Microsoft Word garoyib bolalar ziyouz com doc


Download 437.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/75
Sana01.10.2023
Hajmi437.9 Kb.
#1690390
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   75
Bog'liq
G\'aroyib bolalar

www.ziyouz.com кутубхонаси 
21
Usmon Lining oldiga bordi. 
— Bolalar, ikki kun oldin men tabiat darsi bo'yicha sizlardan yozma ish olgan edim. Esingizdami? 
Mana hozir sinfdoshingiz Usmon yozgan ishini hammamizga o'qib beradi. 
Usmon lavlagidek qizarib ketdi. 
— Qani, o'qib ber-chi! Nima yozgan bo'lsang, barini o'qi! Savollarni ham qo'shib o'qi! — deb 
o'qituvchi qo'lidagi ishni unga uzatdi. Usmon noiloj o'qiy boshladi. 
«Savol 1. Shamol nima? U qanday hosil bo'ladi?
Javob. Havo isigandan keyin uning hajmi kengaya-di, og'irligi kamayadi, natijada u tepaga 
ko'tariladi». 
— O'qi, o'qi, davomini o'qi! 
— Tepaga ko'tarilgan shamol... shamol... shamol... Usmon g'oidirab qolgan edi, o'qituvchi 
o'shqirdi: 
— Ha, shamolga nima qipti?! 
— 
Shamol «Galatasaroy» komandasiga ko'p halaqit berdi. O'yinning birinchi yarmida 
«Galatasaroy» komandasi shamolga qarshi o'ynadi. Lekin shunga qaramay galatasaroychilar chiroyli 
kombinatsiyalar ishlatib, zo'r mahorat ko'rsatishdi. O'yin juda shiddatli bo’ldi. «Anqarakuchi» 
komandasi galatasaroychilarning hujumiga bardosh berolmadi. Qattiq kurash vaziyatida o'tgan bu 
o'yinda «Galatasaroy» futbol komandasi 2:1 hisobi bilan yutib chiqdi. 
«Savol 2. Bo'ron deb nimaga aytiladi? 
Javob. Sekundiga yigirma metrdan ko'p tezlik bilan esadigan shamol bo'ron deb ataladi. 
«Galatasaroy» komandasi «Mitxatposho» stadionida chinakam bo'ron yasab turgan edi. Ammo sudya 
o'z vazifasini yaxshi eplolmadi. Metin Shukriga bo'rondek hamla qilgan edi, Shukri oyog'ida turolmay 
yiqilib tushdi. Sudya buning uchun penalti berdi. Stadionda o'tirgan futbol ishqibozlari bundan qattiq 
g'azablandilar». 
Kulgidan o'zimizni zo'rg'a tiyib o'tiribmiz. Oramizda piqirlab kulganlar ham bo'ldi. Usmonning ovozi 
titray boshladi. Xijolatpazlikdan yig'lab yuboradigan holi bor. 
— Bu nima qilganing, Usmon? 
Usmon o'qituvchiga javob berish o'rniga yuzini teskari oldi. 
— Men seni yaxshi o'quvchim deb bilardim. Bu ishni sendan kutmagan edim. Bor, joyingga o'tir! 
Rostini aytsam, Usmon qo'lga tushganidan ich-ichimdan xursand bo'ldim. 
— Xo'sh, qalaysan endi! — deb tanaffusda uni mayna qildim. — Yozma ishlarimizni tekshirar 
ekanmi? 
Ittifoqo o'sha kuni kechqurun uyimizga mehmon keldi. Oyimning dugonasi ekan. Men uni ilgari 
hecham ko'rmaganman. Mehmon qaysi maktabda, nechanchi sinfda o'qiysan, deb mendan so'rab 
qoldi. Men javob berdim. 
— Mualliming yaqin do'stim bo'ladi, — dedi u javobimni eshitgach. Keyin oyimga o'girilib, qiziq 
gapni aytib berdi. 
— Kecha bir ko'rib o'tay, deb o'shaning uyiga borgan edim. Antiqa bir ish bo’ldi. Stolining ustida 
bir quchoq qog'oz uyulib yotgan ekan. Bu nima, deb so'rasam, o'quvchilarimning yozma ishi, dedi. 
Shuncha ishni qachon o'qib chiqasan, ulgurmaysan-ku, deb hayron bo'ldim. «Ajoyib o'quvchilarim 
bor. Birortasining daftarini beraymi, o'qib ko'rasanmi?» — deb qoldi. Tanlab-tanlab, birini uzatdi. 
Bolaning xati chiroyli ekan, juda ravon yozibdi. Sarlavhalarning ostini rangli qalam bilan erinmay 
chizib chiqibdi. Muhim so'zlarning ostiga ham qalam tortilgan. Yozma ish shamol haqida ekan. Ozgina 
o'qishim bilan og'zim ochilib qoldi. Bolasi tushmagur shamolni tushuntirib berish o'rniga, «Galatasaroy 
— Anqarakuchi» komandalari o'rtasidagi futbol o'yinini ta'riflabdi. O'ziyam toza miriqib kuldim. 
Do'stim hayron bo'ldi. Nega kulayotganimni so'radi. Yozma ishni o'ziga berdim. O'qib chiqdi-yu, tepa 
sochi tik bo'lib ketdi. Men uni yaxshi o'quvchim deb yurardim. Shu ishni qiladi, deb o'ylamovdim, 
dedi. 
Usmon yana haq bo'lib chiqdi. Ochig'ini aytsam, men ham o'qituvchimizdan shu ishni kutmagan 


G’aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin 

Download 437.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling