Microsoft Word garoyib bolalar ziyouz com doc
Download 437.9 Kb. Pdf ko'rish
|
G\'aroyib bolalar
Fidoyi bolalar Istanbul, 30-noyabr, 1963-yil. Qadrli Zaynab! Xatingni olganimga ikki kun bo'ldi. O'sha kuniyoq javob yozgim bor edi-yu, lekin o'qituvchi uyga ko'p vazifa berib yuborgani uchun ulgurolmadim. Shunga ko'ra endi javob yozyapman. Yangi o'qituvchi menga ma'qul bo'lib boryapti. Direktor sinfimizga kirib qolganda, Damir nima hunar ko'rsatganini senga aytib bergan edim. O'shanda hammamiz Damirning sho'ri quridi, deb o'ylagan edik. Yo'q, o'qituvchi unga hech qanday chora ko'rmadi. O'zimning ham o'takam yorilib yurgan edi. Aksi bo'lib chiqdi. Hozir u men bilan juda yaxshi munosabatda. So'nggi paytlarda fidoyilik mavzusi o'qituvchi-mizning og'zidan tushmy qoldi. Fidoyilik haqida eshitgan-bilgan gaplarini aytib beradi-da, keyin: — Xo'sh, buni qandoq tushundinglar? Bu haqda nima deysiz? Qissadan hissa nima? — deb bizdan fikr so'raydi. O'qituvchimizga men nega ma'qul kelib qolganimning sirini aytaymi? Men hamisha uning ko'nglidagi gapni topib aytaman — qissadan chiqadigan hissani topib gapiraman. U hikoyasini boshlashi bilanoq ko'zlangan muddaoni sezib olaman-da, so'raganda darrov javobni yopishtiraman. G’aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin www.ziyouz.com кутубхонаси 16 Bundan u juda mamnun. Har safar javobidan keyin: «Ofarin, Ahmad!» deb qo'yadi, so'ngra: — Sizlar ham hayotda mana shunday fidoyi bo’linglar, bolalar! — deb butun sinfga o'git beradi. Kunlardan birida shu mavzuda qattiq tortishib qoldik. O'qituvchining ko'ngliga qarab javob beraverish meni nihoyatda zeriktirib yubordi. Bir hikoya aytib bergan edi, shuni o'z bilganimcha ta'riflamoqchi, bu haqda o'zimning fikrimni bildirmoqchi bo'ldim. Bunisi ham fidoyilik haqida edi. Men senga uning qisqacha mazmunini gapirib beray. Urush payti. Qishloq maktabi. Qishloqda bizning askarlarimiz turibdi. Bizlar tengi bir bola dushmanni ko'rishi bilan askarlarimizga xabar qilishi kerak. U shu haqda topshiriq oladi. Bola bir daraxtga chiqib olib, kuzatib turadi. Uzoqdan dushman ko'rinadi. Bolakay shosha-pisha yerga tushib, qishloq tomonga yuguradi. Yo'lda o'q yeb yaralanadi. Ammo shunga qaramay chopib ketaveradi. Qishloqqa yetib olgach, komandirga dushman kelayotganini aytadi va yiqiladi. Shu yerning o'zida joni uziladi. — Qani, Ahmad, tur o'rningdan, — dedi o'qituvchi odati bo'yicha. — Xo'sh, bu hikoyaning biz uchun qanday tarbiyaviy ahamiyati bor? — Oldin bitta savolim bor, afandim, — dedim o'rnimdan turib. — Shu voqea chindan ham bo'lganmi o'zi yoki fidoyilikka namuna sifatida uni kattalar ichidan to'qiganmi? O'qituvchi mendan buni kutmagan edi. Shuning uchun ancha dovdirab qoldi. Nima deyishni bilmay biroz o'ylanib turgach: — Bu bilan nima demoqchisan?— dedi jahl aralash. — Birov buni ichidan to'qiganmi yoki bo'lgan voqeami — senga buning nima daxli bor? — Agar shu bo'lgan voqea bo'lsa ishonish qiyin. — Nimaga? — Dushmanni kuzatib turish — bu muhim topshiriq. Kelib-kelib o'n bir yashar bolaga shu ish topshiriladimi? Nima, boshqa odam yo'qmidi? Men shunisiga hayron bo'lib turibman. Qolaversa, bolalarning kelajagi uchun hayot-mamot jangi ketayotgan bir paytda yosh bolaga harbiy topshiriq berib, uni... — Bu shunchaki badiiy bir hikoya, albatta, — dedi o'qituvchi so'zimni bo'lib. Keyin butun sinfga murojaat qildi: — Xo'sh, Ahmadning gapi to'g'rimi? Sizlar nima deysiz? Qiy-chuv ko'tarildi. «Noto'g'ri, noto'g'ri», degan ovozlar eshitildi. Chingiz degan bola dik etib o'rnidan turdi. — Bizlar ham fidokor bo'lmog'imiz kerak, afandim. Hikoya bizni shunga o'rgatadi. Xuddi aqlli gap aytganday kerilib menga qarab qo'ydi. Mening yonimni olgan yolg'iz Damir bo'ldi. — Men ham Ahmadning fikriga qo'shilaman, afandim. O'qituvchi yana butun sinfga yuzlandi: — Qani, aytinglar-chi, nima uchun Ahmad bilan Damirning fikri boshqa? Chingiz yana sapchib turib, chiyillab ketdi: — Ularga tekkan kasal bu, afandim. Doim o'zlarini ko'rsatmoqchi bo'lishadi. Shu payt tanaffusga qo'ng'iroq chalinib qoldi. — Bu haqda tanaffusdan keyin yana gaplashamiz - dedi o'qituvchimiz chiqa turib. Zaynab, rostini aytsam, shu topda qo'ng'iroq chalinib qolganiga juda suyundim. Aks holda qizishib ketib, o'qituvchimizga biror og'ir gap aytib qo'yishim ham mumkin edi. Darsdan chiqdik. «Ha, bilag'on, qalaysan endi!» — dedi Chingiz kesatib. «Bedavo kasalga yo'liqqan!» — deb Salima yana yaramga tuz sepdi. Kim biladi, balki chindan ham katta ketvorgandirman. Ammo hikoyaning o'zi menga yoqmagan bo'lsa nima qilay axir... Fidoyilik haqida juda ta'sirchan qilib yozilgan edi u aslida. Hikoya hammamizga shu qadar singib ketibdiki, katta tanaffusda hovliga chiqib «urush-urush» o'ynadik. Bolalar daraxtlarning tepasiga chiqib olishdi. O'sha yerdan turib dushmanga qarata pulemyotlardan tarillatib o't ochildi. Hovlidagi daraxtlar bizga kamlik qilib qoldi. Ba'zilarimizga kuzatish nuqtasi yetmadi. Men derazadagi panjaraga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling