Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


www.ziyouz.com kutubxonasi


Download 158.58 Kb.
bet46/131
Sana29.03.2023
Hajmi158.58 Kb.
#1308606
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   131
Bog'liq
imom-shamsuddin-zahabiy-gunohi-kabiralar

www.ziyouz.com kutubxonasi
49
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy Fasl

Abu Hasson Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qiladi: «Mening ikkita o‘g‘lim vafot etdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: «O‘liklarimiz xususida qalbimizga orom baxsh etadigan biron hadis rivoyat qilib berasizmi?» deb so‘ragan edim, u zot: «Ha», dedilar. – Go‘daklar jannatning ajralmas ahllaridir. Ulardan biri otasini (yoki ota-onasini) qarshi oladi-da, xuddi mana shu kiyimingni chetidan ushlaganimdek, uning kiyimidan (yoki qo‘lidan) tutadi. Hattoki, u Alloh uni va otasini jannatga doxil qilmagunicha to‘xtamaydi» (Muslim rivoyati).

Muoviya ibn Qurra ibn Iyos otasidan rivoyat qiladi: «Bir kishi Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam huzurlariga o‘g‘lini olib kelardi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Uni yaxshi ko‘rasanmi?» deb so‘ragan edilar, u: «Ha, yo Rasululloh, uni yaxshi ko‘rganimdek, Alloh sizni yaxshi ko‘rsin», dedi. Bir qancha vaqt o‘tib o‘g‘lon ko‘rinmay qoldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Falonchi o‘g‘li falonchiga nima qildi?» deb so‘ragan edilar: «Yo Rasululloh, u vafot etdi», deya javob berishdi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam otaga: «O‘g‘lingni jannatning qaysi eshigiga borsang, o‘sha yerda seni kutib turgan holida uchratishni yoqtirmaysanmi?» dedilar. Bir kishi: «Yo Rasululloh, (bu bashorat) uning o‘zigagina taalluqlimi yoki barchamizgami?» deb so‘ragan edi, «Barchangizga taalluqli», deya javob berdilar (Ahmad va Nasoiy rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Qaysi juft (ya’ni, er-xotin) musulmonning uchta farzandi o‘lsa, Alloh u ikkisini ayricha mehribonlik bilan jannatga kirgazadi». «Yo Rasululloh, ikkita bo‘lsa-chi?» deb so‘rashgan edi, «Ikkita bo‘lsa ham» dedilar. «Bitta bo‘lsachi?» deya so‘rashgan edi, «Bitta bo‘lsa ham» dedilar va qo‘shib qo‘ydilarki:


«Jonim qo‘lida bo‘lgan zotga qasamki, hattoki chala tug‘ilgan bola ham onasini, agar u savob umidida sabr qilar ekan, kindik ichagi bilan jannatga tortadi» (Ahmad va Tabaroniy rivoyati).

Vaki’ roziyallohu anhu aytadilar: «Ibrohim Harbiyning o‘n bir yashar o‘g‘li bor edi. U


Qur’onni to‘liq yod olgan, fiqh va hadisdan ko‘p narsa o‘rgangan edi. Bir kuni uning vafot etganini eshitib ta’ziya bildirgani keldim. Ibrohim Harbiy menga: «O‘zi shu o‘g‘limning vafot etishini istardim», dedi. «Ey Abu Ishoq, o‘zingiz dunyo olimisiz-ku, yana gapirayotgan gapingizni qarang. Axir o‘g‘lingiz Qur’onni yod olgan, fiqh va hadisni o‘rgangan ajoyib o‘g‘lon edi-ku!» dedim. «To‘g‘ri, – dedi u. – Biroq men bir kuni tush ko‘rdim. Tushimda go‘yoki qiyomat qoim bo‘libdi. Bir to‘da yosh bolalar odamlarni qarshi olib, qo‘llaridagi suv to‘la ko‘zalarni ularga tutishardi. Kun haddan tashqari issiq edi. Men bolalardan biriga: «Suvingdan ber», degan edim, u menga qarab: «Siz otam emassiz-ku», dedi. Undan: «Sizlar kimsizlar?» deb so‘ragan edim, u: «Bizlar islomda vafot etgan go‘daklarmiz. Ota-onalarimiz ortimizdan kelishadi. Biz ularni kutib olib, suv beramiz», deya javob berdi. Shuning uchun ham o‘g‘limning vafot etishini orzu qilardim».


Download 158.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling