Microsoft Word garoyib bolalar ziyouz com doc
Download 437.9 Kb. Pdf ko'rish
|
G\'aroyib bolalar
www.ziyouz.com кутубхонаси
8 O'qituvchimizning esa battar fig'oni falakka chiqadi: — Ming marta aytdim-ku senlarga, ilgari o'tilgan narsalarni esdan chiqaringlar deb! Miyaga o'rnashib qolgan darslarni unutish qiyin bo’larkan. Bu ish faqat Damirning qo’lidan keldi, xolos. Bir kuni darsga maktab direktori kirib qoldi. Tarix darsi edi. Direktor darslarni qanday o'zlashtirayotganimizni bilmoqchi bo'ldi shekilli, Damirni o'rnidan turg'izib, qator savollar berdi: — O'rta asr madaniyati nima? Damir indamadi. Direktor boshqa savolga o'tdi: — Kitob bosishni kim kashf etgan? Damirdan sado chiqmadi. Direktor uning aiochiligini bilardi, shuning uchun hayron bo'ldi: — Ha, nima bo'ldi, nega indamaysan? — Hammasini unutdim, — dedi Damir. — Bo'lmasa Amerika qanday kashf etilganini so'zlab ber. — Unutdim, afandim. — Uyg'onish davri deb nimaga aytiladi? — Esdan chiqardim, afandim. — Bu qandoq gap, hech narsa esingda qolmapti, — xunobi oshib dedi direktor. — Xo'sh, nimani bilasan o'zi, shuni gapirib ber. — Hozir hech narsa bilmayman. Bilganlarimni esdan chiqarib yubordim. — Ha, nechuk? — Yangi o'qituvchimiz shundoq dedilar, eski o'qituvchingiz nimani o'tgan bo'lsa, endi hammasini unutib yuboringlar, deb aytdilar. Direktor meni chaqirdi. — Hindistonga dengiz yo'lini birinchi bo’lib kim ochgan? Ana xolos! Aksiga olib, shu topda kashfiyotchining ismini unutib qo'yibman. Aslida tilimning uchida turibdi-yu, lekin hecham eslayolmadim. Damir boya jo'rttaga aytgan bo’lsa, men rostakamiga unutgan edim. — Esimda yo'q, afandim, — dedim oxiri noiloj. Direktor ko'zoynagining ustidan o'qituvchiga bir qarab qo'ydi-da, indamay sinfdan chiqib ketdi. Go'yo hech nima bo’lmaganday, o'qituvchi darsni kelgan joyidan boshlab yubordi: — Xo'sh, yovuz Salim sultonga kelsak... Tanaffusda bolalar Damir ikkovimizni o'rab olib, tasanno aytishdi. Aslida esa Hindistonga dengiz orqali boradigan yo'lni kim kashf etgani mutlaqo yodimdan ko'tarilgan edi. Mendagi bu parishonxotirlik kasali boshimga yana ko'p savdolar soldi. Mana, yana bir shingilini eshit. Juda sharmanda bo’ldim. Voqea bunday bo’ldi. O'zing bilasan, maktabda ota-onalar kengashi, oila-maktab ittifoqi degan narsa bor. Bir kuni ota-onalar majlisidan keyin qo'lbola konsert qo'yib berishga ahd qildik. Menga deklamatsiya qismini topshirishdi. Ilgarigi o'qituvchimiz bir darsda qo'yni juda maq-tab gapirgan edi. Qo'y g'oyat foydali jonivor, sut beradi, yog' qiladi, go'shti lazzatli bo'ladi, junidan matolar to'qiladi, terisidan issiq po'stin chiqadi, suyaklarida ilik bo'ladi, uning qiyi o'g'itning zo'ri hisoblanadi, deb aytgan edi. O'sha kuni darsdan chiqiboq bitta she'r yozib tashlagan edim. Mana o'sha she'rim: QO'Y Dumbasi borjiqqa moy, Yelini-chi, sutga kon. Mayingina juni bor, Kiyimbop ekan obdan. Sop chiqadi shoxidan, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling