Microsoft Word garoyib bolalar ziyouz com doc


Download 437.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/75
Sana01.10.2023
Hajmi437.9 Kb.
#1690390
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   75
Bog'liq
G\'aroyib bolalar

 
 
 
 
 
 


G’aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
19
Sendan buni kutmagan edim 
 
Istanbul, 7-dekabr, 1963-yil.
Ahmad! 
Menga kanda qilmay xat yozib turganing uchun rahmat. Eng so'nggi xatingni o'qir ekanman, 
qiziq-qiziq voqealar faqat senda uchrar ekan-da, deb o'ylab qoldim. Yoki sen bularni ataylab bo'rttirib 
yozyapsanmi? Har gal xatlaringni zavq bilan o'qib chiqaman. Endi men ham qo'limdan kelganicha 
sendan o'rga-nishga harakat qilaman. 
O'tgan kuni bizning sinfimizda ham qiziq bir hodisa ro'y berdi. Tanaffusga chiqqanimizda rosa 
miriqib kuldik. Darsda kulishga imkon bo'lmadi, chunki o'qituvchimiz haddan tashqari jig'ibiyron 
bo'lgan edi. 
Menga taqlid qilmoqchi bo'lib, haqiqatni bo'rttirib yozyapti, deb o'ylama. Men bor gapni oqizmay-
tomizmay aytib beraman. Ichimdan hech narsa qo'shmaslikka harakat qilaman. 
Dastlab men seni shu voqeaning qahramoni bilan tanishtirib o'tay. 
Sinfimizda Usmon degan bir bola bor. O'zi a'lochi. Hisobga ayniqsa usta. Hamisha saranjom-
sarishta yuradi. Dovotida nuqul rang-barang qalamlar bo'ladi, hammasining uchi silliq qilib ochilgan. 
Nega uning qalamlari hecham sinmaydi, heb hayron bo’laman. Men bunday qilolmayman. Qalamlarim 
o'zidan o'zi yerga tushib sinaveradi. Kerak bo'lib qolganida papkamdan birorta ham uchi butun qalam 
topolmayman. Oyim shunisiga ham shukur qil, deb meni yupatadi. Chunki opam o'qiganda papkasida 
umuman qalam turmas ekan, doim yo'qotib yurarkan. Demak, men opamga qaraganda ancha 
sarishta ekanman. 
Usmonning yozma ishlari biram ko'rkam bo'ladiki! Harflari marvarid donasiga o'xshab alohida-
alohida ajralib turadi. Yozma ishining har bir betini rangli qalam bilan chiroyli qilib bezaydi. Ko'rgan 
kishining havasi keladi. O'qituvchimiz uning ishlarini hamisha bizga o'rnak qilib ko'rsatadi. Men ham 
Usmonga o'xshab chiroyli va ozoda yozmoqchi bo'laman-u nuqul xatim suykalib, siyohlar chaplashib 
ketadi. 
Sizlarda qandoq, bilmadim-u, ammo bizning o'qituvchimiz xudoning bergan kuni sinfda yozma ish 
o'tkazadi. Bu ham yetmagandek kun ora uyga har xil savollar berib yuboradi. Bularga ham yozma 
javob berishimiz kerak. 
Bir kuni Usmon: 
— O'qituvchi hamma yozma ishlarimizni o'qishiga ko'zim yetmaydi, — deb qoldi. 
Men hayron bo'ldim. 
— O'qimaydigan bo'lsa, nega bizni ovora qiladi? 
Usmon fikrida qat'iy turib oldi. 
— Xo'sh, o'qimasligini nima bilan isbot qilasan? — luqma tashladi bir bola. 
— Ko'rinib turgan narsa bu. Mana, xomcho't qilib ko'raylik. Har kuni bir marta yozma ish 
o'tkazadimi? 
— To'g'ri, — bir og'izdan tasdiqladi hamma. 
— Kun ora uyga ham yozma ish berib yuboradimi? 
— Shundoq. 
— Mana endi hisoblab ko'ramiz. Sinfda nechta o'quvchimiz? Ellik ikkimi? 
— Ha. 
— Demak, o'qituvchimiz bir kunda ellik ikkita inshoni o'qib chiqishi kerak. Bundan tashqari, kun 
ora uyga ham vazifa beradi. Bir kunga yigirma oltitadan to'g'ri keladi. Boyagi ellik ikkiga yigirma oltini 
qo'shsak, yetmish sakkiz bo'ladi. Demak, bir kunda yetmish sakkizta ishni o'qib chiqishi kerak ekan. 
Qani, aytingchi, uyiga qaytgach, u yozma ishlarimizni qachon ko'ra boshlaydi? 
— O'zi biladi. Senga nima? 
— Hisobga kerak axir. Bitta ishni necha minutda ko'rib chiqish mumkin? 


G’aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin 

Download 437.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling