8-Laboratoriya mashg`uloti Mavzu: Yurakning utkazuvchi sistemalarini tahlil kilish ( Stannius tajribasi). Baqa yuragini turli qismlarini avtomatiya darajasini o'rganish – stannius tajribasi. Ishdan maqsad
Download 22.63 Kb.
|
1 2
Bog'liq8-Laboratoriya mashg`uloti (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ish anjomlari.
8-Laboratoriya mashg`uloti Mavzu: Yurakning utkazuvchi sistemalarini tahlil kilish ( Stannius tajribasi). Baqa yuragini turli qismlarini avtomatiya darajasini o'rganish – stannius tajribasi. Ishdan maqsad: quyidagilarni isbotlovchi Stannius tajribasini takrorlash. 1. Asosiy avtomatiya markazlarini joylashishi. 2. Avtomatiya gradientini mavjudligi. 3. Yurak avtomatiyasi markazlarini joylashishi. Yurak ritmik ravishda qisqarishlarni ta'minlovchi impulslar yurakning o'zida hosil bo'ladi. Yurakni qisqartira oladigan impulslar dastlab qaerda hosil bo'lgan? Uning hamma qismlari ham bir xil avtomatiya darajasiga egami? Kabi savollarga birinchi marta Stannius tajribasi javob beradi. Bu tajriba ketma–ket yurak qimslarini bir – biridan ajratib qo'yuvchi 3 ta ligatura qo'shishdan iborat. Tajriba boshlanmnsdan avval baqa yuragini tuzilishi bilan tanishib chiqmoq kerak. U ikkita bo'lmacha va qorinchadan iborat bo'lib, uning bo'lmachaga venoz sinusi yondosh turadi. Ish anjomlari. Preparovka uchun asboblar yig'indisi, Sekundomer, Ringer eritmasi, baqa. Ishning borishi: baqani harakatsizlantirib, yuragi ochiladi va har bir qismining qanday ketma – ketlikda qisqarayotgani kuzatiladi. Yurakning bir minutdagi qisqarishlari sanaladi va Stanniusni birinchi ligaturasi quyiladi. Bu ligatura (yoki ip desa ham bo'ladi) venoz sinusi tuguni ajratib qo'yiladi, ya'ni sinus bilan bo'lmachalar o'rtasiga qo'yiladi, ya'ni sinus tuguni ajratib qo'yiladi. Natijada sinusdagi impulslar bo'lmachalarga o'ta olmaydi. Nima yuz bergani kuzatiladi va sinusning qisqarishlari soni yozib olinadi (sanaladi). Bunda sinus avvalgi ritmida qisqaraveradi, bo'lmachalar va qorinchalar esa to'xtab qoladi. Bir necha vaqtdan keyin ularning ham avtomatiya darajasi namoyon bo'ladi, lekin pastroq ritmda. Buning uchun kamida 10 minut vaqt ketishi sababli kutib o'tirilmnsdan, ikkinchi ligaturani qo'ya boshlash mumkin. Stanniusni ikkinchi ligaturasi atrioventrikulyator tugun sohasiga, ya'ni bo'lmachalar bilan qorinchalar o'rtasiga qo'yiladi. Agar ligatura to'g'ri qo'yilgan bo'lsa qorinchani qisqarishi darhol tiklanadi. Odatda, atrioventrikulyator tugun avtomatiyasi sinusnikiga nisbatan ikki marta kamroq (bu avtomatiya gradienti deb ataladi). Agar ligatura atrioventri kulyator tugundan yuqoriga qo'yilsa, unda avtomatiya markazi faqat bo'lmachalarga qaratilgan bo'lib, qorincha qisqarmay turaveradi. Stanniusning uchinchi ligaturasi qorinchani pastki bo'lma sohasiga qo'yiladi, ya'ni yurakning uchi ajratib qo'yiladi bunda yurak uchi avtomatik markazlardan ajratilgan bo'lib, o'zi avtomatiya xususiyatidan mahrumligi isbotlanadi. Tajriba yonida ko'rgazmaliroq chiqish uchun uchinchi ligatura o'rniga yurak uchini kesib ko'rsatish ham mumkin. Kesib olingan yurak uchi qisqarmaydi, kesilmay qolgan qismi esa qisqarishda davom etadi. Demak, yurak uchi qo'zg'aluvchanlikka ega bo'lsada, lekin avtomatik xususiyati yo'q. Download 22.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling