Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


www.ziyouz.com kutubxonasi


Download 158.58 Kb.
bet131/131
Sana29.03.2023
Hajmi158.58 Kb.
#1308606
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   131
Bog'liq
imom-shamsuddin-zahabiy-gunohi-kabiralar

www.ziyouz.com kutubxonasi
155
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy Sahobalarning fazilatu martabalarini sanab adog‘iga yetib bo‘lmaydi. Sunnat ulamolari eng afzal sahobalar «asharai mubashshara» (jannatiyligi bashorat qilingan o‘nta sahoba) ekanligiga va ularning eng afzali Abu Bakr Siddiq, so‘ng Umar ibn Xattob, so‘ng Usmon ibn Affon, so‘ng Ali ibn Abu Tolib ekanligiga ijmo’ qilganlar. Bu narsada faqatgina munofiq, bid’atchi, nopok kimsagina shubhalanadi.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Mening sunnatimni va hidoyatlangan, haq yo‘lda yuruvchi xalifalarimning sunnati mahkam tutinglar. Uni oziq tishlaringiz bilan tishlanglar. Yangi paydo bo‘lgan (ya’ni, bid’at) ishlardan saqlaninglar», deganlar (Abu Dovud, Termiziy, Ibn Moja, Ibn Hibbon rivoyati).

«Oziq tishlaringiz bilan tishlanglar», degani, sunnatni mahkam ushlanglar, unga intilinglar, haris – ishtiyoqli bo‘linglar, kabi ma’nolarni anglatadi.

Haq yo‘lda yuruvchi xalifalar Abu Bakr, Umar, Usmon va Ali roziyallohu anhumlardir.

Abu Bakr roziyallohu anhuning fazilatlari xususida Alloh taolo bir qancha oyatlar tushirgan. Jumladan:

«Sizlardan fazl va keng mol-davlat egalari qarindoshlariga, miskinlarga va muhojirlarga Alloh yo‘lida infoq-ehson qilmaslikka qasam ichmasin» (Nur surasi, 22).

Bu oyat Abu Bakr roziyallohu anhu haqlarida tushganiga ixtilof yo‘q. Alloh taolo u zotni


«fazl egasi» deb sifatladi.

«O‘shanda ikkovlon g‘orda bo‘lgan paytlarida hamrohiga: «Famgin bo‘lma, albatta, Alloh biz bilan birgadir», deyishi bilan, Alloh O‘z tomonidan uning ustiga – qalbiga bir xotirjamlik tushirdi...» (Tavba surasi, 40).

Ushbu oyat ham Abu Bakr roziyallohu anhu haqlarida ekanligida ixtilof yo‘q. Alloh taolo u zot Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hamrohi – sahobasi ekanligini bayon qilib, xotirjamlik xushxabarini berdi va ikkovlonning ikkinchisi deb ulug‘ladi.

Umar ibn Xattob roziyallohu anhu aytmoqchi: «Uchinchilari Alloh bo‘lgan ikkovlonning ikkinchisidan afzalroq kim bor?!»

«Rost Qur’onni keltirgan zot (ya’ni, Muhammad) va uni tasdiq etgan zot (mo‘minlar) – ana o‘shalar taqvodor zotlardir» (Zumar surasi, 33).

Ja’far Sodiq aytgan ekanlar: «Rost – Qur’onni keltirgan zot Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va uni tasdiqlagan zot Abu Bakr roziyallohu anhu ekanliklarida ixtilof yo‘q».

Sahobalar orasida bundan ortiq martaba bo‘lishi mumkinmi?!
Alloh ulardan rozi bo‘lsin.

Forumda online o’qish: http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=398.0


www.ziyouz.com -2007

www.ziyouz.com kutubxonasi
156
Download 158.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling