Microsoft Word garoyib bolalar ziyouz com doc


Download 437.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet67/75
Sana01.10.2023
Hajmi437.9 Kb.
#1690390
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   75
Bog'liq
G\'aroyib bolalar

www.ziyouz.com кутубхонаси 
67
Orqa partada o'z yog'iga o'zi qovurilib o'tirgan Husayn o'qituvchining gapini eshitmadi. O'rnidan 
turishga turdi-yu, lekin churq etib og'iz ochmadi. 
— Uy qaysi kelishikda, Husayn? 
Husayn endi savolni eshitdi, ammo boshqacha tushundi. 
— Yaxshi deb bo’lmaydi, afandim, — dedi u o'ksinib. O'qituvchi tayoqdek qotib qoldi. 
— Nima deyapsan o'zing? Men sendan «uy»ni so'rayapman? 
Bolalarning oldida ahvolidan nolib, kalaka bo'lishni istamagan Husayn: 
— Yaxshi emas, afandim, — dedi o'pkasi toiib. 
— Nega endi yaxshi emas? 
— Hech qachon yaxshi bo'lmagan... Hozir ilgarigidan ham battar. 
Husayn nima demoqchi bo’lganini yolg'iz men tushunib turibman. Bolalar bo'lsa nima gapligiga 
tushunmay kulib yotishibdi. 
— Nimaga battar bo'larkan? 
Husaynning tomog'iga bir narsa qadalganday, ovozi titrab ketdi. 
— Chunki... chunki uyning egasi bizni ko'chaga haydayapti. Ijara haqini berolmovdik. 
Sinfda kulgi ko'tarildi. Husayn joyiga o'tirib, ikki qo'li bilan boshini changallab oldi. 
O'qituvchi jumlani yana qaytarib o'qidi: «Qizcha uzoqdan oltin derazali uyni ko'rdi». 
— Qani, Damir, sen javob ber. Shu jumlada uy qaysi kelishikda? 
— Tushumda, afandim. 
— Xo'sh, qaysida ekan? 
Bu gal ham Husayn tushunmadi. Damirning javobini o'zicha yo'ydi. 
— Tushida ekan, afandim. 
Yana kulgi bo'ldi. Husayn tushum kelishigini «tushim» deb eshitgan edi. 
Husaynning ko'nglidan nima kechayotganini o'qi-tuvchi juda kech fahmladi. Keyin mavzuni o'zgar-
tirishga majbur bo’ldi. 
— Kim qayerda yashayotgan bo’lsa, shunga shukur qilishi kerak. Biz qaysi uyda turgan bo'lsak, 
o'sha uy biz uchun hisoblanadi. 
Kechqurun maktabdan qaytishimizda Husaynni yupatib keldim. 
Anqarada ob-havo qalay? Bizda yana sovuq turdi. Kecha ozroq qor yog'gan edi, darrov erib ketdi. 
Biz turgan uyning holati chakki emas-u, lekin men noroziman — zaldagi katta pechka men yotgan 
xonani yaxshi isitmaydi. Xo'sh, sizlarniki qalay? 
Xatingni kutaman, Zaynab. 
Seni bir umr esdan chiqarmaydigan o'rtog'ing: 
Ahmad Tarbay.

Download 437.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling