Microsoft Word garoyib bolalar ziyouz com doc


Download 437.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet66/75
Sana01.10.2023
Hajmi437.9 Kb.
#1690390
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   75
Bog'liq
G\'aroyib bolalar

www.ziyouz.com кутубхонаси 
66
Xatingni kutaman. Iloji boricha to'laroq yoz. Maylimi? 
Xo'p, yaxshi qol. Senga muvaffaqiyat tilab: 
Zaynab Yolqir.
 
Uy qaysi holatda 
 
Istanbul, 26-fevral, 1964-yil.
Jigarim Zaynab! 
12-fevralda ichiga rasm solib yuborgan xating uchun katta rahmat. 
Sinfingda bo'lib o'tgan ko'ngilsiz voqeadan qattiq ranjibsan. Ha, haqlisan. O'rtog'ingga yaxshilik 
qila-man deb o'zing yomonotliq bo'libsan. Murodni eslasam, boyoqishga ham achinaman, ham qilgan 
ishi uchun undan o'pkalayman. 
Sinfimizdagi Husaynni taniysan-a? Murodga o'xshab Husayn ham yaqinda toza kulgi bo'ldi. Ammo 
u aybini birovga to'nkagani yo'q. Chunki mard bola u. Ilgari senga ham yozgan edim. Bir kuni joy 
talashib daraxtdan yiqilib tushganida kim uni itarib yuborganini hech kimga aytmagan edi. 
Sen Istanbulda o'qib yurganingda Husaynlarning uyiga hech borganmiding? Torgina kulbada 
turishadi. Uylarini ko'rmagan bo'lsang ham, turmushlari juda nochor ekanini bilsang kerak. Men 
uiarnikiga har zamonda borib turaman, shuning uchun uylaridagi ahvoldan yaxshi xabardorman. 
Katalakka o'xshagan ikkita kichkina xonada yetti jon turishadi. Shu joy tanqisligi sababmi yoki qattiq 
muhtojlikdanmi, ishqilib, uylarida hecham halovat yo'q. Menga o'zini yaqin tutib, Husayn ba'zan 
oiladagi nochorlikdan hasrat qilib gapiradi. Bechoraning holiga achinaman. Ayrim kunlari maktabga 
qovog'i shishib, ko'zi qizargan holda keladi. Bilamanki, o'sha kuni uyda yana janjal bo'lgan. Husayn 
ko'pam ochilib-sochilib yurmaydi, ammo odamovi ham emas. 
Yaqinda Husayn maktabga yana ikki qovog'i shishib keldi. Yig'laganini birovga sezdirmaslik uchun 
jimgina joyiga borib o'tirdi, hech kim bilan gaplash-madi ham. Shu orada qo'ng'iroq chalinib, dars 
bosh-lanib ketdi. 
Til darsi edi. O'qituvchi otlarning kelishiklarda turlanishini tushuntirib berdi. Kelishiklarni yodlab 
ham oldik; bosh kelishik, qaratqich, tushum, o'rinpat va chiqish kelishiklari. 
Kelishiklarni yaxshilab tushuntirib bergach, o'qituvchi Damirni turg'izib, «Oltin derazali uy» 
hikoyasini o'qishga buyurdi. Ushbu hikoyani o'zing ham bilsang kerak. Qisqacha mazmuni shunday. 
Bir o'rmon bo'larkan. Shu o'rmon ichidagi kichkinagina kulbada chol-kampir turisharkan. Ularning 
bitta qizi bo'larkan. Juda kambag'al bo'lib, qo'l uchida kun ko'risharkan. Har kuni qizcha kechki payt 
ostonaga chiqib qarasa, uzoqdan bir uy ko'rinib turarkan. Uyning derazalari oltinday tovlanib, juda 
chiroyli ko'rinarkan. Qizchaning shunday ajoyib uyga havasi kelibdi, nima bo'lsayam uni bir 
ko'rmoqchi bo'libdi. Kunlardan bir kuni uyidan chiqib, o'sha tomonga qarab yuraveribdi. Yo'l yuribdi, 
yoi yursayam mo'l yuribdi, oxiri o'sha joyga yetib boribdi. Lekin shu payt to'satdan atrofga qorong'i 
tushibdi. Qizcha o'rmon ichida uxlab qolibdi. Bir mahal uyg'onib qarasa, o'zi kelgan tomonda yana bir 
uy charaqlab yotganmish. Uning ham oynalari xuddi oltinga o'xshab yalt-yalt etib turganmish. Qizcha 
oldiniga hayron bo'libdi, ke-yin bu uy o'zlariniki ekanini, oftob nuri tushib, shunaqa yaraqlab turganini 
tushu-nibdi. 
Damir hikoyani o'qib bo'ldi: 
— Qani, qissadan hissa nima? — so'radi o'qituvchi. Bizni kutmay, o'zi javob berdi: — Har kim o'z 
turmushidan nolimasligi kerak. Hikoyadagi qizchaga o'xshab, biz ham ko'pincha o'zimiz yashab turgan 
hayotning qadriga yetmaymiz. Undan sal uzoqlashgan taqdirdagina o'zimiz qanchalik baxtli
turmushimiz qanchalik soz ekanini anglab yetamiz. Demak, kim qanday uyda yashayotgana bo'lsa, 
uning uchun eng soz uy o'sha. 
Shundan keyin u hikoyadan bir jumlani o'qib berdi. Ichida «uy» degan so'z bor ekan. 
— Qani Husayn, sen ayt-chi, shu jumlada «uy» so'zi qaysi kelishikda kelgan? 


G’aroyib bolalar (roman). Aziz Nesin 

Download 437.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling