Microsoft Word ernest xeminguey chol va dengiz lot ziyouz com doc


Download 260.98 Kb.
Pdf ko'rish
bet42/43
Sana17.06.2023
Hajmi260.98 Kb.
#1536062
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
Bog'liq
Chol va dengiz

www.ziyouz.com kutubxonasi 
42
ikki zo‘r baliq tutding. 
— E qo‘ysang-chi, mening balig‘imni!—dedi bola va yana yig‘lab yubordi. 
— Biror narsa ichib olmaysanmi?—so‘radi undan xo‘jayin. 
Kerakmas,—dedi bola.—Ularga aytib qo‘y, Santyagoning me’dasiga tegishmasin. Men yana 
kelaman. 
— Shunday bo‘lib chiqqaniga mening ham juda achinayotganligimni aytib qo‘y unga. 
— Rahmat,— dedi bola. 
Bola kulbaga qaynoq kofe solingan bankani keltirib qo‘ydi va to chol uyg‘onmaguncha uning 
yonida o‘tirdi. Bir safar bolaga go‘yo u uyg‘onayotganday bo‘lib ko‘rindi, ammo chol yana og‘ir 
uyquga cho‘mdi, shundan so‘ng bola kofeni isitish uchun qarzga bir oz o‘tin olgani qo‘shnilarnikiga 
ketdi. 
Nihoyat chol uyg‘ondi. 
— Yetaver, turma,—dedi unga bola.— Mana buni ichib ol!— stakanga kofe quyib uzatdi u. 
Chol undan stakaini olib, kofeni ichdi. 
— Ular meni yengib qo‘yishdi, Manolin,— dedi u.— Ular meni yengishdi. 
— Ammo uning o‘zi seni yengolmabdi-ku, axir. Axir baliq seni yengmabdi-ku! 
— Yo‘q yengmadi. To‘g‘ri gapdan qochib qutulib bo‘larmidi. Bu voqea keyin bo‘ldi. 
— Qayiq bilan asbob-uskunalarga Pedriko qarab turadigan bo‘ldi. Baliqning boshini nima 
qilmoqchisan? 
— Uni Pedriko to‘rlarga xo‘rak qilib maydalay qolsin. 
— Tig‘ini-chi? 
Xohlasang, uni esdalik uchun o‘zingga olib qo‘ya qol. 
— Xohlamay-chi,— dedi bola.— Kel endi, bundan keyin nima qilishimiz haqida gaplashib olamiz. 
— Meni qidirishdimi? 
— Bo‘lmasa-chi. Qirg‘oq soqchilari ham, samolyotlar ham qidirishdi. 
Okean poyonsiz, qayiq bo‘lsa zig‘irdakkina, uni topib bo‘larmidi,— dedi chol. U, o‘z-o‘zing va 
yana dengizdan tashqari ham gaplashadngan biron odaming bo‘lsa qanday ajoyib bo‘lishini hozir ich-
ichidan sezdi.— Men seni rosa qo‘msadim,— dedi u.— Sen biron iarsa ushladingmi? 
— Birinchi kuni bitta. Ikkinchi kuni yana bitta, uchinchi kuni bo‘lsa, ikkita katta baliq ushladik. 
— Qoyil! 
— Endi biz yana birgalashib ov qilamiz. 
— Sirayam. Menda tole yo‘q. Ishim teskari ketyapti. 
— E, qo‘ysang-chi, shu teskari-peskaringni!— dedi bola.— Men senga tole keltiraman. 
— Ota-onang-chi, ular nima deyishadi? 
— Ahamiyati yo‘q. Kecha men ikkita baliq ushlab berdim-ku. Ammo endi biz ikkovlashib 
baliqchilik qilamiz, chunki, men hali juda ko‘p narsani o‘rganishim kerak. 
— Zo‘r bir sanchqi topishga va dengizga doimo uni olib chiqishga to‘g‘ri keladi. Tig‘ini eski 
«ford»ning ressoridan qilsa ham bo‘ladi. Guanabakoada charxlatib olamiz. U juda o‘tkir bo‘lishi kerak, 
ammo sinib ketmasligi uchun toblanmagan bo‘lishi shart. Pichog‘im butunlay sinib ketdi. 
— Men senga yangi pichoq topib beraman, ressorni ham o‘zim charxlataman. Yana necha kun 
kuchli brissa
10
esib turadi? 
— Ehtimol, uch kundir. Balki, undan ham ko‘proqdir. 
— U paytgacha hamma narsa joyida bo‘ladi,— dedi bola.— Sen hozircha qo‘llaringni davosini 
qilgin. 
— Men ularni nima qilish kerakligini bilaman. Kechasi allaqanday g‘alati bir narsa tupurdim
shundan menga, xuddi ko‘kragimda bir parsa yorilib ketganday bo‘lib tuyuldi. 
10
Sohil shamoli (isp.). 


Ernest Xeminguey. Chol va dengiz (qissa) 

Download 260.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling