida, baliq juda ham katta bo‘lsa kerak. Yeyaver. Yegin endi, ol, yegin. Sardinlar biram mazali, sen bo‘l-sang juda sovqotgansan, olti yuz fut chuqurlikda suv juda ham sovuq va qop-qorong‘i bo‘ladi. Qorong‘ida yana bir marta aylanib kel, orqangga qayt va ol, ye, yeyaver!» U yengil, sergak siltov sezdi, sal o‘tmay bu kuchliroq bo‘lib takrorlandi — bitta-yarimta sardinni qarmoqdan yulib olish mushkulroq bo‘layotgani ko‘rinib turardi. Keyin jimjit bo‘lib qoldi. — Bo‘la qolsang-chi,— dedi chol ovoz chiqarib,—yana bir burilib kel. Hidini qara, hidini. Qanday ajoyib-a, to‘gri emasmi? To‘yib-to‘yib yeb ol! Keyin qarab-sanki, tunetsni totib ko‘rish gali keladi! Axir u shunday ham so‘lqillagan, muzdakkina, bir shirinki, qo‘yaverasan. Qisinib-qimtinib o‘tirma, baliq. Yegin, ol, yesang-chi, o‘tinaman sendan. U, bosh va ko‘rsatkich barmoqlari bilan kalavani tutib, baliqning joydan-joyga suzib o‘tish ehtimoli borligidan bir paytning o‘zida boshqa chilvirlardan ham ko‘z uzmay kutardi. Birdan u yana qarmoq ipining yengil, bilinar-bilinmas tortqilanganini payqadi. — Cho‘qiydi — dedi chol ovoz chiqarib.— Cho‘qiydi, xudoyo dard ko‘rmagur! Ammo u cho‘qigani yo‘q. Ketib qoldi. Chilvir ham qimir etmasdi. — Uning butunlay ketishi mumkin emas,— dedi chol.— Xudo shohid, uning ketishi mumkin emas. U bor-yo‘g‘i qayrilib kelyapti. Ehtimol, u biron marta qar-moqqa tushib chiqqan va bu hali xayolidan ko‘tarilmagandir. Shunda u yana qarmoq ipining ohista tortqilanganini sezdi va dili taskin topdi. — Aytmovdimmi, u faqat qayrilib kelyapti deb... — dedi chol.— Mana endi cho‘qiydi! U baliqning hurkib-hurkib chilvir tortqilashidan o‘zini qo‘yarga joy topmasdi. To‘sindan, chol qandaydir, favquloda bir zilu zambil og‘irlik sezdi. Sezdi-yu, chilvirni bo‘shatib, ehtiyotdagi |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling