Ishni rasmiylashtirishga doir tavsiyalar. Bog'lamlar qo'yish sxemalarini chizing. Venoz sinusi, bo'lmacha va qorincha qisqarishlari chastotasini o'zgarishi jadvalini har bir qo'yilgan bog'lamdan so'ng tuzing.
Baqa yuragini turli bo‘limlarining avtomatizm darajasini o‘ganish. (Stannius tajribasi).
Ishning maqsadi: Avtomatiya markazlarining joylashuvini va yurak avtomatiyasida sinus tuguni boshqaruvchi rol‘ o’ynashligini isbot etish.
Ishni olib borish uchun zarur bo‘lgan jihozlar: Jarrohlik asboblar yig’indisi, preparoval taxta, ipakli iplar, sovuq qonlilar uchun fiziologik yoki Ringer eritmasi, baqa.
Ishni bajarish tartibi; Baqaning bosh va orqa miyasini jarohatlab, harakatsizlantirilgan baqa tayyorlang va uni jarrohlik taxtaga qornini yuqori qo’yib shu taxtaga mustahkamlab qo’ying. Qornini ko’krak qismidan qirqib, yuragi topiladi va perikarddan ajratiladi.Yurakning har minutda qisqarish soni aniqlanadi. Yurakning uchidan ushlab sekin yuqoriga ko’tariladi va uning bog’lami qirqiladdi, venoz sinusini yurak bo’limlaridan ajratib turgan oqroq qismini topiladi. Aorta yoyining ostidan ipakli ipni o’tkazib, yurakni tepaga ag’darib, venoz sinusi bilan bo’limlar o’rtasidagi chegaradan ligatura o’tkaziladi. Ligatura o’tkazilgandan so’ng yurak diastola fazasidan to’xtaydi, venoz sinusi bo’lsa o’zining ilgarigi ritmidek ishlayveradi. Ikkinchi ligaturani bo’lmalar bilan qorinchalarnnng o’rtasidan oq yo’lli joydan o’tkaziladi. Yurak o’zining qisqarishini qaytadan tiklaydi, lekin qisqarish ritmi ikki marta kamayadi. Yurakning qisqarish sonini aniqlanib, uchinchi ligaturani yurakning uchidan o’tkaziladi. Lekin bu holatda yurak uchi qisqarmaydi.
Yurak bo’limlari Ligatura o’tkazgandan so’ng yurak qisqarish chastotasi
Venoz sinusi
|
|
|
|
Bo’lmalar
|
|
|
|
Qorinchalar
|
|
|
|
Yurak uchi
|
|
|
|
|
|
|
|
Topshiriq: Baqa yuragidan ligatura o’tkazish sxemasini chizing va kuzatilgan holatni jadvalga yozing:
1. Stannius tajribasi nimani tasdiqlaydi?
2. Baqa yuragining avtomatiya gradienti qanday?
Do'stlaringiz bilan baham: |