Microsoft Word garoyib bolalar ziyouz com doc


Download 437.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/75
Sana01.10.2023
Hajmi437.9 Kb.
#1690390
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   75
Bog'liq
G\'aroyib bolalar

www.ziyouz.com кутубхонаси 
15
olaman. 
Metin joyiga kirib ketdi. Gapining oxirini o'sha yerdan eshitdik. 
Dadamning ko'ngli buzildi. 
— Mayli, o'g'lim, bilganingni qil. O'qiging kelmayotgan bo'lsa, mayli, o'qima. 
Hozircha xo'p deyaylik, degan ma'noda o'rtoqlariga ko'zini qisib qo'ydi. 
Oyim Metinni yuz-qo'lini yuvishga olib ketdi. 
— Hamma ayb o'zimizda,— dedi dadamning o'rtog'i.— Bola-chaqaning oldida andisha qilmay 
gapiraveramiz. Bular bor joyda hamma gapni ham gapirib bo'lavermaydi. 
Shu yerda o'tirgan xotini unga ko'zi bilan meni imo qilib ko'rsatdi. 
Yana biri luqma tashladi: 
— Jiyanning gapida jon borga o'xshaydi. Chindan ham shuncha yil o'qib, biz nima bo'ldik... Zaynal 
beyga yollandik, xolos. 
Metinning xulqi nega o'zgarib qolganini oyim ouan dadam yaxshi bilishardi. Hammasiga 
Zaynalbeyning o'g'li, ya'ni opamning bo'lajak qallig'i sabab bo'ldi. Shu voqeadan keyin oradan bir 
necha kun o'tgach, fotihani buzishdi. Opam ishga kirdi. Hozir binoyidek ishlab turibdi. O'ziyam 
bolg'usi kuyov bolaga ko'ngli yo'qroq ekanmi, harholda hozirgi mus-taqil hayotidan mamnun 
ekanligini ko'rib yuribman. 
Metin ichidagi gaplarni to'kib solgan kunining ertasidan boshlab o'qishga ketdi. Hozir u ipakdek 
muloyim bo'lib qolgan. To'yni barbod qilgani uchun yuragi biroz g'ashlandi shekilli, uyda qo'ydek 
beozor yuradi. Darslaridan ham yetishib oldi. Uy ichidagilarning hammasi bilan murosani tikladi-yu
lekin menga hamon ola qarab yuribdi. Ha, qattiq xafa bo'lganga o'xshaydi. Nega deganda, o'sha 
paytda uni qo'llab-quvvatlamadimda. Aslida-ku men ham xuddi shu fikrda edim-a, ammo uning 
qo'llagan usuli menga to'g'ri kelmasa nima qilay. Hay, mayli, tez kunlarda yarashib ketarmiz. Shunga 
umid qilib yuribman. 
Xatni kechki ovqatdan keyin yozyapman. Endi uyqu kelyapti, yota qolay. Ertaga dam olish kuni. 
Oyim Metin ikkovimizni bolalar teatriga olib boraman degan 
O'rtoqlarimning hech qaysisini unutganim yo'q. Hammangizni sog'indim. Ba'zan birga tushgan 
rasmlarimizni ko'rib, sizlarni bir-bir eslab o'tiraman. Hamma o'rtoqlarga salom ayt. O'zingga ham 
katta muvaffaqiyatlar tilayman. 
O'rtog'ing Zaynab Yolqir.

Download 437.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling