Microsoft Word garoyib bolalar ziyouz com doc
Download 437.9 Kb. Pdf ko'rish
|
G\'aroyib bolalar
www.ziyouz.com кутубхонаси
36 yo'qligini bildirgilari kelmadi. Bu gal opamning qutichasi ish berdi. Dadam bilan oyim ko'zimizni shamg'alat qilib opamga bir nima deyishdi. Keyin opam olib kelgan qutichani ochib, ichidan chiqqan bor pulni Metindan berib yuborishdi. Metin dars qilmoqchi bo'lgan edi, yana qalamini topolmadi. Yo'qotib qo'yganga o'xshaydi. Buni eshitib, oyim ko'pirib ketdi: — Qanaqa ovsar bolasan o'zi! Nuqul qalam yo'qotganing yo'qotgan-a? Bundoq avaylab tutsang bo'lmaydimi! Hadeb senga qalam olib beraveramanmi? Buvamning nasihati boshlandi. — Saqlasang — ming kunlik, saqlamasang — bir kunlik, o'g'lim. Xo'sh, saqlamasang nima? — Bir kunlik, buva! — Ha, barakallo! Toma-toma ko'l bo'lur. Nima bo'lur? Metindan oldin men javob berdim. — Hech narsa. Ko'l bo'lmaydi. — Nega endi? Nimaga ko'l bo'lmas ekan? — Bo'lmaydi, buvajon. — lya, nega bo'lmas ekan? — qovog'ini uyub so'radi buvam. — Chunki ko'l bo'lishi uchun o'sha joy sal chuqurroq bo'lishi kerak. Agar suv turmaydigan tep- tekis joy bo'lsa... — Ha, nima bo'larkan? — Suv sharillab oqib ketadi. Sel bo'ladi... Buvam menga bir xo'mrayib qo'ydi. Uyimizda yangi yil shunday boshlandi. Endi oyim bilan dadam yangi yilni boshqa joyda kutib olmaydigan bo'lishdi. Xo'sh, seniki qalay bo'ldi? Yangi yilda senga baxt-saodat, o'qishingda muvaf-faqiyatlar tilayman. Zaynab Yolqir. Boshlanishi chakki emas Zaynab! Yangi yil bilan tabriklab yozgan xatingni olganimga ko'p bo'ldi. Rahmat. Yangi yilni biz katta amakimlarnikida kutib oldik. Uylari juda keng. Hamma amakilarim shu yerga yig'ilishdi. Men har kuni erta yotishga o'rganib qolganim uchun yangi yil kechasi uzoq o'tirolmadim. Soat o'n ikkidan keyin ko'zim yumilib ketaverdi. Radio eshitib o'tirib uxlab qolibman. Ertasi kuni odatdagidek o'tdi. Biror yangilik bo'lgani yo'q. Lekin shuni bilib qo'yki, yangi yilning birinchi kuni siznikida ro'y bergan voqea bizning uyda tez-tez bo'lib turadi. Dadam ko'chada pul sarflagan kuni uyda juda qurumsoq bo'lib qoladi. Ba'zi kunlari u ko'chadan to'yib keladi. Shu-naqa paytlarda suv ichayotganinmi ko'rib qolsa, darrov: — Qaynagan suvni isrof qilma. Stakanga o'zing ichadiganingni quy, tagida qolmasin, — deb tanbeh beradi. Holbuki, stakanning tagida bir-ikki qultum suv qolgan bo'ladi. Dadam isrofdan qo'rqqani uchun qolgan suvni guldonga to'kadi. Shunday kezlarda dadam o'z hisobiga oshna-og'aynilarini yaxshilab mehmon qilganini bilib olaman. — Shuncha pastani uvol qilib nima qilasan?! O'zingga loyig'ini olsang bo'lmaydimi?— deb o'dag'aylaydi dadam tish yuvayotgan bo'lsam. Bilamanki, u kecha yana ziyofatga tushibdi. Ba'zan dadam biror o'rog'liq narsa olib kelganida sabrim chidamay kanopini uzmoqchi bo'laman. Shunda u: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling