Microsoft Word garoyib bolalar ziyouz com doc
Download 437.9 Kb. Pdf ko'rish
|
G\'aroyib bolalar
VATANIM! Ey, zarrin liboslarga zap o'ralib olgan, Ey, bo'liq boshoqlaru bog'-rog'larga to’lgan Va doston bo’yi osmon bitgan vatanim, hey! «Hey»ni aytgan zahoti polni zarb bilan bir tepgan edim, turgan joyimda bir gaz osmonga sakratib G’aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin www.ziyouz.com кутубхонаси 11 yubordi. Bilasanmi, nimaga? Boya o'qituvchi bilan repetitsiya qilayotganimizda poshnadagi mix joyidan ko'chgan ekan, bilmabman. O'sha mix shu topda shart etib tovonga kirib ketsa bo'ladimi?! Ko'zimdan o't chaqnab ketdi. Tovonimga birov bigiz qadab, o'pkamni teshib yuborgandek bo’ldi. Azobning zo'rligidan yod bo’lib qolgan satrlarni ham paqqos unutdim-qo'ydim. Men nima ahvoldaman-u tomoshabinlar qiyqirib kulishadi. O'qituvchidan madad kelar, degan umidda o'qtin- o'qtin orqaga o'girilib qarab qo'yaman. O'qituvchi holimni sezdi, shivirlab aytsa baribir qulog'imga kirmasligini fahmlab, ovozini bemalol qo'yib yubordi: «Ey, o 'sha buyuk insonni bergan onaning». Darhol ilib ketdim. — Ey, o'sha buyuk insonni bergan onaning... Onaning... Onaning... Keyin nima keladi, eslayolmayman... Zora lop etib esimga tushsa, degan xayol bilan yana ikki-uch marta shuni qaytarib aytdim. Bo'lmadi. «Onaning» deyman-u ignasi yurmay qolgan plastinkaga o'xshab u yog'iga o'tolmayman. Vujudimni qaltiroq bosdi. «Onaning... Onaning...» deb yigiamoqdan beri bo’lib turgan edim, qo'qqisdan o'zim yozgan satrlar miyamga kelib qoldi. Tavakkal qilib buyog'ini ulab ketdim: Onaning... Onaning... Onaning... Dumbasi borjiqqa moy, Yelini-chi sutga kon, Mayingina juni bor... O'qituvchimiz ham satrlarni ketma-ket yetkazib turibdi. Oldin undan eshitganimni qaytaraman-da, keyin o'zimnikini tirkab yuboraman. Ey, jabr-ujafo, kurash... Sop chiqadi shoxidan, Go'shti — lazzat uyasi, Og'itman, der qiyisi, he-ey! Deklamatsiyani tugatdim-u o'zimni ichkariga urdim. Gulduros qarsaklardan maktabimiz chayqalib ketdi. — Nima qilib qo'yding axir, Ahmad? — dedi o'qituvchimiz siniq ovoz bilan. — Ilojim qancha, afandim, — dedim unga qarab.— Odamzod bilgan narsasini darrov unutib yubora olmas ekan, juda qiyin bo’larkan. Yana bir nima deydigan bo'lsam, alamimdan yig'lab yuboraman. O'pkam to'lib turibdi. O'qituvchi ikkovimiz cho'loqlanib yo'lga tushdik. Yana mix kirib ketishidan qo'rqib, zo'rg'a oyoq bosaman. — Katta iste'doding bor ekan-ku, o'g'lim, — dedi uyga qaytgach dadam. — Kuldiraverib hammaning ichagini uzding-ku. Oyim uning gapiga qo'shildi: — Ko'zda yoshim qolmadi kulaverib. Naq jinni bo'layozgandim-a... She'rlarni yanglishib aralash-quralash qilib yubor-ganimni hech kim sezmabdi. Hamma jo'rtaga qilyapti, deb o'ylabdi. Xullis, Zaynab, keyingi kunlarda shunaqa mashmashalar bo'ldi. Sening dadang ham maktabda nuqul a'lo olib o'qiganmi, deb so'rabsan. Yo'q, dadam, afsuski, a'lochi bo'lmagan. Nega desang, u o'qimagan. Agar maktabga qatnagan bo’lganida menga a'lo baholar bilan o'qiganman, deb aytgan bo’lardi, albatta. Men zavq bilan o'qiydigan xatlaringni kutaman. Sog' bo'l. Sobiq sinfdoshing Ahmad Tarbay. Download 437.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling