Microsoft Word garoyib bolalar ziyouz com doc
Download 437.9 Kb. Pdf ko'rish
|
G\'aroyib bolalar
www.ziyouz.com кутубхонаси
25 deb o'ylab yurardim. — Bo’lmasa u bola senga kim bo'ladi? — deb so'radim. — Opam-ku u. Kiyimini ko'rib hamma uni o'g'il bola deydi. Hamma opalari shunaqa kiyinib yurisharkan. Sababini so'radim. — Dadamning ra'yi shu. — Xo'sh, nima qipti? Shunga ham xafa bo'lasanmi? Gapiga qaraganda, otasi o'g'il ko'rishni orzu qilarkan. To'ng'ichiga qiz tug'ilganda rosa ko'ngli o'ksib yuribdi. Ha, mayli, keyingisi o'g'il bo'lar, deb o'zini ovutibdi. Hatto irim qilib, chaqaloq tug'ilmas- danoq ismini o'ylab qo'yibdi. Tanlagan ismi o'g'il bolaniki ekan. Go'yo bola ismga qarab tug'iladigandek... Uning yana omadi kelmaptimi yoki aksiga olibmi, xullas, ikkinchisiga ham qiz ko'ribdi. Ota necha haftagacha kar-soqov bo'lib yuribdi. Tanish-bilishlari uni yupatib, «hali yoshsan, yana ko'p farzand ko'rasan», deydigan bo'lsa, «bular ham qiz bo'lsa nima qilaman», deb ich-ichidan kuyunarmish. Yana farzand ko'radigan bo'lishibdi. Uchalasi ham ketma-ket qiz bo'lmas axir. Ota shu umid bilan yana o'g'il bolaning ismini mo'ljallab qo'yibdi. O'ziga ishonib yuborganidan xotinini tug'ruqxonaga jo'natishi bilan oshna-og'aynilarini uyga chaqirib, ziyofat qilib beribdi. Ziyofat ayni qizib turganida tug'uruqxonaga tele-fon qilgan ekan, yana qiz ko'rganini aytishibdi. Buni eshitib hushi boshidan uchibdi. Lekin nomusi zo'rlik qilib, mehmonlarga buni bildirmabdi. Hammaga o'g'il ko'rdim, deb e'lon qilibdi. Xotini bilan qizlariga po'pisa qilib, birovga gullab qo'ymasliklarini qattiq tayinlabdi. O'g'iltalab ota o'ylab-o'ylab oxiri xotinidan ajralishga qaror qilibdi. U o'g'il tug'maydigan xilidan ekan, degan fikrda xotinini qo'yib, boshqasiga uylanibdi. Taqdirning taqozosini qaraki, yangi kelinchak bir yoia egizak qiz tug'ib beribdi... Oldingi xotini boshqa kishiga turmushga chiqib ketgan ekan, arslon-day o'g'il ko'ribdi. «Ahmoq ekanman, xotinimning endi o'g'il tug'adigan payti kelganda qo'yib yuborib, chakki ish qilgan ekanman», deb boyoqishning ichidan rosa qirindi o'tibdi. O'g'il dog'ida kuyib yurgan ota beshta qiz ko'rga-niga nomus qilibdi. Endi nima degan odam bo'ldim, oshna-og'aynimning yuziga qandoq qarayman, degan andisha bilan boshini olib, boshqa yurtlarga ketibdi. Oradan ancha vaqt o'tgandan keyin uyiga qaytib, ikkinchi xotinini ham taloq qilibdi. Hikmat bu tafsilotlarni boshqalardan eshitgan ekan, menga ham shu eshitganlarini gapirib berdi. O'g'il ko'rishni niyat qilib olgan bu odam endi bir beva xotinga uylanibdi. Beva uchta o'g'il ko'rgan ekan, shuning uchun o'g'il tug'ishning qonun-qoidasini bilsa kerak, deb o'ylabdi. Karnay-surnay bilan to'y qilishibdi. Er yana bir ismni tanlab, orzu-umid bilan xotinini tug'uruqxonaga kuzatib qo'yibdi. Bu gal ham oshna-og'aynilariga katta o'tirish qilib beribdi. Dam- badam dasturxon tepasidan turib, tug'uruqxonaga telefon qoqarmish. Xullas, yarim kechaga borganda natija ma'lum bo’libdi. Qovoq-tumshug'i osilibdi-yu, lekin sirni boy bermabdi. Mehmonlar: — Ha, qalay, o'gilmi, holva? — deb so'rashgan ekan: — Erkakning xo'roziga xo'roz munosib-da, ha! — debdi kerilib. Ammo boyoqishning ichiga chiroq yoqsa yorimasdi o'shanda. Dugonam Hikmat shu zaylda dunyoga kelgan ekan. Oltinchisiga ham qiz ko'rgan sho'rlik ota noiloj keyingisidan umid qilishga majbur bo’libdi. Peshonasi sho'r ekanmi, yana umidi puchga chiqibdi — qiz ko'rishibdi. Shundan keyin ancha vaqt xotini tug'may yuribdi. Eri endi bo'ldi, qo'yaman, deb yurganida xotini yana og'iroyoq bo’libdi. — Yana qiz tug'adigan bo’lsang, o'shanaqasi ketaver, uyga qaytib kelma! — deb po'pisa qilibdi eri uni tug'uruqxonaga eltib. Hikmatning onasi ham: «Ilohim o'g'il bo’lsin», deb ko'p zorlanibdi-yu, ammo duosi ijobat bo’lmabdi. Yana qizmish. Bunisiga Suad degan ismni tanlab qo'yishgan ekan. Suad bo’lsa Suad-da! O'g'il bola-gayam, qiz bolagayam bo’laveradi bu ism. Hikmatning onasi tug'uruqxonaning bosh hamshi-rasiga yig'lamoqdan beri bo’lib ahvolini tushuntiribdi. Mabodo erim telefon qilib qolsa, qizligini aytmang, deb yalinibdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling