Microsoft Word Falsafa 4 mavzu


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
Sana03.12.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1806164
Bog'liq
Falsafa 6-mavzu



6-MAVZU:MANTIQ

REJA 
1.Tafakkur mantiqiy fikrlash asosi. 
2.Sharq va G‘arb mutafakkirlarining mantiqiy qarashlari. 
3.Dialektik mantiq. Formal mantiq. Matematik mantiq 
Tayanch iboralar 
Mantiq, tafakkur, tafakkur shakli, tafakkur qonuni, chin fikr, to‘g‘ri tafakkur, tushuncha, 
tushunchaning turlari, tushunchani chegaralash, tushunchani umumlashtirish. 
TAFAKKUR MANTIQ ILMINING O‘RGANISH OB’EKTI 
Kelib chiqishiga ko‘ra arabcha bo‘lgan “mantiq” (grekcha–logos) atamasi «fikr», «so‘z», 
«aql», «qonuniyat» kabi ma’nolarga ega. Uning ko‘pma’noligi turli xil narsalarni ifoda qilishda 
o‘z aksini topadi. 
Xususan, mantiq so‘zi, birinchidan, ob’ektiv olam qonuniyatlarini (masalan, «ob’ektiv 
mantiq», «narsalar mantig‘i» kabi iboralarda), ikkinchidan, tafakkurning mavjud bo‘lish 
shakllari va taraqqiyotini, shu jumladan, fikrlar o‘rtasidagi aloqadorlikni xarakterlaydigan 
qonun-qoidalar yig‘indisini (masalan, «sub’ektiv mantiq» iborasida) va uchinchidan, tafakkur 
shakllari va qonunlarini o‘rganuvchi fanni ifoda etishda ishlatiladi. 
Mantiq ilmining o‘rganish ob’ektini tafakkur tashkil etadi. «Tafakkur» ham arabcha so‘z 
bo‘lib, o‘zbek tilidagi «fikrlash», «aqliy bilish» so‘zlarining sinonimi sifatida qo‘llaniladi. Tafakkur 
bilishning yuqori bosqichidir. Uning mohiyatini yaxshiroq tushunish uchun bilish jarayonida tutgan 
o‘rni, bilishning boshqa shakllari bilan bo‘lgan munosabatini aniqlab olish zarur. 
Bilish voqelikning, shu jumladan, ong hodisalarining inson miyasida sub’ektiv, ideal 
obrazlar shaklida aks etishidan iborat. Bilish jarayonining asosini va oxirgi maqsadini amaliyot 
tashkil etadi. Barcha hollarda bilish insonning hayotiy faoliyati bilan u yoki bu darajada bog‘liq 
bo‘lgan, uning ma’lum bir ehtiyojini qondirishi mumkin bo‘lgan narsalarni tushunib etishga 
bo‘ysundirilgan bo‘ladi. 
Bilish murakkab, ziddiyatli, turli xil darajalarda va shakllarda amalga oshadigan 
jarayondir. Uning dastlabki bosqichini hissiy bilish – insonning sezgi organlari yordamida bilishi 
tashkil etadi. Bu bosqichda predmet va hodisalarning tashqi xususiyatlari va munosabatlari, ya’ni 
ularning tashqi tomonida bevosita namoyon bo‘ladigan va shuning uchun ham inson bevosita 
seza oladigan belgilari haqida ma’lumotlar olinadi. 
Hissiy bilishning barcha shakllariga xos bo‘lgan xususiyatlari qatoriga quyidagilar kiradi: 
Birinchidan, hissiy bilish ob’ektning (predmetning yoki uning birorta xususiyatining) 
sub’ektga (individga, to‘g‘rirog‘i, uning sezgi organlariga) bevosita ta’sir etishini taqozo etadi. 
Tasavvur ham bundan istisno emas. Unda obrazi qayta hosil etilayotgan (yoki yaratilayotgan) 
predmet emas, u bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa predmet–signal ta’sir etadi. 
Ikkinchidan, hissiy bilish shakllari: sezgi, idrok va tasavvur predmetning tashqi 
xususiyatlari va munosabatlarini aks ettiradi. 
Uchinchidan, hissiy bilish shakli predmetning yaqqol obrazidan iborat. 
To‘rtinchidan, hissiy bilish konkret individlar tomonidan amalga oshirilganligi uchun 
ham har bir alohida holda konkret insonning sezish qobiliyati bilan bog‘liq tarzda o‘ziga xos 
xususiyatga ega bo‘ladi. 
Beshinchidan, hissiy bilish bilishning dastlabki va zaruriy bosqichi hisoblanadi. Usiz bilish 
mavjud bo‘la olmaydi. CHunki inson tashqi olam bilan o‘zining sezgi organlari orqali bog‘langan. 
Bilishning keyingi bosqichi, boshqa barcha shakllari sezgilarimiz bergan ma’lumotlarga tayanadi. 
Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, hissiy bilish tafakkur bilan uzviy bog‘liq. Xususan, 
nazariy bilimlarning chinligi oxir-oqibatda empirik talqin qilish yo‘li bilan, ya’ni tajribada bunday 
bilimlarning ob’ektini qayd etish orqali asoslanadi. O‘z navbatida, hissiy bilish, umuman olganda, 
aql tomonidan boshqarilib turadi, bilish oldida turgan vazifalarni bajarishga yo‘naltiriladi, ijodiy 
fantaziya elementlari bilan boyitiladi. Masalan, guvohlarning bergan ko‘rsatmalari asosida 


jinoyatchining portreti (kompyuter yordamida fotoroboti yaratiladi yaqqol his qilinadi va 
qidiriladi. 
Lekin, shunga qaramasdan, hissiy bilish o‘z imkoniyatlari chegarasiga ega. U bizga alohida 
olingan predmetlar (yoki predmetlar to‘plami), ularning tashqi belgilari haqida ma’lumot beradi. 
Unda mavjud predmetlar o‘rtasidagi aloqadorlik (masalan, muz bilan havoning harorati 
o‘rtasidagi bog‘lanish) o‘rganilmaydi, predmetlarning umumiy va individual, muhim va 
nomuhim, zaruriy va tasodifiy xususiyatlari farq qilinmaydi. 
Predmet va hodisalarning mohiyatini tushunishga tafakkur yordamida erishiladi. Tafakkur 
bilishning yuqori-ratsional (lotincha ratio – aql) bilish bosqichi bo‘lib, unda predmet va 
hodisalarning umumiy, muhim xususiyatlari aniqlanadi, ular o‘rtasidagi ichki, zaruriy aloqalar, 
ya’ni qonuniy bog‘lanishlar aks ettiriladi. 
Tafakkur quyidagi asosiy xususiyatlarga ega: 
1. Tafakkurda voqelik mavhumlashgan va umumlashgan holda in’ikos qilinadi. Hissiy 
bilishdan farqli o‘laroq, tafakkur bizga predmetning nomuhim, ikkinchi darajali (bu odatda bilish 
oldida turgan vazifa bilan belgilanadi) belgilaridan fikran chetlashgan, mavhumlashgan holda, 
e’tiborimizni uning umumiy, muhim, takrorlanib turuvchi xususiyatlariga va munosabatlariga 
qaratishimizga imkon beradi. Xususan, turli kishilarga xos individual belgilarni (xulq-atvor, 
temperament, qiziqish va shu kabilar) e’tibordan chetda qoldirgan holda, ular uchun umumiy, 
muhim belgilarni, masalan, ongga ega bo‘lish, maqsadga muvofiq holda mehnat qilish, ijtimoiy 
munosabatlarga kirishish kabi xislatlarni ajratib olib, «inson» tushunchasini hosil qilish mumkin. 
Umumiy belgilarni aniqlash predmetlar o‘rtasidagi munosabatlarni, bog‘lanish usullarini 
o‘rnatishni taqozo etadi. Turli xil predmetlar fikrlash jarayonida o‘xshash va muhim belgilariga 
ko‘ra sinflarga birlashtiriladi va shu tariqa ularning mohiyatini tushunish, ularni xarakterlaydigan 
qonuniyatlarni bilish imkoniyati tug‘iladi. Masalan, yuqorida keltirilgan «inson» tushunchasida 
barcha kishilar bitta mantiqiy sinfga birlashtirilib, ular o‘rtasidagi muhim bog‘lanishlar (masalan, 
ijtimoiy munosabatlar) bilib olinadi. 
2. Tafakkur borliqni nafaqat bevosita, balki bilvosita tarzda ham aks ettira oladi. Unda yangi 
bilimlar tajribaga har safar bevosita murojaat etmasdan, mavjud bilimlarga tayangan holda hosil 
qilishi mumkin. Fikrlash bunda predmet va hodisalar o‘rtasidagi aloqadorlikka asoslanadi. 
Masalan, bolaning xulq-atvoriga qarab uning qanday muhitda tarbiya olganligi haqida fikr 
yuritish mumkin. Tafakkurning mazkur xususiyati, ayniqsa, xulosaviy fikr hosil qilishda aniq 
namoyon bo‘ladi. 
3. Tafakkur insonning ijodiy faoliyatidan iborat. Unda bilish jarayoni borliqda real 
analogiga ega bo‘lmagan narsalar – yuqori darajada ideallashgan ob’ektlar (masalan, absolyut 
qattiq jism, ideal gaz kabi tushunchalar)ni yaratish, turli xil formal sistemalarni qurish bilan 
kechadi. Ular yordamida predmet va hodisalarning eng murakkab xususiyatlarini o‘rganish, 
hodisalarni oldindan ko‘rish, bashoratlar qilish imkoniyati vujudga keladi. 
4. Tafakkur til bilan uzviy aloqada mavjud. Fikr ideal hodisadir. U faqat tilda – moddiy 
hodisada (tovush to‘lqinlarida, grafik chiziqlarda) reallashadi, boshqa kishilar bevosita qabul qila 
oladigan, his etadigan shaklga kiradi va odamlarning o‘zaro fikr almashish vositasiga aylanadi. 
Boshqacha aytganda, til fikrning bevosita voqe bo‘lish shaklidir. 
Mantiq fanining vazifalari. Tafakkur shakllari va qonunlarini o‘rganish, ulardan ongli 
ravishda foydalanish fikrlash madaniyatini o‘stiradi, xususan, fikrni to‘g‘ri qurish malakasini 
rivojlantiradi, bahs yuritishda o‘zining va boshqalarning fikriga tankidiy munosabatda bo‘lishga, 
suhbatdoshining mulohazalaridagi xatolarni aniqlashga, argumentlashdagi zaif bo‘g‘inlarni ochib 
tashlashga yordam beradi. 
Buyuk mutafakkir Farobiyning mantiq ilmining ahamiyati haqida bildirgan quyidagi 
fikrlarining alohida e’tiborga loyik ekanligini ta’kidlash zarur. U shunday yozadi: “Bizning 
maqsadimiz aqlni, xatoga yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan barcha xollarda, to‘g‘ri tafakkurga 
etaklaydigan, uning yordamida har safar hulosa chikarayotganda adashishga qarshi ehtiyot choralarni 
ko‘radigan san’atni-mantiq san’atini o‘rganishdir. Uning asosiy qonun-qoidalarining aqlga bo‘lgan 
munosabati grammatika san’ati qoidalarining tilga bo‘lgan munosabatiga o‘xshash; 


xuddi grammatika kishilarning tilini to‘g‘rilash ehtiyoji sababli yaratilgani, unga xizmat qilishi 
zarur bo‘lgani singari, mantiq ham tafakkur jarayonini yaxshi amalga oshirish maqsadida xatoga 
yo‘l qo‘yish mumkin bo‘lgan barcha hollarda aklni to‘g‘rilab turadi”
1

Mantiq ilmining ta’lim sohasidagi vazifalari ham jiddiydir. O‘quv jarayonining 
samaradorligi ma’lum bir darajada ishlatiladigan tushunchalarning, terminlarning aniq 
bo‘lishiga, muammolarning mantiqan to‘g‘ri qo‘yilishi va hal qilinishiga, mavjud gipotezalar 
strukturasini to‘g‘ri tahlil qila olishga, argumentlash qoidalaridan to‘g‘ri foydalanishga bog‘liq. 
MANTIQNING ASOSIY QONUNLARI 
FORMAL VA DIALEKTIK MANTIQ. Falsafiy adabiyotlarda dialektik mantiq bilan 
formal mantiq mavjudligi ta’kidlanadi. Bularning birinchisi tafakkur shakllarini ularning 
rivojlanishida olib qarasa, ikkinchisi ularni shakllangan fikrlar sifatida o‘rganadi. Shuningdek, 
dialektik mantiq tafakkurni uning mazmuni va shakli birligida olib o‘rgansa, formal mantiq 
fikrning shaklini uning konkret mazmunidan chetlashgan hamda nisbatan mustaqil holda olib 
tadqiq etadi. Shuning uchun dialektik mantiq fikrlarimizning taraqqiyoti, rivojlanishini, formal 
mantiq esa nisbiy turg‘unligini aks ettiradi. Dialektika fikrlashning formal mantiq qonun – 
qoidalariga amal qilishni taqazo etadi. 
Dialektika esa rivojlanish jarayonida aynanlik, tafovutlar va qarama – qarshiliklar 
darajasiga ko‘tariladi, nozidlik taraqqiyot manbai bo‘lmay, balki ular o‘rtasidagi qarama – 
qarshilik taraqqiyotni ta’minlaydi, deb ko‘rsatadi. Formal mantiq va dialektik mantiq bir – biriga 
muqobil metodlarga asoslanadi. Ular mustaqil ta’limot hisoblanadi. Dialektik mantiq falsafiy 
metod sifatida, falsafaning muhim tarkibiy qismi sifatida mavjud bo‘lsa, formal mantiq mustaqil 
fan sifatida shakllangan ta’limotdir. 
MATEMATIK MANTIQ. Matematik mantiq – fikrlash jarayonini turli simvollar 
yordamida, matematik usul asosida o‘rganadi. Bu ta’limot mantiq fanining rivojlanishidagi yangi 
bosqich hisoblanadi. Ammo matematik mantiqning matematikaning o‘zidan ham, mantiq 
ilmidan ham farqli tomonlari bor. Shuning uchun matematikaning barcha tomonlarini bu mantiq 
qonunlari bilan izohlab bo‘lmaydi. Shuningdek, mantiqiy qonun va shakllarining hammasini ham 
matematik usul bilan hal qilib bo‘lmaydi. Shunga qaramasdan matematik usul mantiq faniga 
singib bormoqda, uning ajralmas qismi bo‘lib takomillashmoqda. 
Hozirgi zamon mantiq ilmini simvollarsiz, matematik mavhumiyliksiz tasavvur qilib 
bo‘lmaydi. Shuning uchun mantiq ilmi mutaxassislari matematik mantiq asoslari bilan tanish 
bo‘lishlari zarur. 
Mantiq jarayonini turli simvollar bilan ifodalashga intilish Arastu asarlaridayoq ko‘zga 
tashlanadi. XVI – XVII asrlarga kelib, mexaniqa va matematika fani rivojlanishi bilan matematik 
metodni mantiqqa tadbiq etish imkoniyati kengaya bordi. Nemis faylasufi Leybnits har xil 
masalalarni echishga imkon beruvchi mantiqiy matematik metod yaratishga intilib, mantiqni 
matematiklashtirishga asos soldi. 
Mantiqiy jarayonni matematik usullar yordamida ifodalash asosan XIX asrlarga kelib 
rivojlana boshladi. Bu davrda yashagan rus olimi I. S. Poretskiy, nemis va ingliz olimlari J. Bul, 
Fure, Morgan, Shryoder kabilar o‘zlarining asarlarida bu masalaga oid muhim fikrlarni ilgari 
surishdi. Hozirgi vaqtda matematik mantiq metodlari fan va texnikada, kibernetikada tarjimon 
mashinalarda va boshqa ko‘p halq xo‘jaligi sohalarida qo‘llanilmoqda. 
QONUN - keng ma’noda moddiy olamdagi predmet va buyumlar o‘rtasida yuz beradigan 
ob’ektiv, zaruriy, mohiyatli, muhim, eng umumiy, nisbiy o‘zgarmas bog‘lanishlardir. 
Qonunlar mazmuni, harakat doirasiga bog‘liq holda asosan uch xil bo‘ladi: 
1. Eng umumiy qonunlar, 
2. Umumiy qonunlar, 
3. Xususiy qonunlar. 
Falsafa qonunlari (Miqdor o‘zgarishlarini sifat o‘zgarishlariga o‘tish qonuni, inkorni inkor 
qonuni, qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni) eng umumiy qonunlardir. Bu qonunlar 
1
Аль-Фараби. Вводный трактат в логику. // Материалы по истории прогрессивной 
общественно-философской мысли в Узбекистане. – Т.: «Фан», 1976, с. 128.


hamma erda va hamma vaqt - tabiatda, jamiyatda hamda kishi tafakkurida amal qiladi. Shunday 
qonunlar borki, ular tabiatning muayyan sohasiga tegishli bo‘ladi (er qimirlash, Oy tutilishi, 
suv toshqini). Shuningdek, jamiyatga xos qonunlar ham bor. (Qiymat qonuni, ishlab 
chiqarishning rivojlanish qonuni). Ayrim hodisalarga tegishli qonunlar ham bor (biologiya, 
astronomiya fanlarida). Bular odatda xususiy qonunlar deyiladi. Umuman olganda inson 
tomonidan qonunlarni bilish, o‘rganish va undan foydalanish katta ahamiyatga ega. 
Mantiq qonunlarining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, avvalo bu qonunlar xususiy 
tarzda, faqat inson tafakkuriga xos bo‘lgan fikrlash, mulohaza yuritishda amal qiladi. Mantiq 
qonunlari deganda fikrlar o‘rtasidagi ichki, muhim, barqaror aloqa va bog‘lanishlar tushuniladi. 
Mantiq qonunlarini bilish, o‘rganish insonni fikrlashining to‘g‘riligini ifoda etadi. 
Unutmang! Mantiq qonunlarini o‘zgartirish, buzish, almashtirish mumkin emas. Mantiqiy 
qonunlar dunyodagi hamma xalqlar va millatlar uchun bir xil. Bu qonun bo‘yicha buyum haqidagi 
fikr aniq, izchil va asosli bo‘lishi kerak. Aks holda fikrlash buziladi. Yodda tuting! Mantiqiy 
qonunlar 4 ta: Ayniyat qonuni, Ziddiyat qonuni, Uchinchisi istisno qonuni, Etarli asos qonuni. Bu 
qonunlarning talabini bajarish mantiqiy fikrlash, ular o‘rtasidagi bog‘lanishni ta’minlaydi. 
Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan qonunlarning uchtasi qadimgi yunon mutafakkiri Arastu (er.av. 
III-IV asr) tomonidan tavsiflanib berilgan va fanga kiritilgan. Etarli asos qonuni esa Leybnis 
tomonidan fanga kiritilgan. Mantiqning bu qonunlari ob’ektiv olamdgi buyumlar o‘rtasidagi 
muayyan munosabatlarning inson ongidagi inikosidir. Mantiq qonunlari chin hukmni isbotlash, xato 
hukmlarni inkor qilish jarayonida amal qiladi. Formal mantiq qonunlari fikrlashning tuzilishini 
aniqlaydi. Buning uchun turli formula va belgilardan foydalaniladi. Mantiqdagi S-R formulasi 
konkret fikrlashda fikr mazmuni xar hil bo‘lishi mumkinligini bildiradi. Masalan, "Barcha S-R dir" 
formulasiga quyidagi fikrlarni kiritish mumkin. "Hamma olimlar ziyolilardir", "Hamma baliqlar 
suvda yashaydi", "Hamma Markaziy Osiyo davlatlari - BMTga a’zo" va shunga o‘xshash fikrlar. Bu 
erda o‘zgaruvchi "S" "olimlar", "baliqlar", "Markaziy Osiyo davlatlari" tushunchalarida, "R" "suv", 
"ziyoli", "BMT a’zosi" tushunchalarida ifodalangan. 
Bundan tashqari mantiqda fikrlash tuzilishini ifoda etadigan shunday formulalar mavjudki, 
bunday holda konkret fikr almashtirilsa ham, fikr to‘g‘ri bo‘laveradi. Masalan, shartli hukm 
formulasini olib ko‘raylik ("Agar A bo‘lsa, u holda V bo‘ladi") Agar talaba a’lo o‘qisa, u holda 
imtiyozli stipendiya oladi" yoki "Agar paxtaga yaxshi ishlov berilsa, u holda mo‘l hosil olinadi". 
Eslab qoling! Demak, mantiq qonunlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shuki, 
mantiqiy o‘zgarishlarni konkret fikr mazmuni bilan qanchalik almashtirsak - to‘g‘ri hukm hosil 
bo‘laveradi. Demak, mantiq qonunlari - tafakkur qonuni bo‘lib, u fikrlash tuzilishini, uning 
shakllari, tushuncha va hukmlar o‘rtasidagi aloqa va bog‘lanishlarni to‘g‘ri aks ettiradi. 
AYNIYAT QONUNI 
Qonun talabi:Muayyan muhokama jarayonida har qanday tushuncha va hukm o‘z-
o‘ziga ayniy (teng) bo‘lishi kerak. Ayniyat qonuni A - A formula bilan ifodalanadi. Ayniyat 
qonuni to‘g‘ri fikrlashning qonunlaridan biri bo‘lib, fikrning muayyanligini va 
ravshanligini ta’minlaydi. Moddiy olamdagi hamma narsalar doimo o‘zgarishda, yangilanishda 
va rivojlanishda. SHu bilan birga har bir narsa o‘zining shakliga, sifatiga, tuzilishiga ega, boshqa 
narsalardan farq qiladi. Masalan, gazeta jurnaldan, televizor radiodan, O‘zbekiston 
Armanistondan, yulduz oydan farqlidir. Ana shu narsalar o‘zining aynanligi, konkret mazmuni 
va shakli bilan o‘z xususiyatini saqlab qoladi. Shuningdek, Ayniyat qonunida muhokama 
jarayonida har bir fikr o‘zining boshlang‘ich mazmunini saqlab qolishi kerak. Ayniyat ma’lum 
munosabatda buyumlar tengligi va o‘xshashligidir. Ammo ikki narsa absolyut ayniy narsa 
bo‘lishi mumkin emas. U ham ayniy ham tafovutli. Misol uchun, daraxtning ikki bargi. Ayniyat 
qonunida har bir fikr o‘z o‘rnida ishlatilib o‘z aynanligini saqlab qolib, boshqa fikrlar bilan 
aralashtirilib yuborilmasligi kerak. 
Masalan, quyidagi tushunchalar o‘zaro teng tushunchalardir: 
a) "Bur’oniddin Marg‘inoniy", b) "Hidoya" asari muallifi 
v) "Musulmon fiqiq ilmining zabardast nazariyotchisi" 
yoki 


a) "Mustaqil O‘zbekistonning birinchi Prezidenti", 
b) "Islom Abduanievich Karimov". 
Bu tushunalar teng, lekin mazmunan har xil. Agarda biz O‘zbekistonning birinchi 
Prezidenti degan tushunchani olsak, mazmun va xajm yanada kengayib ketadi. Chunki 
Y.Oxunboboev ham Prezident bo‘lgan. 
Demak, ayniyat qonunini buzish bir tushunchani ikkinchi tushuncha bilan aralashtirib 
yuborishga, chalkashlikka, ikkiyoqlamalikka, tuturiqsizlikka olib kelishi mumkin. Keyingi paytlarda 
yangi so‘zlarni, atamalarni muomalaga kiritish natijasida ko‘p chalkashliklar va o‘zboshimchaliklar 
kelib chiqyapti. Natijada ayniyat qonuni buzilishlari yuz bermoqda. Masalan, "samolyot" so‘zi 
o‘rniga "tayyora", "aeroport" - "tayyorago‘", yoki "fakultet"- "qulliyot", "institut" - "oliygoh" kabi 
tushunchalar. Buning natijasida mazmun jihatdan chalkashliklar kelib chiqmoqda. 
Ma’lumki, grammatikada turli so‘zlarni, tushunchalarni ifodalovchi omonim so‘zlar bor. 
Bunda bir so‘z bir necha ma’nolarni anglatadi. Natijada ba’zi hollarda ayniyat qonuni doirasidan 
chetga chiqish yuz beradi. Masalan, "o‘t" so‘zi sakrash ma’nosida, olov ma’nosida va o‘simlik 
ma’nosida ifodalanishi mumkin. Jumladan, "suz" so‘zi ham a) "ovqatni suzmoq", b) "suvda 
suzmoq", v) hayvonning biror kishini suzishi ma’nolarida ishlatilishi mumkin. Agar kishilar 
o‘rtasidagi o‘zaro suhbat yoki munozaralarda ayniyat qonuni talabalariga rioya qilinmaganda, 
ya’ni tushunchalarning ma’nolari o‘zgartirib yuborilsa, shunga qarab fikrlayotgan shaxsning 
ma’naviy madaniyati, bilim saviyasi, darajasi past ekanligini bilib olish mumkin. 
ZIDDIYAT QONUNI 
Bir vaqtda va ayni bir munosabatda biror narsa to‘g‘risida qarama-qarshi fikr bildirib 
bo‘lmaydi. Agar bu qarama-qarshi fikr turli vaqt va munosabatda bo‘lsa, fikrlashda ziddiyatlarga 
olib kelmaydi. Bu fikrlar to‘g‘ri bo‘lishi mumkin. 
Ziddiyat qonuni fikrlash jarayonida ziddiyatga yo‘l qo‘ymaslikni talab qiladi, ya’ni bir 
buyum, narsa haqidagi ikki bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan fikr ayni bir vaqtda, ayni bir 
narsaga nisbatan ayni bir munosabatda to‘g‘ri bo‘lishi mumkin emas. Uning formulasi A- dir, A-
A emas. Bu erda A-hukmni bildirsa, birinchi hukmni inkor etuvchi hukm. Quyidagi misollarni 
ko‘rib chiqaylik. 
1. 
"Falsafa qiziqarli fan". "Falsafa qiziqarli fan emas". 
2. 
"Sodiqov a’lochi talaba". "Sodiqov a’lochi talaba emas". 
3. 
"Hamma insonlar onglidir". "Ba’zi insonlar qora tanli emas". 
4. 
"Hech bir davlat urush tarafdori emas". "Hamma davlatlar urush tarafdori". 
Bu hukmlar ayni bir vaqtda hech qachon chin bo‘la olmaydi. Agar biror kishi tomonidan 
yuqoridagi hukmlar u yoki bu belgini tasdiqlasa yoki inkor etsa, ularning mazmuni inkor 
bo‘lishdan qat’iy nazar bir narsaga nisbatan bir vaqtda birdaniga to‘g‘ri bo‘lishi mumkin emas. 
Ziddiyat qonunida agar bir fikrga nisbatan turli vaqt nuqtai nazaridan qaralsa, fikr to‘g‘ri bo‘lishi 
mumkin. Masalan, "Rahimov - O‘zbekiston fuqarosi". "Rahimov - O‘zbekiston fuqarosi emas". 
Agar Rahimov bir vaqtlar O‘zbekistonda yashaganda fuqaro hisoblanib, hozir O‘zbekistonda 
yashamayotgan bo‘lishi mumkin. Bunday holda har ikki fikr ham to‘g‘ri. YUqoridagilardan 
kelib chiqqan holda Ziddiyat qonuni shunday ta’riflanadi: "bir vaqtda va ayni bir munosabatda 
biror narsa-hodisa haqida qarama-qarshi fikr bildirib bo‘lmaydi, ulardan biri chin, ikkinchi esa 
xato bo‘ladi, ammo bu qarama - qarshi fikr turli vaqt va nisbatda aytilsa, har ikkisi ham to‘g‘ri 
bo‘laveradi". 
Formal mantiq ziddiyatlarini moddiy olamdagi predmet va buyumlarga xos bo‘lgan 
ziddiyatlardan ajrata bilish lozim. Moddiy olamni bilishda dialektik mantiqning roli kattadir. 
Dialektika ob’ektiv olamning rivojlanishi jarayonini ham ziddiyatlarning vujudga kelishi va uni 
hal etilishidan iborat, deb ta’kidlaydi. Dialektik ziddiyat moddiy olamdagi buyum va narsalarni 
doim o‘zgarishda, rivojlanishda, bir holatdan boshqa holatga o‘tishda, deb biladi. Dialektik 
ziddiyat rivojlanish manbai hisoblanadi. Tabiat, jamiyat va kishi tafakkuri rivojlanishi dialektik 
ziddiyat natijasida yuz beradi. Dialektik ta’limotdan kelib chiqib, narsa harakatda ham sokinlikda 
(koinot va erga nisbatan) deb ta’kidlansa to‘g‘ri, lekin formal mantiq nuqtai nazaridan bu xato. 
CHunki xarakat va sokinlik bir vaqtning o‘zida bir narsa to‘g‘risida aytilgan ziddiyatli fikrdir. 


Ziddiyat qonuni ayni bir vaqtda bir buyum haqidagi aytilgan ikki zid fikr chin bo‘lishi 
mumkin emasligini ta’kidlaydi. Ammo bu zid fikr biri albatta chin, ikkinchisi albatta xato bo‘ladi 
degan xulosaga olib kelmasligi kerak. Masalan, "Hamma huquqshunoslar prokuror", "Hech bir 
huquqshunos prokuror emas". Bu hukmlarning har ikkalasi ham noto‘g‘ri, xatodir. Yoki 
"Hamma davlatlar BMT ga a’zodir", "Hech bir davlat BMT ga a’zo emas". Bu hukmlar bir 
vaqtda chin bo‘lishi mumkin emas, lekin ikkalasi ham xato bo‘lishi mumkin. "Ba’zi davlatlar 
BMT ga a’zodir" degan hukm chin bo‘ladi. Demak, ziddiyat qonuni ikki qarama-qarshi 
hukmning sig‘isha olmasligini ko‘rsatib beradi. Ziddiyat qonunini yaxshi bilish kishilarga 
suhbatdoshining mantiqsizligini ochib tashlashga, yordam beradi. 
Ziddiyat qonuni ayniqsa ilmiy tadqiqot ishlarida katta ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga 
har bir sohada ziddiyat qonunini buzish hollari uchrab turadi. Masalan, badiiy asarlarda bir 
obrazga ikki qarama-qarshi tavsif berilishi, ilmiy ishlarda zid fikrlarning ilgari surilishi, ayrim 
yig‘ilishlarda korxona va tashkilotlarning faoliyatini tanqid qilib, oxirida uning ishini "qoniqarli" 
deb topilishi ziddiyat qonunining buzilishidir. 
UCHINCHISI ISTISNO QONUNI 
Uchinchisi istisno qonuni ziddiyat qonunining davomi, uning yanada rivojlantirilishi, 
chuqurlashtirilishidir. Fikrlash davomida vujudga kelgan ikki imkoniyatlardan birini tanlash 
zaruriyati tug‘ilganda unga amal qilinadi. 
Unutmang! 
Bu qonun quyidagicha ifoda etiladi: "Bir-biriga zid bo‘lgan ikki hukmdan biri hamisha chin 
bo‘lib, ikkinchisi xatodir, uchinchisi bo‘lishi mumkin emas". Formulasi A yoki B yoki V emas. 
Fikrimizning isboti uchun quyidagi misollarni ko‘rib chiqaylik: 
1. 
"Bu kitob foydali" "Bu kitob foydali emas". 
2. 
"Bu yigit FarDU talabasi", "Bu yigit FarDU talabasi emas". 
3. 
"Hech bir olim arxitektor emas", "Ba’zi olimlar arxitektor". 
4. 
"Agar havo aynisa yomg‘ir yog‘adi", "Agar havo aynimasa, yomg‘ir yog‘maydi". 
Bu hukmlarning biri chin, ikkinchisi xato, uchinchisi bo‘lishi mumkin emas. Demak, bir 
predmet yoki buyum haqidagi ikki zid fikr bir vaqtning o‘zida va bir nisbatda birdaniga chin 
ham, xato ham bo‘la olmaydi, biri chin bo‘lsa ikkinchisi xato va aksincha, uchinchi imkoniyat 
mavjud emasdir. Yoki o‘rtacha, oraliq holatning, imkoniyatning bo‘lishi mumkin emas. 
ETARLI ASOS QONUNI 
Qonun shunday ifodalanadi: Muayyan muhokama jarayonida bildirilgan har qanday fikr 
etarli darajada asoslab berilishi kerak. Bu qonun talabiga ko‘ra to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri deb 
bildirilgan har qanday fikrning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligi qonunlar, aksiomalar va dalillar 
asosida isbotlab berilishi zarur. 
Eslab qoling va amal qiling! 
To‘g‘ri yoki noto‘g‘ri deb bildirilayotgan har qanday hukm etarli darajada isbotlab berilishi 
shart. 
"O‘zbekiston - kelajagi buyuk davlat" deb aytilishi jarayonida mamlakatimizning tabiiy muhiti 
(ob-havo, tuprog‘i, tabiiy boyliklari, etishtirilayotgan dehqonchilik, chorvachilik, poliz, sabzavot 
va boshqa ekinlar), iqtisodiy (O‘zbekiston iqtisodiyoti) va intellektual (vatanimizning boy tarixi, 
an’ana, urf-odatlari) imkoniyatlari haqida gapirilib o‘tilsa, fikr yanada ishonarli chiqadi. 
TAFAKKUR SHAKLLARI: TUSHUNCHA, HUKM VA XULOSA. 
REJA: 
1.Tafakkur shakllari haqida tushuncha. 
2.Tushuncha va uning turlari. 
3.Hukm va uning turlari. 
4.Xulosa chiqarish 
Tafakkur uch xil shaklda: tushuncha, hukm (mulohaza) va xulosa chiqarish shaklida mavjud. 


Tafakkur shakli fikrning mazmunini tashkil etuvchi elementlarning bog‘lanish usuli, 
uning strukturasi (tuzilishi)dir. Fikrlash elementlari deganda, predmetning fikrda ifoda qilingan 
belgilari haqidagi axborotlar tushuniladi. Tafakkur shaklining tabiatini konkret misollar 
yordamida ko‘rib chiqamiz. 
Ma’lumki, ayrim predmetlar, ularning sinfi (to‘plami) kishilar tafakkurida turli xil mazmunga 
ega bo‘lgan tushunchalarda aks ettiriladi. Masalan, «davlat» tushunchasida o‘zining maydoniga, 
aholisiga, boshqaruv vositalariga ega bo‘lgan siyosiy tashkilot aks ettiriladi. “Milliy g‘oya” 
tushunchasida esa millatning, xalqning kelajak bilan bog‘liq orzu-havaslari, maqsadlari, tub 
manfaatlari ifoda etiladi. Mazmun jihatidan turli xil bo‘lgan bu tushunchalar mantiqiy shakliga ko‘ra 
bir xildir: har ikkalasida predmet uning muhim belgilari orqali fikr qilingan. Xususan, «o‘z 
maydoniga egaligi», «aholisining mavjudligi», «boshqaruv vositalarining bor ekanligi», «siyosiy 
tashkilotdan iboratligi» davlatning muhim xususiyatlari hisoblanadi. Xuddi shuningdek, «millatning 
orzu-havaslari, maqsadlarini aks ettirishi», «uning tub manfaatlarini ifoda etishi» milliy g‘oyaning 
muhim belgilaridir. Agar tushuncha aks ettirayotgan predmetni A bilan, unda fikr qilinayotgan 
muhim belgilarni, ya’ni fikrlash elementlarini a, v, s,..., n bilan belgilasak, tushunchaning mantiqiy 
strukturasini A (a, v, s,..., n) shaklida simvolik tarzda ifodalash mumkin. 
Hukmlarda predmet bilan uning xossasi, predmetlar o‘rtasidagi munosabatlar, 
predmetning mavjud bo‘lish yoki bo‘lmaslik fakti haqidagi fikrlar tasdiq yoki inkor shaklda 
ifoda etiladi. Masalan, «Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch» degan hukmda predmet (yuksak 
ma’naviyat) bilan uning xossasi (engilmas kuch) o‘rtasidagi munosabat qayd etilgan. «Axloq 
huquq bilan uzviy aloqada» degan hukmda ikkita predmet (axloq va huquq) o‘rtasidagi 
munosabat qayd etilgan. Mazmun jihatdan turli xil bo‘lgan bu hukmlar tuzilishiga ko‘ra bir 
xildir: ularda predmet haqidagi tushuncha (S) bilan predmet belgisi haqidagi tushuncha (P) 
o‘rtasidagi munosabat qayd etilgan, ya’ni R ning S ga xosligi tasdiqlangan. Umumiy holda 
hukmning mantiqiy strukturasini (shaklini) S—R formulasi yordamida ifoda etish mumkin. 
Xulosa chiqarishda ham yuqoridagiga o‘xshash hollarni kuzatish mumkin. Masalan, 
“Daraxt – o‘simlik”. 
“Terak – daraxt”. 
Demak, “Terak – o‘simlik”. 
yoki 
“Har bir kimyoviy element o‘z atom og‘irligiga ega”. 
“Mis – kimyoviy element”. 
Demak, “Mis o‘z atom og‘irligiga ega” kabilar. 
Bu xulosa chiqarish hollari mazmuni bo‘yicha turlicha bo‘lishiga qaramasdan, bir xil 
mantiqiy strukturaga ega. Har ikkalasida xulosani tashkil etuvchi tushunchalar xulosa chiqarish 
uchun asos bo‘lib xizmat qilayotgan hukmlarda uchinchi bir tushuncha (birinchi misolda – 
«daraxt», ikkinchi misolda – «kimyoviy element» tushunchasi) orqali bog‘langan. 
Yuqoridagi keltirilgan misollardan tafakkur shakli fikrning konkret mazmunidan nisbatan 
mustaqil holda mavjud bo‘lishi va, demak, o‘ziga xos qonuniyatlarga egaligi ma’lum bo‘ldi. 
SHuning uchun ham mantiqda uni alohida o‘rganish predmeti sifatida olib qarash mumkin. 
Fikrni to‘g‘ri qurishga tafakkur qonunlari talablariga rioya qilgandagina erishish mumkin. 
Tafakkur qonuni muhokama yuritish jarayonida qatnashayotgan fikrlar (fikrlash elementlari) 
o‘rtasidagi mavjud zaruriy aloqalardan iborat. Tafakkur qonunlari mazmunidan kelib chiqadigan, 
muhokamani to‘g‘ri qurish uchun zarur bo‘lgan talablar fikrning aniq, izchil, etarli darajada 
asoslangan bo‘lishidan iborat. 
Muhokamani to‘g‘ri qurish bilan bog‘liq talablar haqida gapirganda, birinchi navbatda, 
ularning muayyan prinsiplar, qoidalar tarzida, ya’ni to‘g‘ri tafakkur prinsiplari sifatida amal qilishiga 
e’tibor berish zarur. Mazkur qoidalarning buzilishi muhokamaning noto‘g‘ri qurilishiga sabab 
bo‘ladi. Bunda, xususan, chin fikrlardan xato xulosa chiqishi (masalan, «Qonun – rioya qilish zarur 
bo‘lgan huquqiy hujjat», «Buyruq – qonun emas», demak, «Buyruq – rioya qilish zarur bo‘lgan 
huquqiy hujjat emas») yoki xato qurilgan muhokamadan chin xulosa chiqishi (masalan, 


«Barcha moddiy jismlar – kimyoviy elementlar», «Temir – moddiy jism», demak, «Temir – 
kimyoviy element») mumkin. 
Tushuncha predmet va hodisalarning umumiy, muhim belgilarini aks ettiruvchi tafakkur 
shaklidir. Belgilar deb, predmetlarni bir-biridan farq qiluvchi hamda ularning bir-biriga 
o’xshashligini ifoda qiluvchi tomonlarga, xususiyatlarga aytiladi. Har bir predmet olamdagi 
boshqa predmetlar bilan (bevosita yoki bilvosita) aloqada bo’lganligi uchun ko’p belgilarga ega. 
Ularning ba’zilari faqat bitta predmetga xos bo’lgan, uning individual, yakkalik belgilarini 
tashkil qilsa, boshqalari predmetning ma’lum bir guruxiga tegishli bo’lib, umumiy belgilar 
hisoblanadi. Masalan, har bir kishi faqat o’zigagina xos bo’lgan ruhiy kechinmalar va shu kabi 
individual belgilarga ega. Shuning bilan birga kishilarning ma’lum bir guruhiga (mehnat 
jamoasi, millat va shu kabilarga tegishli) yoki barcha kishilarga (mehnat qilish, fikr yuritish 
qobiliyatlari, ijtimoiy munosabatlarda ishtirok qilishi va shu kabilar) xos bo’lgan umumiy 
belgilarga ega.Individual va umumiy belgilarning ba’zilari predmetning mavjud bo’lishi 
uchun zarur bo’lib, uning tabiatini, mohiyatini ifodalaydi. Bunday belgilar predmetning muhim 
belgilari deyiladi. Masalan, davlatning mavjud bo’lishi uning o’z maydoni, aholisi, hokimiyat 
organlariga ega bo’lishini taqoza etadi. 
Nomuhim belgilar predmetning mohiyatini tashkil qilmaydi. Ularning yo’qolishi bilan 
predmetning tabiati o’zgarmaydi. Masalan, qaysi irqqa, millatga, jinsga taalluqli bo’lishi individning 
inson sifatida mavjud bo’lishi uchun muhim emas.Shuni ham aytish lozimki, predmet belgisining 
muhim yoki nomuhim bo’lishi, bizning predmetga amalda qanday munosabatda bo’lishimizga qarab 
ham belgilanadi. Xususan, bir munosabatda muhim bo’lmagan belgilar, boshqa munosabatda muhim 
bo’lishi mumkin. Masalan, kishining layoqati uning qanday kasbni tanlashi uchun muhim bo’lsa, 
inson sifatida mavjud bo’lishi uchun muhim emas. Bunday muhim belgilar predmetning ma’lum bir 
munosabatdagi muhim belgilari deyilib, ob’ektiv muhim belgilardan (predmetning mavjud bo’lishi 
bilan zaruriy aloqada bo’lgan belgilardan) farq qiladi. 
Nihoyat, predmet to’xtovsiz harakatda, taraqqiyotda bo’lganligi uchun, vaqt o’tishi bilan 
uning muhim bo’lgan belgisi nomuhim bo’lgan belgiga yoki, aksincha, nomuhim belgisi muhim 
belgiga aylanishi mumkin. 
Demak, tushunchada predmet o’zining muhim belgilari orqali fikr qilinib, bu belgilar 
predmetning umumiy va individual belgilari bo’lishi mumkin. Masalan, «Hamza Xakimzoda 
Niyoziy» tushunchasida predmetning umumiy belgilari (inson, yozuvchi) bilan bir qatorda, 
individual muhim belgilari (xususan, «Boy ila xizmatchi» dramasining muallifi) ham fikr qilinadi. 
Tushunchaning hissiy bilish shakllaridan tubdan farq qilishiga alohida e’tibor berish zarur. 
Sezgi, idrok va tasavvur predmetning yaqqol obrazlaridir. Biz faqat birorta konkret predmetni, 
masalan, o’zimiz yozib o’tirgan qalamni idrok qilishimiz yoki u to’g’risida tasavvurga ega 
bo’lishimiz mumkin. «Umuman qalam»ni idrok qilib bo’lmaydi. Chunki tushuncha predmetning 
yaqqol obrazi emas, balki abstrakt obrazidir. Qalam tushunchasi o’zida konkret qalamlarning 
barchasini qamrab olgani holda, ularning har biriga xos bo’lgan individual belgilarni tashlab 
yuborib, umumiy, muhim belgilarini ifoda qiladi. Ayni paytda bu belgilar qalamni boshqa 
predmetlardan, masalan, kitobdan farq qildirib turadigan belgilar bo’lib ham xizmat qiladi. 
Tushuncha, hissiy bilish shakllaridan farqli o’laroq, inson miyasida to’g’ridan-to’g’ri aks 
etmaydi. U ma’lum bir mantiqiy usullardan foydalanilgan holda hosil qilinadi. Bu usullar 
taqqoslash, analiz, sintez, abstraktsiyalash, umumlashtirishlardan iborat. 
TAQQOSLASh yordamida predmetlar o’zaro solishtirilib, ularning o’xshash, umumiy 
tomonlari va bir-biridan farq qildiruvchi individual belgilari aniqlanadi. 
Taqqoslash analizni taqoza qiladi. Chunki predmetlarni yaxlit holda solishtirib bo’lmaydi. 
Ular u yoki bu xossasiga ko’ra taqqoslanishi kerak. Buning uchun u xossalar ajratilishi lozim. 
ANALIZ yordamida predmet fikran uni tashkil qiluvchi qismlar, tomonlarga ajratilib, har 
qaysisi alohida o’rganiladi. 
SINTEZ analizga teskari usul bo’lib, u analiz davomida ajratilgan qismlar, tomonlarni 
fikran birlashtirib, predmetni bir butun holiga keltirishdan iborat. Sintez bo’lmasa predmet 
haqida yaxlit fikr hosil qilib bo’lmaydi. Analiz va sintez uzviy bog’liqdir. 


Tushuncha hosil qilish uchun predmetning yuqoridagi usullar bilan aniqlangan umumiy va 
individual belgilarining muhimlari ajratilishi, nomuhimlari chetlashtirilishi lozim. Bu esa 
ABSTRAKTSIYALASH yordamida amalga oshiriladi. 
UMUMLASHTIRISHDA predmetlar ularning ayrim umumiy, muhim xususiyatlariga 
ko’ra sinflarga birlashtiriladi va shu tariqa bitta tushunchada bir jinsli predmetlarning barchasini 
fikr qilish imkoniyati yaratiladi. 
Tushunchaning shakllanishi so’z bilan uzviy bog’liq. Ular o’rtasidagi aloqadorlik 
tafakkur va til o’rtasidagi bog’lanishning konkret tarzda namoyon bo’lishidir. 
Tushunchalar so’z va so’z birikmalari yordamida ifoda qilinadi. Masalan «talaba», 
«sanoattexnologiya fakulteti», «Jizzax Politexnika Instituti» va shu kabilar so’zlardan iborat. 
Lekin bundan tushuncha va so’z aynan bir xildir, degan xulosa kelib chiqmasligi kerak. Bitta 
tushuncha har xil tillarda, ba’zan bir tilda ham turli xil so’zlar bilan ifoda qilinadi. Tilimizdagi 
omonim va sinonim hodisalari so’z va tushunchaning nisbiy mustaqil holda mavjudligidan 
dalolat beradi. 
Shuni ham aytish lozimki, so’zning ko’p ma’noga ega bo’lishi ba’zan fikr yuritish 
jarayonida tushunchalarni aralashtirib yuborishga olib keladi. Shuning uchun ham fan va 
texnikada ko’proq terminlardan foydalaniladi. Termin qat’iy bitta tushunchani ifoda qiluvchi 
so’z bo’lib, muayyan ilmiy bilish sohasida bir xil ma’noda ishlatiladi. 
TUSHUNCHA O’ZINING MAZMUNI VA HAJMIGA EGA. 
TUSHUNCHANING MAZMUNIni unda fikr qilinayotgan predmetning muhim belgilari 
yig’indisi tashkil etadi.Masalan, «fan» tushunchasining mazmunini fanning muhim belgilari, 
ya’ni uning amaliyot bilan aloqada ekanligi, predmetlarning birorta sohasiga oid tushunchalar, 
qonunlar, printsiplar shaklidagi ob’ektiv chin (haqiqiy) bilimlar sistemasidan iborat bo’lishi, 
dunyoqarashning shakllanishida ishtirok qilishi va shu kabilar tashkil qiladi. 
TUSHUNCHANING HAJMIesa unda fikr qilinayotgan predmetlar yig’indisidan 
iborat.Masalan, yuqorida misol qilib keltirilgan «fan» tushunchasining hajmi mavjud barcha 
fanlarni: matematika, fizika, mantiq va hokazolarni o’zida qamrab oladi. 
Tushunchaning mazmuni va hajmi uzviy bog’liq bo’lib, u tushunchaning mazmuni va 
hajmi o’rtasidagi teskari nisbat qonuni yordamida ifodalanadi. Bu qonunga muvofiq 
tushunchaning hajmi kengaytirilsa, mazmuni torayadi va aksincha hajmi toraytirilsa, mazmuni 
kengayadi. Masalan, «Fan» tushunchasining mazmuniga «mantiq»ga oid bo’lish» belgisini 
qo’shish bilan hajm jihatidan undan torroq bo’lgan «mantiq fani» tushunchasiga o’tiladi. 
Mantiqda tushunchalar mazmuni va hajmi bo’yicha bir qancha turlarga bo’linadilar. 
Xususan, hajmiga ko’ra YaKKA va UMUMIY tushunchalar farq qilinadi. 
YaKKA TUSHUNCHANING hajmida bitta predmet fikr qilinadi. Masalan, «Er 
planetasi», «O’zMU asosiy kutubxonasi» va shu kabilar yakka tushunchalardir. 
UMUMIY TUSHUNCHALAR predmetlar guruhini aks ettiradi. «Planeta», «Kutubxona» 
tushunchalari umumiy tushunchalar hisoblanadi. Umumiy tushunchalar aks ettiruvchi 
predmetlarning miqdori chegaralangan va chegaralanmagan bo’lishi mumkin. Masalan, 
«ximiyaviy element» tushunchasida fikr qilinayotgan predmetlar soni chegaralangan. Ularni 
hisobga olish mumkin. «Yulduz» tushunchasi hajmini tashkil qiluvchi predmetlar soni esa 
cheksiz, ularni hisobga olib bo’lmaydi. 
Fikr yuritish jarayonida ayiruvchi va to’plovchi tushunchalarni farq qilish ham muhim 
ahamiyatga ega. 
Ayiruvchi tushuncha shunday umumiy tushunchaki, u aks ettiruvchi belgilar berilgan 
sinfning har bir predmetiga xosdir. Masalan, «Jizzax politexnika instituti talabalari ikkinchi 
chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi birinchi sessiya materiallarini o’rganmoqda» 
degan fikr Jizzax politexnika institutining har bir talabasiga tegishli. Demak, «Jizzax politexnika 
instituti talabalari» tushunchasi bu erda ayiruvchi tushunchadir».Jizzax politexnika instituti 
talabalari ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasi 
yakunlarini muhokama etishmoqda» degan fikrda esa, «Jizzax politexnika instituti talabalari» 


tushunchasi to’plovchi tushuncha sifatida ishtirok qiladi, chunki fikr ularning to’plamiga 
nisbatan bildirilgan. 
MAZMUNI BO’YICHA tushunchalar, avvalam bor, abstrakt va konkret 
tushunchalarga bo’linadilar. 
KONKRETTUShUNChAlarda predmet o’zining belgilari bilan birgalikda fikr qilinadi. 
ABSTRAKT TUSHUNCHALARDA esa predmetning belgilari undan fikran ajratib olinib, 
alohida aks ettiriladi. Masalan «Inson», «Tabiat» tushunchalari-konkret tushunchalar, 
«qaxramonlik» (insonga xos xususiyatni aks ettiradi), «Go’zallik» (borliqdagi predmetlarga xos 
xususiyatni ifoda qiladi) tushunchalari abstrakt tushunchalardir. 
Mazmuni bo’yicha yana nisbatsiz va nisbatdosh tushunchalarni ham ajratish mumkin. 
NISBATSIZ TUSHUNCHALAR nisbatan mustaqil, alohida mavjud bo’lgan predmetlarni 
aks ettiradi. «Davlat», «Badiiy asar» ana shunday tushunchalardir. 
NISBATDOSH TUSHUNCHALAR esa zaruriy ravishda bir-birining mavjud bo’lishini 
taqozo qiladigan predmetlarni aks ettiradi. Masalan, «O’qituvchi» va «O’quvchi», «Ijobiy 
qaxramon» va «Salbiy qaxramon», «Sabab» va «Oqibat» tushunchalari nisbatdosh tushunchalar 
qatoriga kiradi. 
Ba’zi hollarda ijobiy va salbiy tushunchalar ham farq qilinadi. 
Ijobiy tushunchalarning mazmunida predmet unga xos belgilar orqali fikr qilinsa, 
Salbiy tushunchalarning mazmunida predmet unga xos bo’lmagan belgilar orqali fikr 
qilinadi. Masalan, «Savodli kishi», «Vijdonli kishi» - ijobiy tushunchalar, «Savodsiz kishi», 
«Vijdonsiz kishi» - esa salbiy tushunchalardir. 
Biz yuqorida tushunchalarning bir qancha turlari bilan tanishib chiqdik. U yoki bu 
tushunchaning ana shu turlardan qaysilariga mansub ekanligini aniqlash unga mantiqiy tavsif 
berish demakdir. 
Masalan, «Talaba» – umumiy, ayiruvchi, chegaralangan, konkret, nisbatsiz, ijobiy 
tushuncha; 
«A. Navoiy nomli O’zbekiston davlat kutubxonasi»-yakka, to’plovchi, chegaralangan, 
konkret, nisbatsiz, ijobiy tushunchadir. 
Ob’ektiv dunyodagi barcha predmet va hodisalar o’zaro aloqada bo’lganligi uchun, ularni 
aks ettiruvchi tushunchalar ham o’zaro ma’lum bir aloqalarda, munosabatlarda mavjud. Bu 
munosabatlar turli xil bo’lib, ularni aniqlash uchun, avvalambor, taqqoslanadigan va 
taqqoslanmaydigan tushunchalarni farq qilish lozim. 
Taqqoslanadigan tushunchalar umumiy belgilarga ega bo’lgan, mazmuni va hajmi 
jihatidan bir-biriga yaqin turgan tushunchalardir. Masalan, «Metallurg» va «Ishchi» 
tushunchalari ana shunday taqqoslanadigan tushunchalar hisoblanadi. 
Taqqoslanmaydigan tushunchalar esa, bir-biri bilan uzoq aloqada bo’lgan, ko’p hollarda 
moddiy yoki ideal bo’lishdan boshqa umumiy belgiga ega bo’lmagan predmetlarni aks ettiruvchi 
tushunchalardir. «Ijtimoiy progress» va «Zuxro yulduzi», «Ideal gaz» va «Go’zallik» 
tushunchalari taqqoslanmaydigan tushunchalar deb hisoblanadi. Mantiqda taqqoslanmaydigan 
tushunchalar o’rtasidagi mantiqiy munosabatlar o’rganilmaydi. 
Taqqoslanadigan tushunchalar esa hajm jihatidan sig’ishadigan va sig’ishmaydigan 
bo’ladi. 
Sig’ishadigan tushunchalarning hajmi bir-biriga butunlay, to’laligicha yoki qisman mos 
keladi. Ular o’rtasida uch xil munosabat mavjud: moslik, qisman moslik va bo’ysunish. 
MOSLIK MUNOSABATIDAGI tushunchalar bitta predmetni (predmetlar sinfini) aks 
ettiruvchi tushunchalar bo’lib, ular bir-biridan faqat mazmuni bilangina farq qiladi. 
Masalan,«I.A. Karimov», «O’zbekiston Respublikasining Prezidenti» tushunchalari xuddi shu 
munosabatda mavjuddir. 
Buni quyidagi sxema yordamida ko’rsatish mumkin. 
A - I.A. Karimov.
А.В. 
V - O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti. 


QISMAN MOSLIK munosabatidagi tushunchalarning hajmi qisman umumiylikka ega. 
Masalan: 
A-Sportchi. 
V -Talaba. 
А
В 
Bo’ysunish munosabatida tushunchalardan birining hajmi ikkinchisining hajmiga to’liq 
kirib, uni tashkil qiluvchi qism hisoblanadi. Masalan: 
A-Fan. 
V -Mantiq.
А 
В 
Sig’ishmaydigan tushunchalar hajmi jihatidan umumiylikka ega bo’lmagan tushunchalar 
hisoblanib, bir sinfga kiruvchi har xil predmetlarni yoki predmetlar guruhini aks ettiradi. 
Ularning umumiyligi faqat ana shunda. Bu tushunchalar o’rtasida ham uch xil munosabat bor: 
birga bo’ysunish, qarama-qarshilik, zidlik. 
BIRGA BO’YSUNISH MUNOSABATI quyidagi tushunchalar o’rtasida mavjuddir. 
A-Fan. 
V -Mantiq. 
А 
S-Fizika. 
В С 
QARAMA-QARSHILIK MUNOSABATIDAGI tushunchalarning hajmlari bir-birini 
istisno qiladi. Ular predmetning (predmetlar guruhining) qarama-qarshi belgilarini aks ettiradi, 
ya’ni biri predmetning ma’lum bir belgisini ifoda qilsa, ikkinchisi uni inkor qiluvchi boshqa 
belgini aks ettiradi. Qarama-qarshilik munosabatidagi tushunchalar o’zlari bo’ysunadigan 
tushunchaning hajmini to’liq egallay olmaydi. Masalan, «Baland bo’yli odam» va «Past bo’yli 
odam» tushunchalari «Odam» tushunchasining hajmini to’liq qoplay olmaydi. 
A-Odam. 
V -Baland bo’yli odam. 
S - Past bo’yli odam. 
ZIDLIK MUNOSABATIDAGI tushunchalardan biri predmetning birorta xususiyatini 
ifoda qilsa, ikkinchisi uni inkor qiladi va mazmun jihatidan noaniq bo’lib qoladi. Zidlik 
munosabatidagi tushunchalar, qarama-qarshilik munosabatidagi tushunchalardan farqli o’laroq, 
bo’ysundiruvchi tushunchaning hajmini to’liq qoplaydi. Masalan, 
A-Odam. 
V -Baland bo’yli odam, 
S-Baland bo’yli emas odam. 
Tushunchalar o’rtasidagi munosabatlarni aniqlash ularning mazmuni va hajmini 
aniqlashtirishga, ularni bog’lab, bir fikr shaklidan boshqa fikr shakliga o’tishga yordam beradi. 
Masalan «Talaba» va «A’lochi» tushunchalari o’rtasidagi munosabatni aniqlash asosida «Ba’zi 
talabalar a’lochilardir» degan mulohaza shaklidagi fikrni hosil qilish mumkin. 
TUSHUNCHALARNI CHEGARALASH VA UMUMLASHTIRISH tushunchalar 
ustida olib boriladigani amallar hisoblanadi. Ular tushunchaning mazmuni va xajmi o’rtasidagi 
teskari miqdoriy nisbat qonuniga muvofiq holda amalga oshiriladi. 
TUSHUNCHANI CHEGARALASH xajmi keng tushunchadan xajmiga tor tushunchaga 
(jins tushunchadan tur tushunchaga) fikran o’tishdan iborat. Masalan, «Mexanik harakat» 
tushunchasidan «Aylanma harakat» tushunchasiga o’tsak, uning xajmini chegaralagan bo’lamiz. 


Chegaralashda berilgan tushuncha – «Mexanik harakat» jins tushuncha, deb qabul qilinib, uning 
mazmuniga tur tushuncha hosil qiluvchi belgilar qo’shiladi. Natijada unga nisbatan tur 
hisoblangan yangi tushuncha - «Aylanma harakat» tushunchasi hosil bo’ladi. Chegaralash 
amalini davom ettirib, “Erning o’z o’qi atrofida aylanishi” tushunchasiga o’tish mumkin. Demak, 
chegaralash davomida hosil bo’lgan har bir yangi tushuncha avvalgisiga nisbatan tur tushuncha 
bo’ladi. Chegaralash amali yakka tushuncha hosil bo’lguncha davom ettirilishi mumkin. Chunki 
yakka tushunchaga nisbatan tur bo’lgan tushuncha yo’q. 
Tushunchani chegaralash amalining sxemasi quyidagicha: 
A- Harakat 
B-Mexanik xarakat 
C-Aylanma xarakat 
D-Erning o’z o’qi atrofida aylanishi. 
А 
В 
С 
Д 
Tushunchani umumlashtirish hajmi tor tushunchadan xajmi keng tushunchaga (tur 
tushunchadan jins tushunchaga) fikran o’tishdan iborat. Bunda berilgan tushuncha tur tushuncha 
deb qabul qilinib, uning mazmunidan tur xosil qkiluvchi belgilar chikarib tashlanadi. Natijada 
mazmun jixatidan unga nisbatan kengroqk, lekin xajmiga ko’ra torroq bo’lgan jins tushuncha 
xosil bo’ladi. Masalan, «Aylanma xarakat» tushunchasi mazmunidan faqkat o’ngagina xos 
bo’lgan tur belgilarni chiqarib tashlasak, «Mexanik xarakat» tushunchasini xosil qilamiz. 
Umumlashtirish fmflining chegarasi eng umumiy tushuncha, yani kategoriyadir. Chunki 
kategoriyalar uchun jins bo’lgan tushuncha yo’q. 
Tushunchani umumlashtirish amalining sxemasi quyidagicha: 
A-Erning o’z o’qi atrofida aylanishi 
B-Aylanma harakat 
C-Mexanik xarakat 
D-Xarakat 
Д 
С 
В 
А 
Tushunchani chegaralash va umumlashtirish amallari kundalik xayotimiz va ilmiy bilishda 
keng qo’llaniladi. Hususan, barcha kategoriyalar, ular yordamida ifodalanadigan nazariy 
qonunlar, g’oyalar, nazariyalar mavjud empiric tushunchalarni, empiric qonunlarni 
umumlashtirish natijasida xosil bo’ladilar. 
Umumlashtirish muxokama yuritish jarayonida induktiv hulosa chiqarish usulida yaqqol 
ifodalangan boladi. Tushunchalarni umumlashtirishsiz fanning fundamental tushunchalarni yaratib 
bo’lmaydi; mavjud bilimlarni sistemaga solish qiyin va, umuman, fan taraqqiy eta olmaydi. 
Tushunchalarni chegaralash amali esa, yaratilgan umumiy bilimlarni (nazariy tushuncha, 
g’oya, nazariya va shu kabilarni) talqin etishda ishlatiladi. Masalan, Nyuton mehanikasidagi 
“Inertsiya” tushunchasi Galiley nazariyasidagi “erkin tushish” tushunchasi yordamida 
tushuntirilishi mumkin. 
HUKM predmetga ma’lum bir xossaning, munosabatning xosligi yoki xos emasligini 
ifodalovchi tafakkur shaklidir. 
Hukmning asosiy vazifasi predmet bilan uning xususiyati, predmetlar o’rtasidagi 
munosabatlarni ko’rsatishdir. Ana shuning uchun ham u doimo tasdiq yoki inkor shakldagi fikrdan 
iborat bo’ladi. Fikr yuritish jarayonida biz predmet va hodisalarning oddiy, tashqi xususiyatlari bilan 
birga ularning ichki, zaruriy bog’lanishlarini, munosabatlarini bilib boramiz. Predmet va 
hodisalarning xususiyatlarini ketma-ket o’rganib, ular haqida turli abstraktsiyalar hosil qilamiz. Bu 
abstraktsiyalar hukmlar yordamida ifodalanadi. Bilimlarimiz turlicha bo’lgani uchun, ularni 
ifodalaydigan hukmlar ham har xil bo’ladi. Ba’zi hukmlarda aniq, tekshirilgan bilimlar 


ifodalansa, boshqalarida xususiyatning predmetga xosligi taxmin qilinadi, ya’ni noaniq bilimlar 
ifodalanadi. 
Hukmlar nisbatan tugal fikrdir. Unda konkret predmet bilan uning konkret belgisi haqida 
bilim ifoda qilingan bo’ldi. 
Hukmlar voqelikka mos kelish darajasiga ko’ra chin, xato va noaniq (ehtimol, taxminiy) 
bo’ladi. Ob’ektiv voqelikka mos kelgan, uni to’g’ri ifodalagan hukmlarchin, mos kelmaganlari 
xato bo’ladi. Ayni vaqtda chinligini ham, xatoligini ham aniqlab bo’lmaydigan hukmlar – 
noaniq hukmlar mavjuddir. 
Hukmlar tilda gaplar orqali ifodalanadi. Hukmmantiqiy kategoriya bo’lsa, gapgrammatik 
kategoriyadir. Hukmlar asosan darak gap orqali ifodalanadi. Faqat darak gaplardagina fikr tasdiq 
yoki inkor holda bo’ladi. 
Masalan, «Vaqt orqaga qaytmaydi», «Hayot - bu harakat» kabi gaplar hukmni ifoda 
qiladilar. 
Hukmlar tuzilishiga ko’ra oddiy va murakkab bo’ladi. 
ODDIY HUKM deb tarkibidan yana bir hukmni ajratib bo’lmaydigan mulohazaga 
aytiladi. Masalan, «Mantiq ilmini o’rganish to’g’ri fikrlash madaniyatini shakllantiradi» degan 
mulohaza oddiy hukmni ifodalaydi. 
MURAKKAB HUKM tarkibidan ikki yoki undan ortiq hukmni ajratish mumkin bo’lgan 
mulohazalarga aytiladi. Masalan, «Mantiq ilmi tafakkur shakllari va qonunlarini o’rganadi», 
degan mulohaza murakkab xumkmdir. Bu mulohazaning tarkibi ikki qismdan: «Mantiq ilmi 
tafakkur shakllarini o’rganadi» va «Mantiq ilmi tafakkur qonunlarini o’rganadi», degan ikki 
oddiy hukmdan iborat. 
Mulohaza (hukm) tarkibida mantiqiy ega va mantiqiy kesimni ajratib ko’rsatish mumkin. 
Mantiqiy ega-sub’ekt (S) fikr qilinayotgan predmet va hodisani bildiradi. Mantiqiy kesim-
predikat (P) predmetga xos xususiyatni, munosabatni bildiradi. Predikatda ifodalangan bilimlar 
hisobiga sub’ekt haqidagi tasavvur boyitiladi. Hukmning sub’ekt va predikati uning terminlari 
deb ataladi. 
Hukmning uchinchi zaruriy elementi mantiqiy bog’lamadir. U sub’ekt va predikatni bir-
biri bilan bog’laydi, natijada hukm hosil bo’ladi. Oddiy qat’iy hukmning formulasi quidagicha 
yoziladi: S-P. 
Oddiy hukmlar sifati va miqdoriga ko’ra turlarga bo’linadi. Sifatiga ko’ra tasdiq va 
inkor hukmlar farqlanadi. Hukmning sifatini mantiqiy bog’lama belgilaydi. 
TASDIQ HUKMLARDA belgining predmetga xosligi ko’rsatiladi. Masalan, «A. Oripov 
O’zbekiston Respublikasi Madhiyasining muallifidir». 
INKOR HUKMLARDA,
aksincha, belgining predmetga xos emasligi ko’rsatiladi. 
Masalan, «Matematika ijtimoiy fan emas». 
Miqdoriga ko’ra oddiy hukmlar yakka, umumiy va juz’iy hukmlarga bo’linadi. Bunda 
sub’ektda ifodalangan predmetlarning soni, ya’ni uning hajmidan kelib chiqiladi.YaKKA 
HUKMLARda birorta belgining predmetga xosligi yoki xos emasligi haqida fikr bildiriladi. 
Masalan: «O’zbekiston Respublikasi mustaqil davlatdir», «Axmedov tarixchi emas». 
UMUMIY HUKMLARda birorta belgining yakka predmetlar sinfining hammasiga yoki 
undagi har bir predmetga taalluqli yoki taalluqli emasligi haqida fikr bayon qilinadi.Masalan: 
«Har bir inson baxtli bo’lishni xohlaydi», va «Hech bir aqlli odam vaqtini bexuda sarflamaydi». 
JUZ’IY HUKMLARda birorta belgining predmetlar to’plamining bir qismiga xos yoki 
xos emasligi haqida fikr bildiriladi. Masalan: «Ba’zi faylasuflar notiqdir». «Ko’pchilik talabalar 
dangasa emas». Juz’iy hukmlarda «ba’zi» so’zi «hech bo’lmasa bittasi, balki hammasi» degan 
ma’noda qo’llaniladi. Shunga ko’ra «Ba’zi toshlar tirik mavjudot emas», degan hukm chin 
bo’ladi, chunki hech bir tosh tirik mavjudot emas. 
Ma’lum ma’noda yakka hukmlarni umumiy hukmlar bilan tenglashtirish mumkin. Chunki 
har ikki hukmda ham to’plamdagi predmetlarning har biriga nimadir taalluqli yoki taalluqli 
emas, deb ko’rsatiladi. Yakka hukmlarda esa bu to’plam birgina predmetdan iborat bo’ladi. 


Mulohazalarning to’g’ri yoki noto’g’riligini aniqlashda va ba’zi boshqa holatlarda oddiy 
hukmlarning miqdor va sifati bo’yicha birlashgan klassifikatsiyasi (asosiy turlari) dan 
foydalaniladi. Ular quyidagilardan iborat: 
1. UMUMIY TASDIQ HUKMLAR.Ular bir vaqtning o’zida ham umumiy, ham tasdiq 
bo’lgan fikrni ifodalaydi.Masalan, «Hamma talabalar mantiq ilmini o’rganadilar». Bu hukmlar 
lotin alifbosidagi A harfi bilan belgilanadi va «Hamma S – P dir» formulasi orqali ifodalanadi. 
2. UMUMIY INKOR HUKMLARbir vaqtning o’zida ham umumiy, ham inkor bo’lgan 
fikrni ifodalaydi.Masalan, «Hech bir ishbilarmon rejasiz ish yuritmaydi». Bu hukm «Hech bir S 
- P emas» formulasi orqali ifodalanadi va lotincha E harfi bilan belgilanadi. 
3. JUZ’IY TASDIQ HUKMLARbir vaqtning o’zida ham juz’iy, ham tasdiq bo’lgan 
fikrni ifodalaydi.Masalan, «Ba’zi talabalar mas’uliyatli». U lotincha I harfi bilan belgilanadi va 
«Ba’zi S - P dir» formulasi orqali ifodalanadi. 
4. JUZ’IY INKOR HUKMbir vaqtning o’zida ham juz’iy, ham inkor bo’lgan fikrni 
ifodalaydi.Masalan, «Ba’zi talabalar sport bilan shug’ullanmaydilar». Uning formulasi «Ba’zi S 
- P emas» bo’lib, lotincha O harfi bilan belgilanadi. 
Oddiy hukmlarda terminlar hajmi. Oddiy hukmlardagi terminlar (S va P) tushunchalar 
orqali ifodalanganligi tufayli ularning hajmiga ko’ra o’zaro munosabatlarini aniqlash mumkin. 
Hukmlarda terminlar (S va P) to’liq yoki to’liqsiz hajmda olingan bo’ladi. Termin to’liq hajmda 
olinganda uning hajmi boshqa terminning hajmiga to’liq mos bo’ladi yoki mutlaqo mos 
bo’lmaydi (ularning hajmi bir-birini istisno qiladi). Termin to’liqsiz hajmda olingan bo’lsa, unda 
uning hajmi boshqasining hajmiga qisman mos keladi yoki undan qisman istisno qilinadi. 
Oddiy hukmlarda terminlar hajmi quyidagicha bo’ladi: 
1. A - Umumiy tasdiq hukmlarning sub’ekti hamma vaqt to’liq hajmda olingan bo’ladi. 
Predikatiesa ba’zan to’liq, ba’zan to’liqsiz hajmda bo’ladi. Masalan: «Hamma insonlar tirik 
mavjudotdir». 
Bu hukmning sub’ekti – «Inson», predikati – «Tirik mavjudot» tushunchasidir, «Hamma»-
umumiylik hisoblanadi. Bu hukmning sub’ekti to’liq hajmda olingan, chunki unda hamma 
insonlar to’g’risida fikr bildirilgan va bu tushuncha «tirik mavjudot» tushunchasining hajmiga 
to’liq kirishadi. Uning predikati to’liq hajmda olinmagan, chunki unda tirik mavjudotlarning bir 
qismi-insonlar haqida fikr yuritiladi. Buning doiraviy sxemasi quyidagicha: (1-rasm). 


S P 
1-rasm
2-rasm 
Umumiy tasdiq hukmlarning ba’zilaridaSub’ekt ham, Predikat ham to’la hajmda bo’lishi 
mumkin. Masalan, «Hamma musulmonlar Islom diniga e’tiqod qiladilar» (2-rasm). 
2.E –Umumiy inkor hukmlarning sub’ekti ham, predikati ham
to’liq hajmda olingan 
bo’ladi.Masalan, «Hech bir dindor e’tiqodsiz emas». Bu hukmda S – dindorlarni, P – 
e’tiqodsizlarni ifodalaydi, hech bir – umumiylik hisoblanadi. Bunda har ikki terminning hajmi 
bir-birini istisno qiladi (3-rasm). 
3-rasm 


3. I –Juz’iy tasdiq hukmlarning sub’ekti hamma vaqt to’liqsiz hajmda olinadi, predikati esa 
ba’zan to’liq, ba’zan to’liqsiz hajmda bo’ladi.Masalan: «Ba’zi talabalar ingliz tilini biladi». 
Hukmning terminlari quyidagicha: S – talabalar, R – ingliz tilini biladilar, ba’zi – mavjudlik 
hisoblanadi. Bu hukmda S ham, R ham to’liqsiz hajmda olingan bo’lib, har ikki terminning 
hajmi bir-biriga qisman mos keladi (4-rasm). 
S

4-rasm 
Yana bir misolni ko’ramiz: «Ba’zi vrachlar xirurgdir». Bu hukmda S – vrachlar, R – xirurglar, 
ba’zi-mavjudlik hisoblanadi. Hukmda sub’ekt to’liq hajmda olinmagan, chunki unda ba’zi 


vrachlar haqida fikr bildirilgan, predikat esa to’liq hajmda olingan, chunki xirurglarning 
hammasi vrachdir. Predikatning hajmi sub’ektning hajmiga kirgani uchun u to’liq hajmda 
olingan bo’ladi (5-rasm). 

5-rasm. 

4. U –Juz’iy inkor hukmlarning sub’ekti hamma vaqt to’liqsiz hajmda, predikati esa to’liq 
hajmda olinadi. Masalan, «Ba’zi yoshlar hunarmand emas». Bu hukmning terminlari S – 
yoshlar, R – hunarmand emaslar, ba’zi – mavjudlik hisoblanadi. Hukmning sub’ekti to’liq 
hajmda olinmagan, unda yoshlarning bir qismi haqida fikr yuritiladi, xolos. Hukmning predikati 
esa to’liq hajmda olingan. Unda hunarmandlarning hammasi haqida fikr bildirilgan (6-rasm). 
6-rasm 
S

Yuqoridagi fikrlarni umumlashtirib aytish mumkinki, umumiy hukmlarning sub’ekti 
hamma vaqt to’liq hajmda, juz’iy hukmlarning sub’ektito’liqsiz hajmda olinadi. Inkor 
hukmlarning predikatihamma vaqt to’liq hajmda bo’ladi. Tasdiq hukmlarning predikatiR
 
S bo’lgandagina to’liq hajmda bo’ladi, boshqa hollarda esa to’liqsiz hajmda olinadi. 
Hukmlarda terminlar hajmini aniqlash qat’iy sillogizmni to’g’ri tuzishda va bevosita xulosa 
chiqarishda muhim ahamiyatga ega. 
Predikatning mazmuniga ko’ra oddiy hukm turlari. Ular quyidagilardan iborat: 
atributiv hukmlar, mavjudlik hukmlari va munosabat hukmlari. Atributiv (sifat va xususiyat) 
hukmlarda biror xususiyatning predmetga xosligi yoki xos emasligi aniq, qat’iy qilib ko’rsatiladi. 
Shuning uchun atributiv hukmlarni birorta predmetning sinfga kirishi (mansubligi) yoki 
kirmasligi (mansub emasligi) haqidagi hukm deb ta’riflasa bo’ladi. 
Masalan: «Hamma daraxtlar o’simliklardir» va «Hech bir o’simlik hayvon emas». Birinchi 
hukmda daraxtlarning o’simliklar sinfiga kirishi haqida fikr bildirilsa, ikkinchi hukmda o’simliklar 
va hayvonlar sinfining o’zaro hech qanday umumiylikka ega emasligi haqida fikr bildirilgan. 
Ikkita, uchta va hokazo predmetlar o’rtasida muayyan munosabatlarning bo’lishi yoki 
bo’lmasligini ifodalagan hukmlarga munosabat hukmlari deyiladi. Masalan: «Butun bo’lakdan 
katta». «Ikki-uchdan kichik son». Birinchi hukmda «kattalik» munosabati butun va bo’lak 
o’rtasida bo’lishi tasdiqlansa, ikkinchi hukmda uch soni bilan ikki sonining munosabati haqidagi 
fikr tasdiqlangan. 
Munosabat hukmlari sifatiga ko’ra tasdiq yoki inkor hukm turlariga bo’linadi. 
Tasdiqlovchi munosabat hukmlarida predmetlar o’zaro muayyan munosabatda ekanliklari 
haqida fikr bildiriladi. Inkor etuvchi munosabat hukmlarida esa predmetlar o’rtasidagi 
muayyan munosabatlarning mavjud emasligi haqida fikr bildiriladi. 
Munosabat hukmlari miqdoriga ko’ra ham turlarga bo’linadi. Xususan, ikki o’rinli 
munosabat hukmlari miqdoriga ko’ra yakka-yakka, umumiy-umumiy, xususiy-xususiy, 
yakka-umumiy, yakka-juz’iy, umumiy-juz’iy, juz’iy-umumiy turlarga bo’linadi. 
Masalan: «Ukasi akasidan baland» (yakka-yakka); «Gruppamizning har bir studenti 
fakultetimizdagi hamma o’qituvchilarni biladi» (umumiy-umumiy); «Gruppamizdagi ba’zi 
talabalar ba’zi hind kino yulduzlarini yaxshi biladilar» (juz’iy-juz’iy). «Tarix o’qituvchisi 
gruppamizdagi har bir talabani yaxshi biladi» (yakka-umumiy); «Do’stim ba’zi masalalarni echa 
oladi» (yakka-juz’iy); «Gruppamizdagi hamma talabalar ingliz tilini o’rganadilar» (umumiy-
yakka); «Gruppamizdagi ba’zi talabalar frantsuz tilini o’rganadilar» (juz’iy-yakka); 
«Gruppamizdagi ba’zi talabalar «Paxtakor» komandasining har bir o’yinchisini biladilar» 
(juz’iy-umumiy). 
Uch o’rinli, to’rt o’rinli va hokazo munosabat hukmlari ham yuqoridagi kabi turlarga 
bo’linadilar. 
Atributiv va munosabat hukmlaridan boshqa yana mavjudlik hukmlari (Kutubxonada mantiq 
darsligi bor), ayniyat hukmlari («A-B» ko’rinishda bo’lgan) va modal hukmlar (ehtimol yomg’ir 


yog’adi) ni ko’rsatish mumkin. Ba’zi darsliklarda ular oddiy qat’iy hukm turlari sifatida talqin qilinadi. 
Biz bu hukm turlarini alohida ko’rib chiqmaymiz, chunki mavjudlik hukmlarini ko’pincha atributiv 
hukmlar ko’rinishida, ayniyat hukmlarini munosabat hukmlari ko’rinishida talqin qilish mumkin. 
Shuningdek, oddiy hukm turlari sifatida ajratib ko’rsatuvchi va istisno qiluvchi hukmlar 
ham farqlanadi. «Gruppamiz talabalaridan faqat 4 kishi musobaqada qatnashadi». Bu ajratib 
ko’rsatuvchi hukmdir. «Mantiq tarixi» kursidan boshqa hamma o’qitiladigan fanlardan darsliklar 
etarli». Bu istisno qiluvchi hukmdir. 
Hukm terminlari birdan ortiq bo’lsa, murakkab hukm deb ataladi. Murakkab hukmlar 
«va», «yoki», «agar... unda» kabi mantiqiy bog’lamalar, inkor qilish va modal terminlarni 
qo’llash orqali ikki va undan ortiq oddiy hukmlarning o’zaro birikishidan hosil bo’ladi. Mantiqiy 
bog’lovchining mazmuniga ko’ra murakkab hukmlarning quyidagi asosiy turlarini farq qilish 
mumkin: birlashtiruvchi, ayiruvchi, shartli, ekvivalent. 
BIRLASHTIRUVCHI
(kon’yunktiv) hukmlar deb ikki va undan ortiq oddiy hukmlarning 
«va» «ham », «ham da» kabi mantiqiy bog’lovchilar vositasida o’zaro birikishidan hosil bo’lgan 
hukmlarga aytiladi. Masalan: 1."Qo’ngirok chalindi va dars boshlandi». 2. «A. Navoiy shoir va 
davlat arbobi bo’lgan». 3. «Muhammad Xorazmiy va Axmad Fargoniylar matematika fanining 
rivojlanishiga katta hissa qo’shganlar». 
AYIRUVCHI
(dizyunktiv) hukm deb «yo», «yoki», «yoxud» mantiqiy bog’lamalari 
vositasida oddiy hukmlardan tashkil topgan mulohazaga aytiladi. Bu bog’lovchilar ikki oddiy 
hukmni yoki bir qancha predikatlarni, yoki bir qancha sub’ektlarni bir-biridan ayirib turadi. 
Masalan: «Qodirov falsafa, yoki sotsiologiya, yoki psixologiya bo’limida o’qiydi». «Ikkinchi 
soatda yo matematika, yoki chet tili darsi bo’ladi». Ayiruvchi bog’lamalar «V» - dizyunktsiya 
belgisi orqali ifodalanadi. 
SHARTLI
(implikativ) hukm ikki oddiy hukmning «agar... unda» mantiqiy bog’lamasi 
orqali birikishidan tashkil topadi. Shartli hukmning mohiyatini aniqlash uchun zaruriy va etarli 
shart tushunchalarini farqlash zarur. Hodisaning zaruriy sharti deb, uning mavjudligini 
ta’minlaydigan holatga aytiladi. Agar hodisaning sharti zaruriy bo’lmasa, hodisa ham bo’lmaydi. 
Masalan: «Agar o’simlik suvsiz qolsa, u quriydi». 
EKVIVALENTLIK
hukmlari «agar va faqat agar ... unda» mantiqiy bog’lovchisi yordamida 
ikki oddiy hukmning o’zaro bog’lanishidan hosil bo’ladi. Tabiiy tilda ekvivalentlik hukmi shartli 
hukm ko’rinishida ifodalanadi. Bunday holatlarda shartli hukmning ekvivalent hukm ekanligini 
aniqlash zarur bo’ladi. Agar shartli hukmning asosi natijada qayd etilgan fikr uchun zaruriy va 
etarli shart hisoblansa, unda bu hukm ekvivalent hukm bo’ladi. Masalan:«Agar berilgan butun 
son juft son bo’lsa, unda u ikkiga qoldiksiz bo’linadi». 
Hukmlar (mulohazalar) o’rtasidagi munosabatlar. Mulohazalar (hukmlar) ham 
tushunchalar kabi taqqoslanadigan (umumiy sub’ekt yoki predikatga ega bo’lgan) va 
taqqoslanmaydigan turlarga bo’linadi. 
Taqqoslanadigan mulohazalar sig’ishadigan yoki sig’ishmaydigan bo’ladi. Mantiqda ikki 
mulohazadan birining chinligidan ikkinchisining xatoligi zaruriy kelib chiqadigan bo’lsa, ular 
o’zaro sig’ishmaydigan mulohaza (hukm) lar deyiladi. Sig’ishmaydigan mulohaza (hukm) lar 
bir vaqtda chin bo’la olmaydi. 
Sig’ishadigan mulohazalar aynan bir fikrni to’liq yoki qisman ifodalaydi. Sig’ishadigan 
mulohaza (hukm) lar o’zaro ekvivalentlik, mantiqiy bo’ysunish va qisman mos kelish 
(subkontrar) munosabatida bo’ladi. 
Sig’ishmaydigan hukmlar qarama-qarshilik (kontrar) va zidlik (kontradiktorlik) munosabatida 
bo’ladi. Mulohaza (hukm) lar o’rtasidagi munosabatlarning sxematik ifodasi «mantiqiy kvadrat» deb 
ataladi. Mantiqiy kvadrat orqali mulohaza (hukm) lar o’rtasidagi chinlik munosabatlari aniqlanadi. 
Sig’ishmaydigan mulohaza (hukm) lar o’rtasida qarama-qarshilik (kontrar) va zidlik 
(kontradiktorlik) munosabatlari bo’ladi. Qarama-qarshilik munosabati mazmuniga ko’ra turlicha 
bo’lgan umumiy hukmlar o’rtasida mavjud bo’lib, bu munosabatga ko’ra ularning har ikkisi bir 
vaqtda chin bo’la olmaydi. Bu hukmlar bir vaqtda xato bo’lishi mumkin; agar ulardan birining 


chinligi aniq bo’lsa, unda boshqasi albatta xato bo’ladi. Yuqoridagi misollardan A– mulohaza 
(hukm) chin, E – mulohaza (hukm) xato ekanligi ma’lum bo’ladi. 
Zidlik munosabati mazmuni va hajmiga ko’ra turlicha bo’lgan mulohaza (hukm) lar 
o’rtasida mavjud bo’ladi. Bu mulohaza (hukm) larning har ikkisi bir vaqtda chin ham, xato ham 
bo’lmaydi. Ulardan biri ham ma vaqt chin, boshqasi esa xato bo’ladi. Yuqoridagi misollardan A 
– mulohaza (hukm) chin bo’lib, O – mulohaza (hukm) xatodir. Shuningdek, I – mulohaza 
(hukm) chin, E – mulohaza (hukm) xatodir. 
Sig’ishadigan mulohaza (hukm) lardan mazmuni bir xil, hajmi turli xil bo’lgan hukmlar 
o’zaro bo’ysinish munosabatida bo’ladi. Bunda umumiy mulohaza (hukm) lar bo’ysindiruvchi, 
juz’iy mulohaza (hukm) lar bo’ysinuvchi bo’ladi. Bo’ysunish munosabatida umumiy hukmlar 
chin bo’lsa, ularga bo’ysinuvchi juz’iy hukmlar ham chin bo’ladi. Lekin juz’iy hukmlar chin 
bo’lganda, umumiy hukmlar noaniq (chin yoki xato) bo’ladi. Yuqoridagi misoldan A – mulohaza 
(hukm) chin bo’lgani uchun unga bo’ysinuvchi I – mulohaza (hukm) ham chin bo’ladi. Agar 
umumiy mulohaza (hukm) lar xato bo’lsa ularga bo’ysinuvchi juz’iy hukmlar noaniq (chin yoki 
xato) bo’ladi. Misolimizda E – mulohaza (hukm) xato bo’lgani uchun, O – mulohaza (hukm) 
ham xato bo’ladi. Ba’zi holatlarda umumiy hukmlar xato bo’lsa, juz’iy hukmlar chin bo’ladi. 
Qisman moslik (subkontrar) munosabati mazmuni har xil bo’lgan juz’iy hukmlar o’rtasida 
mavjud bo’ladi. Bu hukmlar bir vaqtda chin bo’lishi mumkin, lekin har ikkisi bir vaqtda xato 
bo’lmaydi. Agar ulardan birining xatoligi aniq bo’lsa, unda boshqasi albatta chin bo’ladi. 
Yo’qoridagi misolimizda O – mulohaza (hukm) ning xatoligi aniq bo’lgani uchun, I – mulohaza 
(hukm) chindir. 
Ekvivalentlik munosabatidagi hukmlar ham ma vaqt chin bo’ladi, chunki ularda aynan bir 
fikr turli shaklda ifodalanadi. Masalan, «A. Oripov O’zbekiston Respublikasi madxiyasining 
muallifi» va «A. Oripov – O’zbekiston Qaxramoni» mulohaza (hukm) lari o’zaro ekvivalentdir, 
ya’ni ular bir xil sub’ektga, lekin har xil predikatga ega bo’lgan mulohaza (hukm) lardir. 
Hukmlarning chinligiga ko’ra munosabatini ifodalovchi yuqorida ko’rsatilgan qonuniyatlar 
bilishda katta ahamiyatga ega. 
XULOSA CHIQARISH VA UNING TURLARI 
Voqelikni bilish jarayonida inson yangi bilimlarga ega bo’ladi. Bu bilimlar abstrakt 
tafakkur yordamida, mavjud bilimlarga asoslangan holda vujudga keladi. Bunday bilimlarni 
hosil qilish mantiq ilmida xulosa chiqarish, deb ataladi. 
Xulosa chiqarish deb bir va undan ortiq chin mulohazalardan ma’lum qoidalar 
yordamida yangi bilimlarni keltirib chiqarishdan iborat bo’lgan tafakkur shakliga 
aytiladi. 
Xulosa chiqarish jarayoni asoslar, xulosa va asoslardan xulosaga o’tishdan tashkil 
topadi. To’g’ri xulosa chiqarish uchun, avvalam bor, asoslar chin mulohazalar bo’lishi, o’zaro 
mantiqan bog’lanishi kerak. 
Masalan, «Aristotel-mantiq fanining asoschisi» va «Platon yunon faylasufidir» degan 
ikki chin mulohazadan xulosa chiqarib bo’lmaydi. Chunki bu mulohazalar o’rtasida mantiqiy 
aloqadorlik yo’q. 
Xulosa asoslari va xulosa ham o’zaro mantiqan bog’langan bo’lishi shart. Bunday 
aloqadorlikning zarurligi xulosa chiqarish qoidalarida qayd qilingan bo’ladi. Bu qoidalar 
buzilsa, to’g’ri xulosa chiqmaydi. Masalan: «Talaba A – a’lochi» degan mulohazadan «Talaba 
A – odobli», deb xulosa chiqarib bo’lmaydi. 
Xulosa chiqarish xulosaning chinlik darajasiga ko’ra, aniqrog’i, xulosa chiqarish 
qoidalarining qat’iyligiga ko’ra hamda xulosa asoslarining soniga va fikrning harakat 
yo’nalishiga ko’ra bir qancha turlarga bo’linadi. 
Mazkur klassifikatsiyada xulosa chiqarishni fikrning harakat yo’nalishi bo’yicha 
turlarga ajratish nisbatan mukammalroq bo’lib, u xulosa chiqarishning boshqa turlari haqida 
ham ma’lumot berish imkonini yaratadi. Xususan, deduktiv xulosa chiqarish zaruriy xulosa 
chiqarish, induktiv xulosa chiqarish (to’liq induktsiyani hisobga olmaganda) va analogiya 
ehtimoliy xulosa chiqarish, deb olib qaralishi, bevosita xulosa chiqarish esa deduktiv xulosa 


chiqarishning bir turi sifatida o’rganilishi mumkin.Deduktiv xulosa chiqarishning muhim 
xususiyati unda umumiy bilimdan juz’iy bilimga o’tishning mantiqan zaruriy xarakterga 
egaligidir. Uning turlaridan biri bevosita xulosa chiqarishdir. 
Faqat birgina mulohazaga asoslangan holda yangi bilimlarning hosil qilinishi 
bevosita xulosa chiqarish deb ataladi. Bevosita xulosa chiqarish jarayonida 
mulohazalarning shaklini o’zgartirish orqali yangi bilim hosil qilinadi. Bunda asos 
mulohazaning strukturasi, ya’ni sub’ekt va predikat munosabatlarining miqdor va sifat 
xarakteristikalari muhim ahamiyatga ega bo’ladi. 
Induktiv xulosa chiqarish empirik umumlashtirish shaklida sodir bo’lib, unda birorta 
belgining ma’lum bir sinfga mansub predmetlarda takrorlanishini kuzatish asosida, shu belgining 
mazkur sinfga tegishli barcha perdmetlarga xosligi xaqida xulosa chiqariladi. 
Induktsiya asosida chiqarilgan xulosalar ilmiy bilishda o’rnatilgan turli empirik 
qonuniyatlar, yaratilgan umumlashmalar tarzida o’z aksini topadi, predmet va hodisalar haqidagi 
bilimlarimizni kengaytirishiga olib keladi. 
Masalan: 
Zardusht Qadimgi Xorazmda tug’ilgan 
Budda Hindistonda tug’ilgan 
Muso Misrda tug’ilgan 
Iso (Iisus Xristos) Quddusga yaqin Viflemda 
tug’ilgan Muhammad (SAV) Makkada tug’ilgan 
Ular buyuk dinlarning asoschilaridir 
Demak, buyuk dinlarning asoschilari Sharqdan chiqqanlar. 
Yoki: 
Kitoblar – ma’naviy boylik 
Kitoblar - aqliy mexnat natijalari 
Demak, aqliy mexnat natijalarining ba’zilari ma’naviy boylikdir. 
v) 
ANALOGIYA
(grek. - moslik, o’xshashlik) bavosita xulosa chiqarishning bir turidir. 
Deduktiv xulosa chiqarishda fikr umumiylikdan xususiylikka qarab, induksiyada xususiylikdan 
umumiylikka qarab harakatlansa, analogiyada esa bir xususiy holatdan boshqa xususiy holatga 
qarab harakatlanadi. 
Analogiyada predmetlarning o’xshash xossalariga asoslanib xulosa chiqariladi. Tabiat va 
jamiyatda ob’ektiv turli-tumanlik bilan bir qatorda, ob’ektiv o’xshashlik ham mavjuddir. Ular 
inson ongida o’z ifodasini topadi. Ob’ektiv reallikning turli sohalariga oid qonun va qoidalar 
tuzilishi jihatidan o’xshash bo’lsa, ular aks ettirgan voqealikdagi turli narsa va hodisalar ham 
ma’lum ma’noda o’xshash bo’ladi. 
Analogiya bo’yicha xulosa chiqarish ob’ektiv reallikning cheksiz ko’rinishlari hamda unda 
mavjud bo’lgan turli sistemalarning xossalari, munosabatlari, strukturalaridagi o’xshashliklarga 
asoslanadi. Masalan, sayyoralar, davlatlar, ijtimoiy tuzumlar mohiyatida o’xshashlik bor. Bilishda 
muhim va nomuhim xossalar o’xshashligi asosida analogiya bo’yicha xulosa chikariladi. 
Analogiya vositasida bir predmetdan (modeldan) boshqa predmetga (prototipga) axborot 
o’tkaziladi. Xulosa asoslari modelga, xulosa prototipga taallukli bo’ladi. Masalan, qadimgi 
greklarning «Dedal va Ikar» afsonasida aytilishicha, ota va bola qullikdan ozod bo’lish uchun 
o’zlariga qanot yasashadi va uchib ketishadi. Bunda xulosa chiqarish quyidagi ko’rinishda bo’ladi: 
Qush tirik mavjudot, uning qanoti bor, u uchadi. 
Inson ham tirik mavjudot, uning qanoti yo’q, u uchmaydi. 
Insonning ham qanoti bo’lsa, u, ehtimol uchadi. 
Analogiya bo’yicha xulosa chiqarish boshqa xulosa chiqarishlar kabi asoslardan, xulosadan 
va asoslar hamda xulosa o’rtasidagi mantiqiy aloqadan iboratdir. Uning xulosasi ehtimoliy 
shaklda bo’lib, keyingi tekshirishlarni talab kiladi Aniq asoslardan ba’zan aniq, ba’zan ehtimoliy 
xulosa chiqadi. 


Analogiya o’zining ob’ektiv asosiga ega. Bular predmetlar, ularning xossalari o’rtasidagi 
aloqalar va munosabatlardir. 
Muammo, muammoli vaziyat, muammoni qo‘yish, muammoni hal etish, gipoteza, ishchi 
gipoteza, nazariya, aksiomatik nazariyalar, tezis, formal sistemalar. 
Isbotlash bir hukmning chinligini u bilan bog‘langan boshqa chin hukmlar yordamida 
asoslashdan iborat bo‘lgan mantiqiy amaldir. Uning tarkibi uch elementdan tashkil topgan: 
tezis, argumentlar (asoslar), isbotlash usuli – demonstrastiya. 
Tezis – chinligi asoslanishi lozim bo‘lgan hukm, u isbotlashning markaziy figurasi 
hisoblanadi; butun diqqat-e’tibor uning chinligini ko‘rsatishga qaratiladi. Tezis bir mulohazaning 
o‘zidan, yoki mulohazalar tizimidan, yoki teoremalardan, yoki aniq faktlarni umumlashtirish 
natijalaridan, yoki hodisalarning sababini ko‘rsatuvchi mulohazalardan va shu kabilardan iborat 
bo‘ladi. 
Argumentlar – tezisning chinligini asoslash uchun keltirilgan hukmlar. Argumentlar bo‘lib 
faktlarni qayd qiluvchi hukmlar, ta’riflar, aksiomalar, teoremalar, qonunlar hamda boshqa 
empirik va nazariy umumlashmalar xizmat qiladi. Argument sifatida keltirilgan faktlar, albatta, 
o‘zaro bog‘langan va tezisning mohiyatiga aloqador bo‘lishi lozim. 
Ta’riflar ham chin hukmlar bo‘lib, ulardan argument sifatida foydalanish mumkin. 
Masalan, «Harakat – bu har qanday o‘zgarishdan iborat», degan ta’rif chin hukmdir. 
Aksiomalar chinligi o‘z-o‘zidan ravshan bo‘lgan, isbotlashni talab qilmaydigan fikrlardir. 
Inson tajribasida ko‘p martalab takrorlanganligi uchun ham ularni isbotlash zarur emas. 
Teoremalar va qonunlarning chinligi isbotlangan bo‘ladi, ularni hech ikkilanmasdan 
argument qilib olish mumkin. 
Isbotlash usuli – demonstrastiya tezis bilan argumentlar o‘rtasidagi mantiqiy aloqadan 
iborat. U xulosa chiqarish shaklida bo‘ladi, ya’ni tezis argumentlardan xulosa sifatida mantiqan 
keltirib chiqariladi. 
Isbotlashning ikki turi mavjud: bevosita isbotlash, bavosita isbotlash. Bevosita isbotlashda 
tezisning chinligi to‘g‘ridan-to‘g‘ri argumentlar bilan asoslanadi, unda tezisga zid bo‘lgan 
hukmlardan foydalanilmaydi. Tezis ko‘p hollarda yakka hodisani ifoda qilib keladi va ma’lum 
bir umumiy bilimdan, masalan, qonundan argument sifatida foydalanilib, uning chinligi 
asoslanadi. Masalan, «O‘zbekiston – mustaqil davlatdir», degan hukm (tezis)ning chinligi 
«O‘zbekistonning mustaqil davlat deb e’lon qilinishi, uning xalqaro miqyosda e’tirof etilishi» 
kabi asoslar yordamida isbotlanadi. 
Bavosita isbotlashda esa tezisning chinligi unga zid bo‘lgan hukmning (antitezisning) 
xatoligini ko‘rsatish orqali asoslanadi. Antitezis qanday shaklda ifodalangan bo‘lishiga qarab 
apagogik isbotlash va ayiruvchi isbotlash farq qilinadi. Apagogik isbotlashda tezis (a) va antitezis 

(
a
) o‘rtasidagi munosabatga asoslaniladi. Masalan, «Materiya harakatsiz mavjud emas», degan 
hukmning chinligini asoslash uchun unga zid bo‘lgan «Materiya harakatsiz mavjud», degan 
hukm olinadi. 
Apagogik isbotlashda antitezis topilib (1-bosqich), vaqtincha chin deb qabul qilinadi va 
undan ma’lum bir natijalar keltirib chiqariladi (2-bosqich), so‘ngra bu natijalarning xatoligi 
ko‘rsatiladi (3-bosqich) va demak, tezisning chinligi isbotlanadi. Masalan, «Materiya harakatsiz 
mavjud», degan hukm chin bo‘lsa, «Moddiy predmetlar strukturasiz mavjud», degan fikr 
(antitezisdan kelib chiqqan natija) ham chin bo‘ladi. Bizga ma’lumki, moddiy predmetlar 
tarkibsiz (uni tashkil qiluvchi elementlar va ularning o‘zaro aloqasisiz) mavjud emas. Demak, 
«Materiya harakatsiz mavjud», degan fikr xato, shu tariqa «Materiya harakatsiz mavjud emas», 
degan fikrning chinligi asoslanadi. 
Ayiruvchi isbotlashda tezis sof ayiruvchi hukmning (kuchli diz’yunkstiyaning) bir a’zosi 
bo‘lib, uning chinligi boshqa a’zolarining (antitezisning) xatoligini ko‘rsatish orqali asoslanadi. 
Masalan, “Jinoyatni yo A, yo V, yo S shaxslar sodir etgan», degan fikr tekshirilib, «Jinoyatni V 
shaxs ham, S shaxs ham sodir etmagan”ligi aniqlanadi va shu tariqa «Jinoyatni A shaxs sodir 
qilgan», degan hukmning chinligi asoslanadi. Bu misolda ayiruvchi isbotlash ayiruvchi – qat’iy 


sillogizmning inkor etib, tasdiqlovchi modusi bo‘yicha qurilgan.Ayiruvchi isbotlashda barcha 
muqobil variantlar to‘liq olingandagina xulosa chin bo‘ladi,ya’ni tezis isbotlanadi. 
Raddiya. Rad etish usullari. 
Raddiya – isbotni buzishga qaratilgan mantiqiy amaldir. 
Birorta fikrning chinligini rad etish ayni paytda unga zid bo‘lgan fikrning xatoligini 
ko‘rsatishdan iborat bo‘lganligi uchun raddiyani isbotlashning xususiy ko‘rinishi, deb hisoblash 
mumkin. Raddiya ham isbotlash kabi tezis (rad qilinishi lozim bo‘lgan hukm), argumentlar 
(tezisni rad qiluvchi hukmlar) va demonstrastiya (rad etish usuli) dan tashkil topgan bo‘ladi. 
Raddiya birorta masalani muhokama qilish, ya’ni bahs, munozara jarayonida uchraydi. Bahs 
qatnashchilaridan biri ma’lum bir tezisni ilgari surib, uni himoya qilsa (proponent), boshqasi 
unga qarshi chiqadi (opponent). Hal qilinmagan, Munozarali masalalar bo‘yicha olib boriladigan 
bahslar polemika hisoblanib, unda qarama-qarshi tezislar asoslanibgina qolmay, balki tanqidiy 
analiz ham qilinadi. 
Raddiya uch xil usul bilan amalga oshiriladi: 
I) 
Tezisni rad etish; 
II) 
Argumentlarni rad etish; 
III) 
Demonstrastiyani rad etish. 
I. Tezisni rad etish. 
Tezisni rad etishning quyidagi usullari mavjud: 
1.Faktlar orqali rad etish. Bu eng ishonchli va samarali usuldir. Bunda bo‘lib o‘tgan 
voqealarga, statistik ma’lumotlarga asoslanib tezis rad etiladi. Masalan, «Sovet davrida 
O‘zbekiston to‘laqonli mustaqil respublika bo‘lgan», degan tezisni rad etish, ya’ni uning 
noto‘g‘ri ekanligini isbotlash uchun tarixiy faktlarga asoslanamiz. O‘sha davrda respublika 
rahbariyati birorta muhim masalani Moskvaning ruxsatisiz hal qila olmaganligiga dalillar 
keltirib, tezisni rad etamiz. 
2.Tezisdan kelib chiqadigan natijalarning xatoligini (yoki ziddiyatli ekanligini) ko‘rsatish 
orqali rad etish. Bunda tezisdan kelib chiqadigan natijalarning chin emasligi asoslab beriladi. Bu 
usul «bema’nilikka olib kelish», deb ataladi. Rad etilayotgan tezis vaqtincha chin deb tan olinadi, 
undan kelib chiqadigan natijalar aniqlanib, bu natijalarning haqiqatga zid, noto‘g‘ri ekanligi 
isbotlanadi. CHin asosdan xato natija kelib chiqmaydi, aks holda bu bema’nilik bo‘ladi. 
«Bema’nilikka olib kelish» usulining formulasi quyidagicha(a→b)→((a→b)→a) 
3.Tezisni antitezisni isbotlash orqali rad etish. Rad etilayotgan tezisga zid bo‘lgan Yangi 
tezis (antitezis) olinadi va isbotlanadi. Uchinchisi istisno qonuniga muvofiq, antitezisning 
chinligidan tezisning xatoligi keltirib chiqariladi. Masalan, birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov 
«Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q» nomli maqolasida «Amir Temur buyuk sarkarda bo‘lgan va 
yovuzliklar qilgan», degan tezisni shunday rad etadi: «Inson bir paytning o‘zida ham bunyodkor, 
ham yovuz bo‘lishi mumkin emas. Ne-ne madrasayu masjidlar, oliy koshonalarni qurgan, ne-ne 
olimu fuzalolarning boshini silagan, Qur’oni karimni yod bilgan inson yovuz bo‘lmaydi. 
Qonxo‘r odam «Kuch – adolotda», deyishi mumkinmi?» 
II.Argumentlarni rad etish. 
Tezisni isbotlash uchun opponent tomonidan keltirilgan argumentlar tanqid qilinib, 
ularning xatoligi yoki tezisni isbotlash uchun etarli emasligi aniqlanadi. 
Argumentlarning xatoligi tezisning ham xato ekanligini isbotlamaydi, bunda tezis chin 
bo‘lishi ham mumkin: 
Argumentlarni rad etish orqali tezisning isbotlanmaganligi asoslab beriladi. 
III.Isbotlash usulini tanqid qilish orqali rad etish. 
Rad etishning bu usulida isbotlashda yo‘l qo‘yilgan xatolar aniqlanadi. Bunda rad 
etilayotgan tezisning chinligi uni asoslash uchun keltirilgan argumentlardan bevosita kelib 
chiqmasligi asoslab beriladi. Isbotlash usulida yo‘l qo‘yilgan xato aniqlanganda tezis rad 
etilmaydi, uni qayta isbotlash talab qilinadi. 
Rad etishning yuqorida ko‘rsatilgan usullari ko‘pincha birgalikda, bir-birini to‘ldirgan 
holda qo‘llaniladi. 


Isbotlash va rad etish qoidalari, ularni buzganda kelib chiqadigan mantiqiy xatolar 
Tezisga aloqador qoidalar: 
1. Tezis mantiqan aniq va ravshan bo‘lishi kerak. Bu qoida buzilsa, isbotlash yoki rad etish 
o‘zining aniq predmetiga ega bo‘lmay qoladi, uni amalga oshirishga urinish behuda ish 
hisoblanadi. 
2. Tezis isbotlash yoki rad etishning boshidan oxirigacha o‘zgarmasligi kerak. Bu qoida 
buzilsa, «tezisni almashtirish» degan xato kelib chiqadi. 
Argumentlarga nisbatan qoidalar: 
1. Tezisni asoslash uchun keltirilgan argumentlar chin hukmlar bo‘lishi va bir-biriga zid 
bo‘lmasligi lozim. 
2. Argumentlar tezisni asoslash uchun etarli bo‘lishi kerak. 
3. Argumentlar tezisdan mustaqil holda chinligi isbotlangan hukmlar bo‘lishi lozim. 
Isbotlash usulining qoidasi: 
1. Tezis argumentlardan mantiqiy tarzda kelib chiqadigan xulosa bo‘lishi lozim. Buning 
uchun isbotlash yoki rad etishda xulosa chiqarish qoidalariga rioya qilish zarur. 
Isbotlash va rad etish qoidalarining buzilishi mantiqiy xatolarga olib keladi. Bu xatoliklar 
uch turga bo‘linadi: 
I. Isbotlanayotgan tezisga aloqador xatoliklar: 
1.Tezisni almashtirish. Tezis isbotlash yoki rad etish davomida o‘zgarmasligi shart, degan 
qoidaning buzilishi tezisning almashtirilishiga sabab bo‘ladi. Tezis ataylab yoki bilmasdan boshqa 
tezis bilan almashtiriladi va bunda YAngi tezis isbotlanadi yoki rad etiladi. Tezis mazmunining 
toraytirilishi yoki kengaytirilishi ham bahs jarayonida tezisning o‘zgarishiga olib keladi. Masalan, 
respublikamiz taraqqiyoti uchun milliy mafkura, milliy g‘oyaning ahamiyati to‘g‘risidagi tezisni 
isbotlash davomida umuman jamiyatga mafkura kerakmi yoki yo‘qmi, degan masalani isbot etishga 
harakat qilinsa, unda tezisning mazmuni kengayib ketadi va tezis almashinadi. 
2. Insonning shaxsiy sifatini bahona qilib tezisni almashtirish. Bahs jarayonida mavzudan 
chetga chiqib, opponentning shaxsiy, ijtimoiy hayoti, yaxshi fazilatlari yoki kamchiliklari 
xususida fikr yuritib, shu asosda tezisni isbotlangan yoki rad etilgan, deb ta’kidlash tezisning 
almashinishiga sabab bo‘ladi. Bunday xatoga ataylab yo‘l qo‘yiladi. Tinglovchilarning his-
tuyg‘ulariga ta’sir qilish orqali isbotlanmagan tezisning chin deb qabul qilinishiga urinish ham 
tezisni almashtirish hisoblanadi. 
3. Ortiqcha yoki kam isbotlashga urinish natijasida tezisning almashinishi. Fikr ortiqcha 
isbotlansa, berilgan tezis o‘rniga undan kuchliroq tezisni isbotlashga harakat qilinadi. Agar A 
hodisadan V kelib chiqsa, lekin V hodisadan A kelib chiqmasa, unda A hodisani ifodalovchi tezis 
V hodisani ifodalovchi tezisdan kuchliroq bo‘ladi. Masalan, «A shaxs birinchi bo‘lib janjalni 
boshlamagan» degan tezis (V) o‘rniga, «A shaxs umuman janjal bo‘lgan erda yo‘q edi» degan 
tezisni (A) isbotlashga harakat qilinadi. Ikkinchi tezisni isbotlab bo‘lmaydi, chunki A shaxsning 
janjalda qatnashganligini ko‘rgan guvohlar bor. 
II. Argument (asos)larga taalluqli xatolar: 
1. Asoslarning xatoligi. Tezis isbotlanganda yoki rad etilganda xato argumentlarga chin 
deb asoslanish natijasida ataylab yoki bilmasdan mantiqiy xatoga yo‘l qo‘yiladi. Masalan, 
Qadimgi grek faylasufi Fales o‘z ta’limotini hamma narsa suvdan paydo bo‘lgan, degan fikrga 
asoslanib yaratgan. 
2. Asoslarni avvaldan taxminlash shaklidagi xato. Tezis isbotlanmagan argumentlarga 
asoslansa, bunday argumentlar tezisning chinligini isbotlamaydi, balki tezisning chinligi 
taxminlanadi, xolos. 
3. «Aylanma isbot etish» deb nomlanuvchi xato. Tezisning chinligi argumentlar orqali, 
argumentlarning chinligi tezis orqali isbotlansa mantiqiy xatoga yo‘l qo‘yiladi. Masalan, 
«So‘zning qudrati fikr bilan o‘lchanadi», degan tezisni «Fikrning qudrati so‘z bilan o‘lchanadi», 
deb isbotlasak, yuqorida aytilgan xatoga yo‘l qo‘yiladi. 
III. Isbotlash usuli (demonstrastiya) bilan bog‘liq xatolar. 


1.«Yolg‘on (soxta) isbotlash». Agar tezis uni isbotlash uchun keltirilgan argumentlardan 
bevosita kelib chiqmasa, mantiqiy xatoga yo‘l qo‘yiladi. Bunda tezisga aloqador bo‘lmagan 
argumentlarga asoslaniladi. Masalan, «A shaxs yomon odam», degan tezis «Tunda yomon 
odamlargina ko‘chada yuradi», «A shaxs ko‘chada tunda yuribdi» degan argumentlar bilan 
asoslansa, fikr yuzaki (soxta) isbotlangan bo‘ladi. 
2.Shartlangan fikrdan shartlanmagan fikrga o‘tish. Muayyan vaqt, munosabat doirasida 
chin bo‘lgan (shartlangan) fikrni, doimiy, o‘zgarmas chin fikr deb qabul qilish natijasida 
mantiqiy xatoga yo‘l qo‘yiladi. 
3.Xulosa chiqarish qoidalarining buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan xatolar: 
a) deduktiv xulosa chiqarishda uchrashi mumkin bo‘lgan mantiqiy xatolar. Bu haqda 
deduktiv xulosa chiqarish mavzusida batafsil ma’lumot berilgan; 
b) induktiv xulosa chiqarishda uchrashi mumkin bo‘lgan mantiqiy xatolar. Bular «shoshib 
umumlashtirish» va «undan keyin, demak, shuning uchun», deb ataluvchi xatoliklardir. Masalan, 
bir-ikki talabaning darsga mas’uliyatsizlik bilan munosabatda bo‘lishini umumlashtirib, «hamma 
talabalar mas’uliyatsiz», deb ta’kidlash xatodir; 
v) analogiyada uchrashi mumkin bo‘lgan mantiqiy xatolar. Bular «yolg‘on analogiya» 
bilan bog‘liq xatolardir. Unda tasodifiy belgining zaruriy deb olinishi, faqat birgina o‘xshash 
belgiga asoslanishi yoki mutlaqo taqqoslab bo‘lmaydigan hodisalarning o‘zaro taqqoslanishi 
natijasida fikrda chalkashliklar yuzaga keladi. 
Mantiqiy xatolar tafakkur qonunlarini buzish, xulosa chiqarish qoidalariga amal qilmaslik 
natijasida yuzaga keladi. Mantiq tarixida isbotlash jarayonida ataylab (qasddan) xatoga yo‘l 
qo‘yuvchilar – sofistlar deb, ularning ta’limoti esa sofizm (grek. – ayyorlik) deb ataladi. Fikr 
yuritish jarayonida bilmasdan mantiqiy xatoga yo‘l qo‘yilsa, paralogizm deyiladi. CHinligini 
ham, xatoligini ham birday isbotlash mumkin bo‘lgan fikrlar esa paradoks deb ataladi. 
Bahs yuritish san’ati (eristika) o‘ziga xos qonun-qoidalarga amal qilishni talab etadi. 
Bularga asosan quyidagilar kiradi: 
– zaruriyatsiz bahslashmaslik; 
– mavzusiz bahs yuritmaslik va bahs davomida mavzudan chetga chiqmaslik yoki mavzuni 
o‘zgartirmaslik; 
– bahs mavzusi yuzasidan o‘zaro zid yoki qarama-qarshi fikrlar bo‘lmasa, bahsni to‘xtatish; 
– mavzuni yaxshi biladigan, aqlli odamlar bilangina bahslashish; 
– bahs yuritishda mantiqiy qonun-qoidalarga amal qilish, o‘zining va muxolifining 
fikrlaridan xulosa chiqara olish, mantiqiy ziddiyatlarni aniqlash va bartaraf etish, asoslar to‘g‘ri 
bo‘lsa, isbotlashning ham to‘g‘riligini e’tirof etish va h.k.; 
– bir bahs doirasida bahslashish usullarini aralashtirib yubormaslik. 
Argumentlashning mantiqiy asoslarini bilish va bahs yuritish qoidalariga amal qilish 
tafakkur madaniyatini yuqori darajaga ko‘tarish imkonini beradi. 
Muammoni qo‘yish va hal etish 
Muammoli vaziyatni tahlil qilish YAngi muammoni qo‘yishga olib keladi. 
Muammo – javobi bevosita mavjud bilimda bo‘lmagan va echish usuli noma’lum bo‘lgan 
savoldir. 
Shuning uchun ham muammoni qo‘yish va hal qilish mavjud bilimlarni qayta ishlash, ba’zi 
hollarda esa, hatto, ular doirasidan chetga chiqishni, Yangicha echish usuli, metodlarini 
qidirishni taqozo etadi. Qanday muammolarni ilgari surishni, uni muhokama qilishning 
xususiyatini amaliy faoliyatimiz va bilishimiz ehtiyojlari belgilab beradi. 
Muammoni muvaffaqiyatli hal qilishning zarur shartlaridan biri uni to‘g‘ri qo‘yish va aniq 
bayon qilishdan iborat. To‘g‘ri qo‘yilgan savol, V. Geyzenberg aytganidek, muammoni 
echishning yarmidan ko‘prog‘ini tashkil etadi. 
Muammoni to‘g‘ri qo‘yish uchun muammoli vaziyatni aniq tasavvur qilishning o‘zi etarli 
emas. Buning uchun muammoni hal qilishning turli xil usullari va vositalarini ham oldindan 
ko‘ra bilish kerak. 


Muammolarni qo‘yishda kishilarning hayotiy tajribasi, bilimlari va talanti muhim ahamiyatga 
ega bo‘ladi. SHuning uchun ham, odatda, ko‘p hollarda Yangi muammolar ilmiy bilishning u yoki bu 
sohasining yirik mutaxassislari, boy tajribaga ega va chuqur bilimli olimlari tomonidan ilgari suriladi 
hamda ular ba’zan uzoq yillar davomida tadqiq qilinadi. Buni, masalan, milliy g‘oya va milliy 
mafkurani yaratish muammosining qo‘yilishi va tadqiq etilishi misolida ko‘rish mumkin. Jahon 
tajribasiga murojaat qilsak, «millatning mafkurasi bir emas, balki bir necha avlodning umri davomida 
ishlab chiqilishi va takomilga erishuviga guvoh bo‘lishimiz mumkin»
2

Uni shakllantirish uchun kuchli iste’dod va «yorqin tafakkur»ga ega bo‘lgan Konfutsiy, 
Maxatma Gandi, Forobiy, Bahouddin Naqshband kabi buyuk zotlar zahmat chekkanlar
3

Hozirgi paytda esa birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov ta’kidlaganidek, «Milliy g‘oya, 
milliy mafkurani ishlab chiqish, uni shakllantirish uchun har qaysi millatning eng ilg‘or vakillari, 
kerak bo‘lsa, mutafakkirlari, ziyolilari mehnat qilishi lozim»
4

Muammoli vaziyatni tahlil qilishga turli xil munosabatda yondashish mumkin bo‘lganligi 
uchun ham hal qilinishi lozim bo‘lgan vazifa turli xil muammolar tarzida bayon qilinishi 
mumkin. Bunda ba’zi muammolar asosiy vazifani ifoda qilsa, ba’zilari bu vazifaning ayrim 
tomonlarini aks ettiradi va shuning uchun ham juz’iy xususiyatga ega bo‘ladi. Ko‘p hollarda bir-
biri bilan bog‘lanib ketgan mana shunday juz’iy muammolar hal qilingandan keyingina asosiy 
muammoni aniqroq bayon qilish va echish imkoniyati vujudga keladi. 
Muammolarni to‘g‘ri qo‘yish va bayon qilish ularni echishdan kam ahamiyatga ega emas. 
Muammoni to‘g‘ri qo‘yish uchun uning ilmiy bilish taraqqiyotida tutgan o‘rni va ahamiyatini to‘g‘ri 
baholash, uni hal qilishning metodlarini topish zarur. Bu amalda qo‘yilishi mumkin bo‘lgan turli xil 
muammolar ichidan eng muhimi va to‘g‘risini tanlab olishni bildiradi. Muammoni tanlash ma’lum 
bir darajada tadqiqotning umumiy yo‘nalishini va xususiyatlarini belgilab beradi. 
Oxir-oqibatda qaysi muammoni qo‘yish amaliy faoliyatimiz ehtiyojlariga bog‘liq. Chunki 
faqat amaliy faoliyatdagina kishilarning ehtiyojlari va maqsadlari bilan ularni hal qilish vositalari 
o‘rtasidagi ziddiyat yaqqol namoyon bo‘ladi, ilmiy izlanish predmeti aniqlanadi va shu asosda 
bilish oldiga konkret vazifalar qo‘yiladi. 
Ilmiy muammo, odatda, ma’lum bir nazariya doirasida vujudga keladi 
(Nazariya haqida bobning oxirida kengroq ma’lumot beriladi). 
Nazariya keyinchalik ilgari surilishi mumkin bo‘lgan muammoni umumiy holda 
belgilashga va uni to‘g‘ri tanlashga yordam beradi. Shuningdek, har bir muammo ma’lum bir 
nazariya yordamida hal qilinadi. Ba’zi hollarda esa muammo mavjud nazariyani modifikastiya 
qilishni, muammoni echishga moslashtirishni talab qiladi. 
Muammoni echish uchun dastlabki tayyorgarlik ishlari qilinadi. Ular quyidagilardan iborat: 
a) mavjud nazariyalar doirasida tushuntirib bo‘lmaydigan fakt va hodisalarni aniqlash; 
b) muammoni hal qilish g‘oyalari va metodlarini tahlil qilish va ularga baho berish; 
v) muammoni hal qilish turini, maqsadini, olingan natijani tekshirish yo‘llarini belgilash; 
g) muammoning negizi bilan uni echish uchun ilgari surilgan g‘oyalar o‘rtasidagi aloqaning 
xususiyatlarini ko‘rsatish. 
Bu dastlabki ishlar amalga oshirilib bo‘lgandan keyin muammoni echishga bevosita 
kirishiladi. 
Shuni alohida qayd qilib o‘tish kerakki, muammoning echilishi nisbiy xususiyatga ega. 
Boshqacha aytganda, muammoning mutlaq to‘la echimini topish qiyin. Chunki o‘rganilayotgan 
hodisaning barcha tomonlarini qamrab olib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham ilmiy izlanish 
davomida Yangi muammolar vujudga kelishi mumkin bo‘lib, u mavjud muammoni boshqacha 
talqin qilishni taqozo etadi. Bunga misol qilib I. Nyuton tomonidan jismlarning o‘zaro tortishishi 
2
I.A. Karimov. Milliy istiqlol mafkurasi - halq e'tiqodi va buyuk kelajakka ishonishdir. // Asarlar to'plami 8 jild. -
T.: “O'zbekiston”, 2000, 25-bet. 
3
Qarang. O'sha yerda.
4
Qarang. O'sha yerda.


muammosining qo‘yilishini ko‘rsatish mumkin. Butun olam tortishish qonunini kashf qilib, u 
faqat tortishuvchi jismlar o‘rtasidagi miqdoriy aloqalarnigina topganligini uqtirib o‘tgan edi. 
A. Eynshteynning nisbiylik nazariyasi jismlarning o‘zaro tortishishi muammosini boshqacha 
talqin qiladi va bu muammo haqidagi tasavvurlarimizni ma’lum bir darajada kengaytiradi. 
Jismlarning o‘zaro tortishishining tabiati, amalga oshish mexanizmi hozirgacha to‘la ochib 
berilmagan. Boshqacha aytganda, muammo uzil-kesil hal bo‘lmagan. 
Ba’zi hollarda muammolarning echimini uzoq vaqtgacha topib bo‘lmaydi. Masalan, rak 
kasalining sababini o‘rganish bilan bog‘liq muammo hozirgacha to‘la hal bo‘lmagan. 
Bu, albatta, ayrim muammolar butunlay echimiga ega emas, degan fikrni bildirmaydi, balki 
ularni mavjud metodlar, vositalar yordamida echib bo‘lmaslikni ko‘rsatadi xolos, va shu tariqa 
echishning Yangi vositalarini qidirib topishga undaydi. Demak, muammo hal qilinmaguncha 
ilmiy izlanish davom etadi. 
Gipoteza 
Muammoni hal etish jarayonida ma’lum bir gipotezalar ilgari suriladi va asoslanadi. 
Gipoteza – o‘rganilayotgan hodisaning sabablari va xususiyatlarini tushuntiradigan asosli 
taxmin tarzidagi bilim shaklidir. 
Gipotezani, avvalambor, bilimlarning mavjud bo‘lish shakli sifatida olib qarash zarur. 
CHin, ishonchli bilimlar hosil bo‘lgunga qadar qo‘yilgan muammolar, masalalar haqidagi fikr-
mulohazalar kuzatish, eksperiment natijalarini tahlil qilish va umumlashtirishga asoslangan 
bo‘lib, ular turli xil taxminlar, farazlar shaklida quriladi va mavjud bo‘ladi. 
Masalan, Levkipp va Demokritning jismlarning atomlardan tashkil topganligi haqida 
bildirgan fikrlari dastlab gipotetik shaklda bo‘lib, eng oddiy, kundalik tajribada minglab marta 
kuzatiladigan hodisalar: qattiq jismning suyuqlikka aylanishi, hidning tarqalishi va shu kabilarni 
tahlil qilishga asoslangan, ularning sababini tushuntirishga qaratilgan. «Jismlar mayda, bo‘linmas 
zarrachalardan tashkil topmaganda bunday hodisalar bo‘lmas edi», degan fikr o‘zining ma’lum 
bir mantiqiy kuchiga ega. 
Hodisaning sababi haqidagi fikr dastlab, odatda, gipoteza shaklida vujudga keladi va shu 
ma’noda u bilimlarning mavjud bo‘lishining umumiy mantiqiy shakllaridan biri hisoblanadi. 
Gipotezani qurish o‘rganilayotgan hodisani tushuntiradigan taxminiy fikrlarni ilgari 
surishdan iborat bo‘ladi. U qayd etilgan faktlar, ular uchun xarakterli bo‘lgan qonuniyatlar 
haqidagi hukmlar (mulohazalar) yoki hukmlar tizimi tarzida bo‘ladi. Uni ifoda qiluvchi asosiy 
gap mulohazalar sictemasini hosil qiluvchi element, deb hisoblanadi. Ana shu gap (mulohaza)da, 
odatda, gipotezaning bosh g‘oyasi aks etadi. Muhokama jarayoni uning negizida, atrofida 
quriladi va ma’lum bir ishchi gipotezalar – vaqtincha quriladigan, mo‘ljalni to‘g‘ri olishga 
yordam beradigan taxminlarning ilgari surilishiga, ular yordamida hodisaning yanada chuqurroq 
tadqiq qilinishiga olib keladi. 
Gipotezalarni ilgari surishning asosiy mantiqiy vositasi ehtimoliy xulosa chiqarish: analogiya, 
to‘liqsiz induksiya, turli ko‘rinishdagi ehtimoliy sillogizmlar – eng kamida bitta qoidasi buzilgan, 
asoslaridan biri ehtimoliy hukm bo‘lgan sillogizmlar (shartli, ayiruvchi – qat’iy, shartli 
– ayiruvchi sillogizmlar shakllarida) hisoblanadi. 
Shuningdek, gipoteza ba’zi hollarda qat’iy xulosa chiqarish shakllarida hamda turli xil 
xulosa chiqarish usullarining ko‘p qavatli mantiqiy qurilmasi tarzida ham shakllantirilishi 
mumkin. 
Gipotezada ilgari suriladigan mulohaza empirik materiallarni tahlil qilish, qayta ishlash, 
tartibga keltirish, umumlashtirish, talqin etish natijasida paydo bo‘ladi. Ana shuning uchun ham 
gipoteza – bu har qanday taxmin emas, balki ma’lum bir darajada asoslangan, o‘zining muayyan 
mantiqiy kuchiga ega mulohaza, farazdir. 
Gipoteza qurishning murakkab mantiqiy jarayon ekanligini quyidagi misol tasdiqlaydi. Issiqlik 
dvigatellari nazariyasi asoschilaridan biri fransuz injeneri Sadi Karno birinchi bo‘lib faqat 
issiqlikning qattiqroq qizigan jismdan sovuqroq jismga o‘tishidagina foydali ish vujudga kelishi va 
aksincha, issiqlikni sovuq jismdan qizdirilgan jismga berish uchun ish sarflanishi zarur, degan fikrni 
ilgari surgan. Ayni paytda Karno shu davrda keng tarqalgan issiqlikning namoyon bo‘lish 


sababi uning tarkibida alohida vaznsiz suyuqlik – teplorodning bo‘lishidir, degan fikrga 
tayanuvchi teplorod konstepstiyasini ham to‘g‘ri, deb hisoblagan. Teplorodni suvga, haroratlar 
(temperaturalar) o‘rtasidagi farqni – suv darajasiga qiyos qilib, Karno, xuddi suv darajasining 
pastga tushishida ish suv og‘irligining uning darajalari o‘rtasidagi farqqa bo‘linishi bilan 
o‘lchangani kabi, bug‘ mashinasida ish, ishchi moddaning (suv, spirt va boshqalar) tabiatidan 
qat’i nazar, teplorod miqdorining haroratlar (temperaturalar) farqiga bo‘linishi bilan o‘lchanadi, 
degan xulosaga keladi. Bu issiqlik mashinasi ish hajmining (miqdorining) isitgich va sovutgich 
haroratlarining qiymatlariga bog‘liqligini anglotardi. «Karno prinsipi» keyinchalik 
termodinamikaning ikkinchi qonunining yaratilishiga asos bo‘lgan. 
Keltirilgan misolda Sadi Karnoning gipotezani ilgari surishda analogiyaga asoslanganligini 
payqab olish qiyin emas.

Ilgari surilgan gipoteza, albatta, asoslanishi zarur. Bu bosqichda gipotezadan ma’lum bir 
natijalar keltirib chiqariladi va ular verifikastiya qilinadi, ya’ni ularning mavjud faktlarga (yoki 
boshqa ishonchli bilimlarga) muvofiqligi aniqlanadi. 
Bu erda shuni unutmaslik lozimki, gipotezani ishonchli, chin bilimga aylantirish uchun 
unda ilgari surilgan fikrlarga etarli asos bo‘la oladigan miqdordagi natijalar (gipotezaning asosiy 
g‘oyasidan kelib chiqadigan) yig‘indisi verifikastiya qilinishi kerak. 
Gipotezaning chinligini asoslashning boshqa usullari ham mavjud: 1) gipotezani deduktiv yo‘l 
bilan chinligi avval isbotlangan bilimlardan mantiqan keltirib chiqarish; 2) asosi ishonchli bilim 
bo‘lmasa, uni tasdiqlash (bu ko‘proq asoslari ehtimoliy hukm bo‘lgan sillogizmlar vositasida 
qurilgan gipotezalarga tegishli); 3) gipotezaning asoslarini ishonchli bilim olish uchun etarli bo‘lgan 
miqdorga etkazish (bu gipoteza to‘liqsiz induksiya vositasida qurilgan hollarga tegishli). 
Gipotezani tasdiqlashning qanday kechishini tasavvur qilish uchun quyidagi misolga 
murojaat qilamiz. 
Termodinamika asoschilaridan biri nemis fizigi R.Klazius yuqorida biz qayd etib o‘tgan 
“Karno prinsipi”ni unga qilingan ko‘p hujumlardan himoya qilgan. Bu prinsipni tasdiqlash 
maqsadida, uning chinligini intuitiv ravishda muqarrar deb hisoblagan postulatdan deduktiv yo‘l 
bilan keltirib chiqaradi. Bu postulatga muvofiq issiqlik o‘z holicha sovuqroq jismdan issiqroq 
jismga o‘ta olmaydi.
6
Bu erda urg‘u aynan shu “o‘z holicha o‘ta olmaslikka” beriladi, chunki 
amalda “majburan” o‘tish ham (sovitish qurilmalarida, aralashmalarda va boshqalarda) mavjud 
bo‘lib, u muayyan kompensastiya qiluvchi (o‘rnini qoplovchi) holatning yuzaga kelishi bilan 
birgalikda kechadi. 
Gipoteza rad qilinishi ham mumkin. U gipotezadan kelib chiqadigan natijalarni 
falsifikastiya qilish yo‘li bilan aniqlanadi. Mazkur mantiqiy jarayon shartli-qat’iy sillogizmning 
inkor modusi tarzida kechadi, ya’ni natijaning xatoligini aniqlashdan asosning xatoligini 
ko‘rsatishga o‘tiladi. Uning simvolik ifodasi quyidagicha: 
((H→P)^דp)→דH 
Gipotezaning natijalarini topa olmaslik, garchi bu gipotezaning mavqeini ancha pasaytirsa-
da, lekin uni rad eta olmaydi. Gipotezaning chinligi undan kelib chiqadigan natijalarga zid 
bo‘lgan holatlar aniqlangandagina uzil-kesil rad etiladi. Masalan, Ptolomeyning Erning 
harakatlanmaydigan markaz ekanligi haqidagi gipotezasi Kopernikning geliostentrik nazariyasi 
asoslanadigan faktlarga zid kelganidan keyin rad etildi. 
Mantiqda ishchi gipotezalar ham farq qilinadi. 
Ishchi gipoteza tadqiqotning dastlabki bosqichida ilgari suriladigan taxmin bo‘lib, o‘z 
oldiga o‘rganilayotgan hodisaning sababini aniqlashni maqsad qilib qo‘ymaydi; u faqat kuzatish 
va eksperiment natijalarini tasvirlashga, tartibga solishga yordam beradi. 
Shunday qilib, gipoteza fikrlarimizning qurilishi, bilimlarimizning mavjud bo‘lish va 
rivojlanish shaklidir. 
5
Misol quyidagi manbaadan olindi: сборник упранениий по логике пособие для вузов / А.С. Клевчани Минск 
Университетское , 1990. с. 214.
6
Qarang. O'sha kitob, 220-bet.


Nazariya 
«Nazariya» termini keng ma’noda aqliy bilish, tafakkurni anglatadi, uni amaliyotdan farq 
qiluvchi faoliyat turi sifatida ifodalaydi. Tor ma’noda esa, nazariya ma’lum bir sohaga oid 
tasavvurlar, tushunchalar, g‘oyalar, gipotezalarni tizimga soladigan, predmetni yaxlit tarzda 
anglashga imkon beradigan bilim shaklini bildiradi. 
Nazariyaning bunday talqini ilmiy bilishda empirik va nazariy bosqichlarning farq qilinishi 
bilan bog‘liq. 
Empirik bosqichda ilmiy faktlar to‘planadi, o‘rganiladi, tizimga solinib, turli xil jadvallar, 
shakllar, grafiklar tuziladi; muayyan bir umumlashmalar, xususan, empirik tushunchalar, 
farazlar, empirik qonunlar shakllanadi. 
Ilmiy bilishning keyingi taraqqiyoti empirik bilish bosqichida hosil qilingan, lekin bir-biri 
bilan bo‘lgan aloqasi hali aniqlanmagan bilimlar o‘rtasida munosabatlarni o‘rnatish, ularni 
umumlashtirish, shu asosda YAngi fundamental tushunchalar, umumiy qonunlarni yaratish, 
ilmiy bashoratlar qilish bilan uzviy bog‘liq. 
Bilishning bu ikki bosqichi o‘rtasida zaruriy aloqadorlik mavjud. Xususan, nazariyani 
yaratish empirik bilish jarayonida hosil qilingan predmetning ayrim tomonlari, xususiyatlarini 
aks ettiruvchi tushunchalar, qonunlar, farazlar o‘rtasida mantiqiy aloqalarni o‘rnatishga, predmet 
haqida yaxlit tasavvur hosil qilishga, uning mohiyatini tushuntirishga bo‘lgan ehtiyoj bilan 
belgilanadi. 
Nazariya ma’lum bir predmet sohasiga oid tushunchalar, qonunlar, gipotezalar, g‘oyalarni 
sistemaga solib, u haqida yaxlit tasavvur hosil qiladigan, Yangi fundamental umumlashmalar 
yaratishga olib keladigan, shu sohadagi hodisalarni tushuntirish, oldindan ko‘rish imkonini 
beradigan ishonchli bilimdan iborat. 
Ilmiy nazariya quyidagi tarkibiy qismlardan tashkil topadi: 1) empirik asos: nazariyaga 
aloqador faktlar, ularga mantiqiy ishlov berish natijalari; 2) boshlang‘ich nazariy asos: 
nazariyaning asosiy tushunchalari, postulatlari (aksiomalari), fundamental qonunlar (prinsiplar); 
3) nazariyaning mantiqiy apparati: tushunchalarni hosil qilish va ta’riflash qoidalari, xulosa 
chiqarish (isbotlash) qoidalari; 4) olingan natijalar (xulosalar). 
Ilmiy nazariya oxir-oqibatda real tizimni, ob’ektni aks ettiradi, uning tabiatini tushuntiradi 
va shu ma’noda o‘zining empirik asosiga ega. Lekin empirik asosining mavjudligi nazariyaning 
barcha tushunchalari ifoda etadigan predmet va belgilarning hissiy idrok qilinishi yoki 
nazariyaning barcha hollarda mavjud hodisalarni, ularning real xususiyatlari va munosabatlarini 
aks ettirishini anglatmaydi. 
Nazariyada borliq, asosan, modellar yordamida ideallashgan holda in’ikos qilinadi. 
Ideallashtirish jarayonida mavjud ob’ektlar haqidagi empirik bilimga tayangan holda, haqiqatda 
mavjud bo‘lmagan va ba’zan mavjud bo‘lishi mumkin ham bo‘lmagan, lekin real mavjud 
predmetlarga ma’lum bir munosabatda o‘xshash ob’ektlar haqidagi tushunchalar hosil qilinadi. 
Masalan, mexanika echimini qidiradigan ko‘p masalalarda jismning shakli va o‘lchamlari (eni, 
bo‘yi, hajmi va shu kabilar) unchalik muhim ahamiyatga ega emas. Ayni bir paytda massa 
muhim ahamiyatga ega va shuning uchun ham massasi bir nuqtaga jamlangan xayoliy jism – 
moddiy nuqta hosil qilinadi. 
Barcha real mavjud jismlar shaklga va o‘lchamlarga ega, moddiy nuqta esa ideal ob’ekt 
bo‘lib, ba’zi masalalarni echishda real jismlarning o‘rnini bosadi, ularning nazariy bilishdagi 
ekvivalenti bo‘lib xizmat qiladi. Fizikadagi mutlaq qattiq jism, geometriyadagi nuqta, tekislik, 
to‘g‘ri chiziq va boshqa fanlardagi shu kabi ko‘p tushunchalar ideal ob’ektlarni ifoda qiladilar. 
Ideal ob’ektlar yordamida predmetning hissiy idrok etilmaydigan muhim xususiyatlari, 
munosabatlari o‘rganiladi. Ularsiz nazariy bilish o‘z oldiga qo‘yadigan maqsadiga erisha 
olmaydi. Nazariy bilishning zaruriy vositasi bo‘lganligi uchun ularni ba’zan nazariy ob’ektlar 
deb ham atashadi. 
Nazariya ideal xarakterga ega bo‘lgan tushunchalar, mulohazalar tizimidan – konsteptual 
tizimdan iborat bo‘lib, u real ob’ektning nazariy modelini ifoda qiladi. Masalan, mexanikadagi 
boshqa tizimlar ta’siridan ajratib qo‘yilib, yopiq tizim tarzida fikr qilinadigan mexanik tizim 


tushunchasi real ob’ektning nazariy modeli hisoblanadi. Uning yordamida real mavjud bo‘lgan 
mexanik tizimning harakat qonunlari o‘rganiladi. 
Nazariy modelning ideal xususiyatga ega bo‘lgan ob’ektlari, ularni aks ettiruvchi 
tushunchalar o‘rtasidagi aloqadorlik nazariyaning fundamental qonunlari, prinsiplarida o‘z 
ifodasini topadi. 
Mazkur qonunlar, prinsiplar boshlang‘ich tushunchalar va mulohazalar bilan birgalikda 
nazariyaning konsteptual o‘zagini tashkil etadi. Masalan, klassik mexanikaning negizini 
harakatning uchta qonuni hamda ular bilan bog‘liq bo‘lgan fazo, massa, vaqt, kuch, tezlik, 
tezlanish tushunchalari tashkil etadi. Klassik termodinamikaning asosini esa uning uchta muhim 
qonuni hosil qiladi. Matematik nazariyalarning konsteptual o‘zagi ularning asosiy tushunchalari 
va aksiomalarida o‘z ifodasini topgan. 
Har bir nazariya o‘zining tushunchalarini hosil qilish, ta’riflash qoidalariga ega. Bunga 
misol qilib formallashgan tilni yaratish qoidalari, mulohazalar mantig‘ini natural xulosa 
chiqarish tizimi sifatida qurish qoidalarini ko‘rsatish mumkin. Xuddi shuningdek, har qanday 
nazariya xulosalar tarzidagi o‘z natijalariga ega. 
Demak, ilmiy nazariyaning tarkibida uning har bir elementi o‘z o‘rniga ega. 
Ilmiy nazariya bilishda bir qancha muhim vazifalarni bajaradi. 
Birinchidan, nazariyada birorta sohaga oid barcha bilimlar yaxlit bir tizimga birlashtiriladi. 
Bunday tizimda, odatda, bilimlarning katta qismini nazariyaning nisbatan kamroq bo‘lgan 
boshlang‘ich tushunchalaridan keltirib chiqarishga harakat qilishadi. Ular matematikada 
aksiomalar, tabiatshunoslikda gipotezalar, deb yuritiladi. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad – 
qayd etilgan faktlarni ayrim boshlang‘ich prinsiplar, gipotezalarning natijasi sifatida talqin etish. 
Nazariy tizimda har bir fakt, har bir tushuncha, har bir qonun yoki faraz boshqalariga nisbatan 
o‘z o‘rniga ega bo‘lishi, ana shundan kelib chiqib, talqin qilinishi (yoki qayta talqin qilinishi) 
zarur. Talqin etish jarayonida mavjud nazariyalar hamda YAngidan qurilayotgan nazariyaning 
elementlariga murojaat qilinadi. Bu esa, bir tomondan, mavjud faktlarning tabiatini to‘g‘ri 
tushunishga yordam bersa, ikkinchi tomondan, bevosita empirik usul yordamida qayd etib 
bo‘lmaydigan YAngi faktlarni topishga imkon beradi. 
Ikkinchidan, nazariyani qurish berilgan sohaga oid bilimlarni aniqlashtirish, kengaytirish 
va chuqurlashtirishga yordam beradi. Buning sababi shundaki, nazariyaning boshlang‘ich 
asoslari – aksiomalar, postulatlar, qonunlar, prinsiplar, gipotezalar nazariyadagi boshqa ilmiy 
bilimlarga nisbatan mantiqan kuchliroq hisoblanadi. Ana shuning uchun ham nazariyani qurish 
mavjud bilimlarni tartibga solishdan, ya’ni koordinastiya qilishdangina iborat bo‘lib qolmaydi. 
Bunda mantiqan kuchli bilimlardan mantiqan kuchsiz bilimlar keltirib chiqariladi, ya’ni 
subordinastiya qilinadi. U esa mazmunan chuqurroq bo‘lgan tushunchalar, qonunlar, prinsiplarga 
murojaat qilishga, ular yordamida mavjud tushunchalarni talqin etishga, YAngi fundamental 
umumlashmalar hosil qilishga olib keladi. Masalan, Nyutonning harakatning uchta qonuni 
hamda butun olam tortishish qonuniga tayanadigan klassik mexanikasi Galileyning jismlarning 
erkin tushishi qonuni va Keplarning planetalar harakati qonunini tushuntirish va aniqlashtirish 
imkonini berdi. Xususan, Galiley qonunining jismning gravitastiya kuchi ta’sirida harakat 
qilishining juz’iy holini ifoda etishi ma’lum bo‘ldi. Gravitastiya ta’siridan tashqarida, ya’ni Er 
radiusi uzunligidan ortiq bo‘lgan masofada Galiley kashf etgan qonun amal qilmaydi. Xuddi 
shuningdek, Keplerning Quyosh sictemasida harakat qiluvchi planetaning elliptik orbita bo‘yicha 
harakat qilishi qonunining boshqa planetalarning ta’sirini hisobga olmasligi va ana shuning 
uchun ham unchalik aniq emasligi ma’lum bo‘ldi. 
Uchinchidan, nazariya o‘rganilayotgan hodisani ilmiy asosda tushuntira oladi. To‘g‘ri, 
birorta hodisani tushuntirish uchun, odatda, uni tavsiflaydigan qonunga murojaat qilishadi. Lekin 
shuni yoddan chiqarmaslik zarurki, fanda qonunlar o‘z holicha emas, balki ma’lum bir nazariya 
tarkibida mavjud bo‘ladi. Bunda empirik qonunlar ma’lum bir nazariy qonunlardan keltirib 
chiqariladi. Hatto, alohida olingan nazariy qonun ham hodisani tushuntirish uchun etarli 
bo‘lmasligi mumkin. Ilmiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, hodisaning mohiyatini tushuntirish uchun 
nazariyaning barcha g‘oyalari yig‘indisi, qonunlar jalb etiladi. 


Nazariyaning ilmiy bilishdagi alohida ahamiyati yana uning YAngi, ilgari kuzatilmagan 
hodisalarning mavjudligini oldindan ko‘rish imkonini berishidadir. Masalan, Maksvellning 
elektromagnit nazariyasi radio to‘lqinlarining mavjudligini oldindan aytishga imkon bergan. Bu 
to‘lqinlarni ancha vaqt o‘tgandan keyin G. Gerst eksperimental yo‘l bilan qayd etgan. Xuddi 
shuningdek, Eynshteynning umumiy nisbiylik nazariyasi gravitastiya maydonida yorug‘lik 
nurining og‘ishini bashorat qilishga olib kelgan. 
To‘rtinchidan, ilmiy nazariya o‘zida o‘rganilayotgan predmet sohasiga oid barcha bilimlar 
o‘rtasida mantiqiy aloqalarni o‘rnatgani, yaxlit bir tizimda mujassamlantirgani va 
umumlashtirgani uchun uning ob’ektiv haqiqatlik darajasi va demak, ishonchliligi ortadi. 
Beshinchidan, nazariya muammoni qo‘yish, gipotezalarni yaratish, qonunlarni 
shakllantirish, g‘oyalarni ilgari surish va asoslashdan iborat bilishning uzoq va mashaqqatli 
yo‘lini bosib o‘tishning natijasi bo‘lganligi uchun u bilishga xos qonunlarni aniqlash, ularni 
o‘rganish imkonini beradi. 
Nazariyani qurish murakkab jarayon bo‘lib, ko‘p hollarda bir qancha olimlarning 
hamkorlik qilishini taqozo etadi. 
Dastlabki bosqichda nazariyaning predmet sohasi va tadqiqot yo‘nalishi aniqlanadi. 
Amaliy hayotimiz ehtiyojlari, u bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan tadqiqot maqsadi va vazifalari bunda 
muhim ahamiyat kasb etadi. SHuningdek, predmet sohasi va tadqiqot aspektini aniqlashda 
berilgan sohaga oid bilimlarning ko‘lami, chuqurligi katta rol o‘ynaydi. 
Nazariyani qurishning keyingi zaruriy bosqichi boshlang‘ich asosni aniqlashdir. U 
o‘rganilayotgan sohaga oid eng asosiy tushunchalar, aksiomalar, gipotezalar yig‘indisidan iborat 
bo‘ladi. Nazariyaning boshqa barcha tushunchalari, gipotezalari va qonunlari ana shu boshlang‘ich 
asosdan deduktiv yo‘l bilan keltirib chiqariladi. Bunda, albatta, nazariyaning barcha tushunchalari 
– asosiylari va keltirib chiqariladiganlari, YAngidan hosil qilinadiganlari muhim g‘oya (yoki 
g‘oyalar tizimi) negizida birlashtirilishi kerak. 
Tabiiyki, nazariya ma’lum bir metod yordamida, ya’ni metodologik prinsiplar, usullarni 
qo‘llash asosida quriladi. 
Qurilgan nazariya bilishning keyingi bosqichlarida aniqlashtiriladi, YAngi faktik 
materiallar asosida mazmunan boyitiladi, qayta talqin qilinadi. 
Nazariyaning turlari 
Ilmiy nazariyaning juda ko‘p turlari mavjud. Ularni turli xil asoslarga ko‘ra tasniflash 
(turkumlash) mumkin. Xususan, qurilish metodiga ko‘ra nazariyalarni to‘rt turga ajratish mumkin: 
1) tajriba bilan ish ko‘radigan fanlarning mazmundor nazariyalari; 2) gipotetik-deduktiv (yoki 
yarim aksiomatik) nazariyalar; 3) aksiomatik nazariyalar; 4) formallashgan nazariyalar. 
«Mazmundor» nazariyalarda ma’lum bir sohaga oid faktlar tizimga solinadi, 
umumlashtiriladi va tushuntiriladi. Ular asosan tajriba natijalari, empirik materiallarga tayanadi, 
ularni tahlil qiladi, tartibga soladi va umumlashtiradi. Ana shuning uchun ham ularni «tajribaga 
tayanuvchi nazariyalar», deb atashadi. «Mazmundor» deb atalishiga sabab, ularni matematika va 
mantiqdagi formallashgan nazariyalardan farq qilishdir. Mazmundor nazariyalarni sof empirik 
nazariyalar deb bo‘lmaydi. Ular faqat empirik materiallargagina emas, balki nazariy qonunlarga 
ham tayanadi. Masalan, mazmundor, deb hisoblanadigan Ch. Darvinning evolyustiya nazariyasi, 
I.P. Pavlovning oliy asab faoliyatining shartli reflektorlik nazariyasi va shu kabilar chuqur 
nazariy g‘oyalarga suyanadi, ular yordamida to‘plangan materiallarni ratsional usul bilan 
anglaydi, qayta ishlaydi va tushuntiradi. 
Gipotetik-deduktiv nazariyalar tabiatshunoslikda uchraydi. U turli xil mantiqiy kuchga ega 
gipotezalar tizimidan iborat bo‘lib, unda mantiqan kuchlilaridan mantiqan kuchsizroqlari 
dedukstiya qilinadi. Gipotetik-deduktiv tizimni gipotezalar zanjiri (ierarxiyasi) tarzida olib 
qarash mumkin. Bunda empirik asosdan uzoqlashgan sari gipotezaning kuchi ortib boradi, 
chunki har bir keltirilib chiqarilgan gipoteza o‘zidan avvalgi gipotezalarda mavjud bo‘lgan 
bilimlarni sintez qilish natijasi sifatida gavdalanadi. 


Gipotetik-deduktiv nazariyalarning o‘ziga xos jihatlaridan biri undagi gipotezalarning 
darajalari bo‘yicha qat’iy izchil joylashishidir. Gipotezaning darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, 
xulosalarni mantiqiy yo‘l bilan keltirib chiqarishda uning ishtiroki shunchalik ko‘p bo‘ladi. 
Nazariyaning gipotetik-deduktiv modeli empirik materiallarni ishlashda ko‘p qulayliklarga ega 
bo‘lishi bilan bir qatorda ayrim kamchiliklardan ham xoli emas. Xususan, boshlang‘ich 
gipotezalar qanday tanlab olinishi kerak, degan savolga haligacha aniq, qat’iy holdagi javob 
yo‘q. Aksiomatik tizimlarda nazariya elementlarining katta qismi kichkina boshlang‘ich asosdan 
– asosiy aksiomalardan deduktiv yo‘l bilan keltirilib chiqariladi. Aksiomatik nazariyalar asosan 
matematikada quriladi. 
Aksiomatik metod birinchi marta Evklid tomonidan elementar geometriyani qurishda 
muvaffaqiyatli ishlatilgan. Mazkur geometriyaning asosiy aksiomatik tushunchalari «nuqta», 
«to‘g‘ri chiziq», «tekislik» bo‘lib, ular ideal fazoviy ob’ektlar sifatida olib qaralgan; 
geometriyaning o‘zi esa fizikaviy fazoning xususiyatlarini o‘rganuvchi ta’limot sifatida talqin 
qilingan. Evklid geometriyasining qolgan barcha tushunchalari ular yordamida hosil qilingan. 
Quyidagi misolga murojaat qilaylik: «Tekislikdagi bitta nuqtadan baravar uzoqlikda 
yotadigan nuqtalar to‘plamiga aylana deyiladi», unda «aylana» tushunchasi «nuqta va tekislik» 
tushunchalari yordamida hosil qilingan, ya’ni ulardan dedukstiya qilingan. 
Matematikaning taraqqiyoti davomida aksiomatik metod takomillashib borgan, uni qo‘llash 
mumkin bo‘lgan sohalar doirasi kengaygan. Xususan, asta-sekin Evklid aksiomalarining faqat 
geometrik ob’ektlarnigina emas, balki boshqa matematik va hatto, fizik ob’ektlarni ham tasvirlash 
uchun yaroqli ekanligi ma’lum bo‘ldi. Masalan, nuqtani haqiqiy sonlarning uchtasining to‘plami 
– to‘g‘ri chiziq va tekislikni, chiziqli tenglamalarni bildiradi, deb qabul qilinganda, mazkur 
nogeometrik ob’ektlar xossalarining Evklid geometriyasi aksiomalari talablariga javob berishi 
aniqlangan. 
Shuni aytish kerakki, aksiomatikaga bunday abstrakt tarzda yondashishga ma’lum bir 
darajada N.I. Lobachevskiy, B. Riman va boshqalar noevklid geometriyalarining yaratilishi 
yaxshi imkoniyat yaratdi. 
Hozirgi zamon matematikasida abstrakt aksiomatik tizimlar keng qo‘llaniladi. Bunday 
tizimlarning muhim xususiyatlari ularning yopiq tizimdan iborat bo‘lishi, ya’ni miqdor jihatidan 
cheklangan aksiomalar, tushunchalar, prinsiplardan tashkil topishi, ular qatoriga ixtiyoriy 
ravishda, asossiz Yangi aksiomalar, tushunchalarni qo‘shib bo‘lmaslik; tizimlarning mantiqan 
ziddiyatsiz va ma’lum bir darajada to‘la bo‘lishi va shu kabilardan iborat. Ana shuning uchun 
ham ular uzoq vaqt davomida o‘zining barqarorligini saqlaydi, Yangi bilim olishning ishonchli 
vositasi bo‘lib qoladi. 
Aksiomatika tabiatshunoslikda ham qo‘llaniladi. Tajriba bilan bog‘liq bo‘lganligi va shuning 
uchun ham zaruriy ravishda empirik talqinga muhtoj ekanligi sababli tabiatshunoslikning faqat 
o‘zagini tashkil etadigan tushunchalarnigina aksiomalashtirish mumkin. 
Abstrakt matematik strukturalar faqat aksiomatik tizimlardagina emas, balki formallashgan 
nazariy tizimlarda ham tasvirlanishi va tushuntirilishi mumkin. 
Formallashgan nazariyalar mantiqda keng qo‘llaniladi. Bunga misol qilib mulohazalar 
mantig‘i, predikatlar mantig‘ini ko‘rsatish mumkin. Shuningdek, u matematikada ham uchraydi. 
Nazariyaning yuqorida biz ko‘rib chiqqan turlari va boshqalari nazariy bilishning muhim 
vositalari sifatida fanda nihoyatda qadrlanadi. Ular tafakkurning strukturasi va qonuniyatlarini 
yaxshi bilib olishga imkon beradi. 

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling