Microsoft Word garoyib bolalar ziyouz com doc


Download 437.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet70/75
Sana01.10.2023
Hajmi437.9 Kb.
#1690390
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75
Bog'liq
G\'aroyib bolalar

www.ziyouz.com кутубхонаси 
70
katta odamlarga taqlid qilib yurgandan ko'ra maktab hayotidan biror nimani sahnalashtirib, o'zimizga 
mosroq rollarda chiqqanimiz yaxshi emasmi, deb ayt-moqchi edim. Ammo maqsadimni 
tushuntirolmab-man. 
Sahnaga soqol-mo'ylov yopishtirib chiqqan bolalar xuddi sirkdagi liliputlarga o'xshab qoladi. Buni 
ilgari ham ko'p ko'rganman. Katta odamning rolida chiqqan bola qanchalik yaxshi o'ynamasin, baribir 
zalga kulgi bo'ladi. U qanchalik jiddiy gapirsa, tomoshabinlar shunchalik ko'p kuladi. Bas, shunday 
ekan, birato'la kulgili asarni ko'rsatib qo'ya qolsak bo'lmaydimi? Men shuni aytmoqchiydim. 
O'qituvchimiz koyib bergach, indamay qo'ya qoldim. Pyesa besh kishiga mo'ljallab yozilgan ekan. 
— Noqobil o'g'il rolini sen o'ynaysan, Ahmad. O'ziyam senboproq, qotirasan, — dedi o'qituvchi. 
Damirga ota, Minega esa ona roli topshirildi. 
Hamma o'z rolini yaxshilab yodlab oldi. Uch-to'rt marta repetitsiya ham qilib ko'rdik. So'nggi 
repetitsiya kuni rosa yomg'ir quydi. O'zing bilasan, maktab tomidan yomon chakka o'tadi. Yomg'ir naq 
sahnaning tepasidan chelaklab quygandek bo'ldi. Hammayoq ivib ketdi. Polga qatorasiga chelak, 
tog'ora va kastryullar qo'yib chiqdik. 
Konsert programmasiga bitta xitoycha raqs nomeri ham kiritishibdi. O'yinchilar gruppasida men 
ham bor ekanman. Musiqa muallimimiz allaqaysi maktabda xitoycha raqsni ko'rib diliga tugib qo'ygan 
ekan, shuni o'ynaydigan bo'ldik. 
— O'zimizning «Zaybek»ni o'ynasak bo'lmaydi mi? — deb so'radim o'qituvchidan. 
«Qachon konsert bo'ladigan bo’lsa nuqul «Zaybek»ni o'ynaysiz, biror yangi narsa ko'rsatish ham 
kerak axir», degan javobni oldim. 
— Bo'lmasa biz tengi xitoy bolalari ham konsert qo'yganda o'zimizning «Zaybek»ka tushishadimi? 
— Masxarabozlik qilma! — urishib berdi musiqa muallimi. 
Ammo men «Zaybek»ni o'ynab turgan xitoy bolasini bir zum tasavvur qildim-u miyig'imda kulib 
qo'ydim. Chamamda, xitoy bolalari ham shunday. Xitoycha raqsga tushganimizni ko'rishsa bormi, 
rosa qiyqirib kulishsa keragov. 
Tomdan chakka o'tib turibdi-yu, biz paqir-tog'oralar o'rtasida oxirgi marta repetitsiya qilib oldik. 
Xitoycha raqsning zalvoridan pol taxtalarining beli bukilib ketdi. 
— Bu senga «Zaybek» emas, xitoycha raqs bo'ladi, hadeb osmonga qarab irg'ishlayverma. 
Xitoylarning o'yini og'ir-vazmin bo'ladi, ular keskin harakat qilishmaydi, — dedi menga tanbeh berib 
musiqa o'qituvchimiz. 
Mumkin qadar salmoq bilan, vazmin o'yinga tush-moqchi bo'laman-u, ammo «Zaybek» qon-
qonimizga singib ketgani uchun beixtiyor osmonga sapchib ketaman. 
— Namuncha sakrayverasan, Ahmad? Xitoy ruhiga mos kelmaydi bu. Xitoylarning harakati mayin 
bo'ladi. 
— Yaxshi, lekin xitoy ruhi menga mos kelmasa, nima qilay? Men bunga o'rganmagan bo'lsam... 
Musiqa o'qituvchimiz pianinoda jo'r bo'lib turdi, biz raqsga tushdik. Yana bir joyga kelganda 
to'satdan sakrab yuborgan edim, o'qituvchi irg'ib o'rnidan turdi-da, menga qarab yugurdi. Yo'lda 
chakka to'la paqirga qoqilib ag'darilib tushdi. Hammayog'i shalabbo bo'ldi. Toza qiyomat ko'tarildi. 
Xullas, kechga yaqin ma'lum bo’ldiki, so'nggi repetitsiyamiz muvaffaqiyatli o'tibdi. 
Konsert kuni ham yetib keldi. Yuragimiz taka-puka bo'lib, parda orqasidan zalga mo'ralaymiz. 
Tumonat odam yig'ilgan. Biz sahnada saf tortib turibmiz. Hammasi bo'lib ellik bolamiz. Sinflarimiz 
ham har xil. 
Mana, parda ochildi. Saf tortib «Mustaqillik marshi»ni aytdik. Keyin kattaroq bolalar orqaga o'tdi. 
Birinchi va ikkinchi sinf o'quvchilari «Bugun — yigirma uchinchi aprel» degan qo'shiqni boshlab 
yuborishdi. Qo'shiq tugagach, zalda qarsaklar yangrab ketdi. 
Keyingi aytilgan qo'shiq musiqa o'qituvchisiga sira ma'qul bo'lmadi. 
— Bu qanday o'zboshimchalik? Nima qilib qo'ydinglar?! Qo'shiqni ikki kishi ijro etishi kerak, deb 
aytmovdimmi? Olomon qilib yubordilaring-ku! — deb koyib berdi u parda orqasidan. 
Xitoy raqsiga navbat keldi. Likopcha ko'tarib. sahnaga qizlar chiqishdi. Egnilarida guldor yubka 


G’aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin 

Download 437.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling