Microsoft Word garoyib bolalar ziyouz com doc


Download 437.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/75
Sana01.10.2023
Hajmi437.9 Kb.
#1690390
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   75
Bog'liq
G\'aroyib bolalar

 
 
 
 
 


G’aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
12
Ishlagan — tishlaydi 
 
Anqara, 26-noyabr, 1963-yil.
Do'stim Ahmad! 
Menga hamisha shunaqa uzundan uzoq xatlar yozaver. Xo'pmi? Uzundan uzoq deganimni 
ko'nglingga olma, aslida uni bir zumdayoq o'qib chiqdim. Sinfda bir-ikki bolaga ham o'qib bergan 
edim, toza miriqib kulishdi. 
Bu tomonlarda salqin tushib qoldi. Endi oldimizdagi maydonda o'ynamay qo'ydik. Maktabdan 
kelib, darslarimni tayyorlayman, oyimga qarashib yuboraman. Opamning bunaqa ishlarga hushi yo'q. 
Supurgini ko'rsa o'takasi yoriladi. Uning eng yaxshi ko'rg'an ishi — oshxonaga kirib olib, pirojniy yoki 
keks pishirish. Ammo opam oshxonaga kirsa, oyim yurak o'ynog'ida yuradi. Nega deganda, opam bir 
kun oshxonaga kirgudek bo'lsa, oyim bir haftagacha qiynaladi — hamma narsa ostin-ustin bo'lib 
ketgani uchun qo'ygan buyumini joyidan topolmaydi. 
Shu opamni uzatmoqchi bo'lib yurishuvdi, fotihasi buzildi. Keyingi paytlarda uyimizda hammaning 
og'zida shu to'y masalasi edi. Ukam Metinning bir og'iz so'zi opamning fotihasini buzdi-qo'ydi... 
Ba'zan kechqurunlari dadamning o'rtoqlari biznikiga to'planishadi yoki biz ularnikiga chiqamiz. 
Xullas, haftada kamida ikki kun mehmondorchilik bo’ladi. To'rt og'ayni bir joyga yig'ildi deguncha, 
darrov Zaynalbeydan gap ochiladi. Zaynalbey deganlari — bu dadamlar ishlaydigan idoraning 
xo'jayini. 
— Jonimga tegdi shu gap. Nuqul Zaynalbey, Zaynalbey deysizlar. Boshqa gap qurib qolganmi 
axir, — deydi oyim norozi bo'lib. 
Shundan keyin gap boshqa mavzuga ko'chadi. Lekin oradan sal o'tmay yana Zaynalbey tilga 
tushib qoladi. Hammalari uni yomonlab ketishadi. 
Zaynalbeyning yana ikki-uch joyda idorasi bor ekan. O'zi juda badavlat emish. Buning ustiga mol-
dunyosi kun sayin ortib borayotganmish. Zaynalbey aslida ishlamaydigan, qovoqbosh bir odam ekan. 
Boshlang'ich maktabni zo'rg'a amal-taqal qilib bitirgan ekan. 
Dadamning oshnalaridan biri Zaynalbeyga elat bo’larkan. O'sha bir voqeani gapirib berdi. 
— Zaynalbey aslida bizdan o'n yosh katta, — dedi u. — U uchinchi sinfda o'qib yurganida, men 
endigina maktabga qatnay boshlagan edim. Demak, bir sinfda necha yildan o'tirib chiqqanini 
xomcho't qilib chiqish mumkin. Men boshlang'ich maktabni bitirganimda u hamon to'rtinchi sinfda 
o'qirdi. «O'g'ling shu yerning o'zidan domla-imom bo'lib chiqadi», deb odamlar uning otasini kalaka 
qilishardi. O'sha kezlari Zaynalning soqol-mo'ylovi sabza urib, yigitcha bo'lib qolgan edi. Bir kuni deng
maktabga inspektor kelib qoldi. To'g'ri Zaynal o'qiydigan sinfga kiribdi. O'qituvchisi yoshgina yigit 
ekan. Inspektor bundoq qarasa, mo'ylovli Zaynal o'tiribdi-yu, yoshgina yigit tik turibdi. «Nega 
o'rningdan turding, o'g'lim, o'qituvching hech nima demadi-ku», — debdi inspektor o'qituvchi yigitga. 
U o'sal bo'lib, qip-qizarib ketibdi. Zaynalday befarosat, qovoqbosh bolani ko'rmaganman. 
— Nima, hozir o'zgarib qolganmi? Ilgarigidan beshbattar miyasi suyulib ketgan-ku, — deydi 
dadam. 
«Kunduzi chiroq yoqib topib bo’lmaydigan ovsar», «Tentaklar ichida dunyo chempioni...» Va 
hokazo, va hokazo. 
— Sendan o'qib odam chiqmaydiganga o'xshaydi, yaxshisi, ko'zim tirikligida yonimda yur, savdo-
sotiqni o'rgan, — deb otasi uni maktabda qaytarib olibdi. Shu-shu Zaynal savdo ishlariga sho'ng'ib 
ketibdi. Tez fursatda katta boylik orttiribdi. 
Ularning gapiga qaraganda, Zaynalbey o'taketgan dangasa, alifni kaltak deyolmaydigan 
qovoqbosh odam bo'lsayam, uning zo'r bir qobiliyati bor ekan — u odam ishlatishni qiyvorarkan. 
Zaynalbeyning qo'sha-qo'sha idora va shirkatlarida bir talay me'mor, injener, advokat, vrachlar 
ishlarkan. 
— O'qimagan ham ma'qul ekan. Xo'sh, bizlar o'qib nima bo'ldik? Oxiri shu savodsiz Zaynalbeyga 


G’aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin 

Download 437.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling