Microsoft Word ernest xeminguey chol va dengiz lot ziyouz com doc


Download 260.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet31/43
Sana17.06.2023
Hajmi260.98 Kb.
#1536062
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   43
Bog'liq
Chol va dengiz

www.ziyouz.com kutubxonasi 
31
havoda bilanglata-bilanglata yiroqlab ketdi. 
Qo‘llari jonsizday bo‘lib qolgani va ko‘z oldi xiralashib, tuman bosganiga qaramay chol: «Yana bir 
urinib ko‘raman»,— deb ahd qildi. 
Shunday qildi ham, biroq baliq yana chap berib ketdi. «E, hali shundaymi?—deb o‘yladi u. 
Uyladiyu, o‘zini muzlab ketayotgandek his qildi.— Men yana bir urinib ko‘raman». 
U o‘zining butun azob-uqubati, qolgan-qutgan kuch-quvvati va allaqachonlardan buyon yo‘qolib 
ketgan g‘urur, oriyatini bir yerga to‘pladiyu, ularni baliq chekayotgan abgorliklar bilan yakkama-yakka 
olishuvga tashladi. Shunda baliq yonboshiga ag‘darilib tushdi va shu ko‘yicha ohista, qayiq 
qoplamasiga qilich tumshug‘i bilan tegay-tegay deb suzib o‘ta boshladi; uzun degandan uzun, enli 
degandan enli, kumushdayin tovlangan, binafsha rang tasmalardan kamar bog‘lagan, boshi ho‘ atta, 
keti ho‘ batta bo‘lib tuyulgan bu baliq sal bo‘lmasa qayiq yonidan qilpillab o‘tib ketay dedi. 
Chol chilvirni tashlab, uni oyog‘i bilan bosib oldi, garpunni qurbi yetgancha baland ko‘tarib, shu 
onda yiqqan bor kuchi bilan baliqning dengiz sirtidan odam ko‘kragicha ko‘tarilib turgan to‘sh 
qanotlarining xuddi orqasiga urdi. U temirning yumshoq go‘shtga qanday kirib borayotganini tuydi va 
butun og‘irligini garpunga solib, uni borgan sari chuqur suqa bordi. 
Shunda baliq o‘lim bilan hamnishin bo‘lib qolganiga qaramay harakatga kirdi, go‘yo o‘zining tengi 
yo‘q bo‘y-basti, bor go‘zalligi va qudratini namoyish qilganday dengizdan baland ko‘tarilib chiqdi. 
Go‘yo u chol bilan qayiq ustida muallaq osilib qoldi. Keyin u chol va cholning butun qayig‘iga ko‘lob-
ko‘lob suv yog‘dirib dengizga gumburlab tushdi. 
Cholni behollik va behuzurlik o‘z komiga oldi, ko‘zlari deyarli hech narsani ilg‘amay qo‘ydi. 
Biroq garpun arqonini bo‘sh qo‘yib, uni tilimlanib ketgan qo‘llari-da ohista tutamlay boshladi. Ko‘zlari 
yana ravshan tortganda esa, u baliqning kumush rang qornini osmonga qaratib to‘ntarilib yotganini 
ko‘rdi. Orqasidan garpun dastasi qiyalab chiqib turar, dengiz tegrasi esa uning qora qoniga bo‘yalgan 
edi. Boshda go‘yo butun bir chaqirim keladigan moviy suvni g‘ij-g‘ij baliqlar to‘dasi qoplab 
yuborganday qora dog‘ bosdi. Keyin bu dog‘ yoyilib ketdi va pag‘a-pag‘a bulutga o‘xshab qoldi. 
Kumushsimon baliq to‘lqinlarda ohista tebranib turardi. 
Chol to ko‘zi yana tinib ketmaguncha, baliqdan ko‘z uzmay turdi. So‘ngra u garpun arqonini 
bitengga ustma-ust ikki marta o‘rab bog‘ladi va qo‘llari bilan ikki chakkasini ushlab munkaydi. 
«Nima balo bo‘la qoldi-ya, bu boshimga o‘zi?—dedi (u yuzini quyruq qoplamasiga bosarkan.— 
Men keksayib qolgan odamman. Qattiq charchadim. Ammo men nima bo‘lganda ham mana bu baliqni 
o‘ldirdim. U menga tug‘ishgan birodarimdan ham ortiqroq. Endi bo‘lsa mayda-chuyda ishni bir yoqlik 
qilishgina qoldi. 
Hozir baliqni qayiqqa qantarib olishim uchun arqonni taxt tutib, uni sirtmoq-sirtmoq qilib 
qo‘yishim kerak. Mabodo biz ikkovlashib baliqni qayiqqa ortgan bo‘ldigo, uni suvga liq to‘ldirib 
qo‘ydigo, boringki, keyin chelaklab bo‘shatdigo, baribir, qayiq bunaqangi yukka dosh berolmaydi. 
Men nima lozim bo‘lsa hammasini tappa-taxt qilib qo‘yishim kerak. Keyin baliqni bortga tortib 
keltirishimu, chandib tashlashim, yelkanni ko‘tarib, kuch-ko‘ron bilan juftak rostlashim kerak bo‘ladi». 
Chol arqonni baliq jabrasi va jag‘laridan o‘tkazib, boshini quyruqqa tirband qilish maqsadida uni 
bortga tortib keltira boshladi. 
«Uni ko‘rgim kelyapti,— deb o‘yladi u,— o‘z qo‘llarim bilan ushlagim, qanday baliq ekanligini bir 
bilib qo‘ygim kelyapti. Axir u — mening boyligim. Lekin, faqat shuning o‘zi uchungina uni ushlab 
ko‘rgim kelayotgani yo‘q. Men allaqachon, ho‘ o‘shanda, garpunni sopiga dovur urganimda, uning 
yuragiga qo‘l tekizib ko‘rganday bo‘ldim,— deb o‘ylardi u.— Hay, mayli, endi uni yaqinroq olib kel, 
boyla, dumiga sirtmoq tashla, qayiqqa yopishib tursin desang, tanasini ham sirtmoqlab ol». 
— Qani, qariya, harakatingni qil,—dedi u o‘ziga va bir qultum suv yutindi.— Endi jang tamom 
bo‘ldi, ammo hali mayda-chuyda ish boshdan oshib yotibdi. 
Chol avval zilol osmonga, keyin ulkan baliqqa nazar soldi. Ayricha diqqat bilan quyoshga qaradi, 
«Hozir kun peshindan sal og‘ibdi. Passat bo‘lsa, avjiga minyapti. Shu tobda chilvirni ulab-chatib 


Ernest Xeminguey. Chol va dengiz (qissa) 

Download 260.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling