Microsoft Word garoyib bolalar ziyouz com doc


Download 437.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/75
Sana01.10.2023
Hajmi437.9 Kb.
#1690390
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   75
Bog'liq
G\'aroyib bolalar

www.ziyouz.com кутубхонаси 
20
Usmon darrov hisoblab chiqdi. Ma'lum bo'lishi-cha, hamma yozma ishlarni ko'rib chiqish uchun 
kamida o'n bir soat vaqt kerak bo'larkan. O'qituvchimiz kechasi bilan uxlamay o'qigan taqdirda ham 
bunga vaqti yetmas ekan. 
Buni eshitib, bolalar churq etmay qolishdi. 
— Harholda o'qisa keragov, — dedim jimlikni buzib. 
— Ha, albatta, yozma ishlarimizni ko'rishga ko'radi, — javob berdi Usmon. — Lekin hammasini 
emas, tanlab ko'radi. 
Oradan bir-ikki kun o'tgan edi, qizlardan biri menga: 
— Usmonning taxmini to'g'riga o'xshaydi, — deb qoldi. Keyin bir voqeani aytib berdi. 
Dugonamning uyi o'qituvchinikiga yaqin ekan. Ertalab maktabga kelayotganida birdan shamol 
ko'tarilibdi. Bundoq qarasa, yerda har xil qog'ozlar sochilib yotganmish. Kerakli narsa bo'lmasin tag'in, 
degan xayolda u engashib bir varaq qog'ozni olibdi. Bundoq o'qib qarasa, o'zining kechagi yozma ishi 
emish. Oldiniga hayron bo’libdi. Bu yerga qayerdan kelib qoldiykin, deb atrofiga alanglabdi. Keyin 
o'qituvchimizning uyi oldidagi axlat qutisiga ko'zi tushibdi. Quti to’la qog'oz emish. 
— Ishonmasang, mana, o'zing ko'r! — deya u menga qo'lidagi g'ijim qog'ozni uzatdi. 
— Yozma ishlarimizni ko'rib chiqqandan keyin biror yerga tushlaydi-da. Nima, ularni sandiqqa 
bisot qilib bosib qo'ysinmi? — dedim pinagimni buzmay. 
Tarix darsi edi. 
— Hozir o'qituvchimizni bir sinab ko'raman. Qani, yozma ishlarni ko'rarmikin yoki yo'qmi, — deb 
qoldi bir payt Usmon. 
— Nima qilmoqchisan? 
— Keyin ko'rasan. 
— O'qituvchimiz savollarni doskaga yozdi. Hammasiga yozma javob berishimiz kerak. Mana, o'sha 
savollar: «Daftardor, nishonchi, beglarbegi, ajami o'g'lon deb kimga aytilgan? Sulton Ibrohim davriga 
tushuntirish bering». 
Usmon tanaffusda nima ish qilganini gapirib berdi. Rosa kulishdik. Gapiga qaraganda, u sulton 
Ibrohim davriga tushuntirish berayotganida ozgina to'g'ri gap qilibdi-da, buyog'ini ichidan to'qibdi. 
Keyin sulton Ibrohimga atab bir xat yozibdi. Xatning boshiga: «Tentaklarning tentagi bo'lgan sulton 
Ibrohim tog'a!» deb yozib qo'yibdi. 
Shundan keyin boshqa savollarga o'tibdi. Yozgan javoblari shu emish. 
«Beklarbegi — Bosfor bo'yidagi bekatning nomi». 
«Daftardor — daftari bor odam». 
«Nishonchi — mergan degani. Sinfimizdagi Chetin degan bolaning laqabi shunaqa. Biz uni ko'r 
mergan, deb chaqiramiz. Chunki futbol o'ynab qolsak, darvoza bir chekkada qolib, u nuqul to'pni 
derazaga qarab tepadi. Uning dastidan maktabda butun oyna qolgani yo'q». 
«Ajami o'g'lon — sinfimizdagi Rizo degan bolaning naq o'zi. Hecham lanka o'ynashni bilmaydi. 
Nuqul bizga malaylik qilgani qilgan». 
Usmonning gaplariga uncha ishonmadik. Harholda aravani quruq olib qochgan bo'lsa kerak. 
Ertasiga u toza hadiksirab yurdi. Ikki-uch kungacha yuragini hovuchlab turdi-yu, lekin o'qituvchi 
bir og'iz bir nima demaganidan keyin ancha o'zini bosib oldi. Shu-shu u ko'zbo'yamachilikka o'rganib 
qoldi. Aytishicha, savollarga bir-ikki qator to'g'ri javob berarkanda (o'qituvchining ko'zini shamg'alat 
qilish maqsadida), buyog'iga xohlagan narsasini yozaverarkan. 
Usmon bizni laqillatyapti, deb o'ylab yiirgan edik, lekin kechagi voqeadan keyin sira shubha 
qolmadi. 
Voqea bunday bo'ldi. Birinchi darsga kirib, sinfda o'tirgan edik. Saldan keyin eshik ochilib
o'qituvchiniiz kirib qoldi. Doim xushchaqchaq yuradigan odamning bugun qovog'idan qor yog'ilib 
turibdi. «Salom, bolalar!» deb o'dag'aylaganicha joyiga borib o'tirdi. 
— Qani, Usmon, o'rningdan tur-chi! Usmon joyidan qo'zg'aldi. 
— Yaqinroq kel! 


G’aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin 

Download 437.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling