Microsoft Word ernest xeminguey chol va dengiz lot ziyouz com doc
Download 260,98 Kb. Pdf ko'rish
|
Chol va dengiz
www.ziyouz.com kutubxonasi
30 aylanishida chol borgan sari ko‘proq chilvir yig‘ib olar, yana ikki aylanishdan keyin baliq ko‘ksiga garpun urajagiga endi u amin bo‘lib qolgan edi. «Ammo men uni bundan ham yaqinroq olib kelishim kerak, ha, yaqinroq,— deb o‘ylardi u.— Mo‘ljalga ham boshini olmasdan, naq yuragiga urish kerak». «O’zingni bos, bardam bo‘l, chol»,— dedi u o‘ziga o‘zi. Keyingi aylanish vaqtida baliqning sirti suv yuzasida ko‘rindi, ammo u hali ham qayiqdan ancha narida suzib borardi. Baliq yana bir marta aylanib chiqdi, biroq suv betiga boyagidan ko‘ra sezilarliroq chiqib qolgan bo‘lsa-da, hamon o‘sha-o‘sha qayiqdan ancha olisda edi. Chol chilvirni yana bir oz tortqilab olganida, hozir baliqni naq bortning yonginasiga keltirib qo‘ygan bo‘lishini bilardi. U garpunni allaqachon shay qilib qo‘ygan edi; ingichka tros o‘rami kajava savatda yotar, uning bir uchi qayiq burnidagi ilgakka mahkamlangan edi. Beqiyos vazmin va suluv bo‘lgan bu baliq doirasini yasab, ulkan quyrug‘ini bilinar-bilinmas qimirlatib yaqinlashib kelardi. Chol uni qayiqqa mumkin qa-dar yaqinroq olib kelish uchun kuyib- pishib chilvir tortardi. Bir muddat baliq yonboshiga ag‘darilib qoldi. Keyin u o‘zini rostlab oldi va yangidan aylanishga o‘tdi. — Men uni o‘rnidan jildirdim,— dedi chol.— Nima bo‘lganda ham men uni ag‘darilishga majbur qildim. Uning yana boshi aylanib ketdi, shunga qaramasdan chilvirni o‘lib-tirilib tortishdan to‘xtamadi. «Axir, bo‘lsa-bo‘lmasa, uni yoniga to‘ntarib qo‘yish qo‘limdan keladiku,— deb o‘yladi u.— Ajab emas, uni bu safar chalqanchasiga ag‘darib olsam. Tort xooo, tort!— O’z qo‘llariga buyurdi u.— Qani, ha-ha, oyoqlar, bardam-bardam! Kalla, bo‘la qol, anqayma! Ish ko‘rsat! Axir, sen hech qachon meni yerga qaratmagansan-ku. Bu safar men uni charxpalak qilib tashlayman!» Hali baliq qayiqqa yaqin kelib ulgurmasdanoq, u bor kuchini yig‘ib, o‘lar-tirilariga qaramay torta boshladi. Biroq baliq yonboshiga ag‘darildi, xolos. Keyin yana o‘zini o‘nglab oldi-yu, olislab ketdi. — Menga qaragin, baliq!— dedi chol unga.— Sen baribir o‘lasan.— Shunday bo‘lgach, meni ham o‘zingga qo‘shmozor qilishdan bir ma’no bormi? «Bunaqada ikki qo‘limni burnimga tiqib qolaverishim ham hech gap emas»,— ko‘nglidan o‘tkazdi u. Og‘zi shunday ham qaqrab ketgan ediki, hatto labini labiga qovushtirishga majoli yetmas, suv solingan shishani cho‘zilib olish uchun esa madori yo‘q edi. «Bu gal men endi uni qayiqqa sudrab keltirmasam bo‘lmaydi,— deb o‘yladi u.— Kuning bitib qolganga o‘xshaydi, chol». «Yo‘q,— deb cho‘rt kesdi u o‘zini,— bitib qolgani yo‘q. Umring hali yuz yillarga yetadi, chol». Keyingi aylanish paytida chol sal bo‘lmasa baliqni qo‘lga kiritay dedi-yu, biroq u yana o‘zini rostlab olib, ohista uzoqlab ketdi. «Meni xarob qilyapsan, baliq,— o‘ylardi chol.— Bu, albatta, sening ishing. Umrim bino bo‘lib hali biron martaba senchalik ulkan, senchalik suluv, osuda va olijanob maxluqni ko‘rmaganman. Mayli, istasang meni o‘ldir. Kim-kimni halok qiladi — endi menga baribir». «Yana miyang ayniyapti, qariya! O’zing bilasan-ku, boshing ravshan bo‘lishi shart. Esingni yig‘ib ol. Uqubatni insonlarcha... yo bo‘lmasa, xuddi mana bu baliqchalik yengib o‘tishga harakat qil»,— deb xayolan qo‘shib qo‘ydi u. So‘ng o‘z-o‘ziga: — Qani, bo‘l-chi, kallani ishlat,— dedi. Ovozi shunday ojiz chiqdiki, uni hatto o‘zi bazo‘r eshitdi.— Ishlat, deyapman senga. Yana ikki aylanish davomida ham hech narsa o‘zgarmadi. «Nima qilsam bo‘larkin?—o‘ylab o‘yiga yetolmasdi chol. Har gal baliq olislay boshlashi bilan unga go‘yo o‘zi hushdan ketayotganday bo‘lib tuyulardi.— Nima qi-lish kerak? Yana bir unnab ko‘raman». U yana bir urinib ko‘rib, hushdan ajralayotganini sezdi. Ammo shunday bo‘lsa ham baliqni chalqancha ag‘darishga muvaffaq bo‘ldi. Keyin baliq qaytadan o‘zini rostlab oldi va bahaybat dumini |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling