Microsoft Word garoyib bolalar ziyouz com doc
Download 437.9 Kb. Pdf ko'rish
|
G\'aroyib bolalar
www.ziyouz.com кутубхонаси
34 Boig'usi donishmandning otasi uylanishga uylanibdi-yu, lekin ancha vaqt farzand ko'rolmay yuribdi. Boyoqish donishmandning otasi deb nom chiqarish ishtiyoqida keragidan ortiq qarib qolgan ekanmi, xullas, farzand hasratida ko'p kuyunib yuribdi. Oxiri, kunlardan birida xotini boshqorong'i bo’lganini aytibdi. Endi u: «Ishqilib, bola zaif tug'ilsin», deb iltijo qiladigan bo’libdi. Nega deganda, aksariyat donishmandlar nimjon chaqaloqlardan yetishib chiq- qan ekan. Xotinning ko'zi yoribdi. Tilab olgan chaqalog'i shunaqayam nimjon ekanki, uning tirik qolishiga hech kimning ko'zi yetmabdi. Haytovur, bola o'lmay qopti. Qadim zamonlarda bir donishmand shoir o'tgan ekan. Qalin bir kitobda naql etilishicha, o'sha zukko shoir juda yoshligida ona sutidan mahrum bo'lgan ekan. Donishmand bolaning otasi shu kitobni topib o'qigach, bir oylik chaqaloqni ona ko'kragidan ajratib olibdi. Bola bir yoshida belanchakdan yiqilib, ko'zi shikastlangan ekan, otasi bag'oyat xursand bo'libdi. Sababi — allaqaysi bir donishmand ham g'ilay o'tgan ekan. Endi uning yagona tilagi qolibdi. Ishqilib, o'g'limning bo'yi o'smasin, deb oh-voh chekib yurganmish. Zotan, uning bilishicha, donishmand xalqi aksariyat past bo'yli bo'lar ekan. Shu gaplardan keyin men bu bola nima uchun o'zining isminiyam darrov aytib berolmasligiga tushundim. Nazarimda, u sukut saqlab javob berishdan ko'ra, ko'proq otini eslashga harakat qiladiganga o'xshaydi. Hikmat maktabga kelmay qo'yganini eshitib, qattiq xafa bo'ldim. Bechora qizning ahvoli nima kechdiykin? Kecha maktabda bizni emlab ketishdi. Shuning uchun bugun darsga bormadim. Hozir xatni qutiga tashlab kelaman. Keyin arifmetikaga o'tiraman. O'qituvchimiz uyga ancha vazifa bergan edi. Chap qo'lim rosa og'riyapti. Hatto qimirlatolmayman. Omon bo'l, Zaynab. Senga hamisha muvaffaqiyat tilayman. Ahmad Tarbay. Download 437.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling