Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc


www.ziyouz.com kutubxonasi


Download 158.58 Kb.
bet116/131
Sana29.03.2023
Hajmi158.58 Kb.
#1308606
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   131
Bog'liq
imom-shamsuddin-zahabiy-gunohi-kabiralar

www.ziyouz.com kutubxonasi
136
Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy Fasl

Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhu xamr ichishni gunohi kabiralarning eng kattasi deb bilganlar.

Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumo aytadilar: «Abu Bakr, Umar va boshqa kishilar Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam vafot etganlaridan keyin o‘tirib eng ulkan gunohi kabiralar haqida zikr qildilar. Bu borada ular ilmsiz bo‘lib, meni Abdulloh ibn Amrdan so‘rab kelish uchun yubordilar. U kishi menga: «Eng katta gunohi kabira xamr ichish», dedilar. Qaytib kelib ularga bu gapni aytgan edim, buni inkor qilishdi va barchalari turib uning hovlisiga yo‘l olishdi. U kishi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar: «Bani Isroil podshohlaridan biri bir kishini tutib, uni xamr ichish yoki odam o‘ldirish, yoki zino qilish, yoxud to‘ng‘iz go‘shtini yeyish va yo o‘zini qatl etishlaridan birini tanlash ixtiyorini bergan edi, u xamrni tanladi. Xamrni ichganidan keyin esa, undan nimani talab qilishsa, tap tortmadi. Yana Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar:
«Kimda-kim xamr ichsa qirq kecha uning namozi qabul qilinmaydi. Qovug‘ida biron tomchi xamr bo‘lgan holida vafot etsa, aniqki, u sababli unga jannat harom bo‘ladi.
Bordi-yu, u qirq kecha mobaynida vafot etsa, johiliyat o‘limida o‘lgan bo‘ladi», deb ularga xabar berdilar» (Tabaroniy, Hokim rivoyati).

Fasl


Xamr aqlni o‘tmaslashtiradigan, aql ko‘zini ko‘r qiladigan narsa bo‘lib, uning ho‘lu qurug‘i, yeyimligu ichimligi bir xil zararlidir.

Nasha o‘simligi yaprog‘idan tayyorlanadigan narsa (nasha) ham harom bo‘lib, xamr ichgan kishi singari, uni chekkan kishiga ham had-darra uriladi. Chunki u ham «Har bir mast qiluvchi narsa xamrdir» hadisiga binoan xamrning bir turidir.

Nasha aql va fe’l-atvorni buzib, kishini dayus, xotinchalish qilib qo‘yishi va bundan boshqa salbiy xususiyatlari bilan xamrdan battarroq bo‘lsa, xamr urish-janjal, qotillikka olib borishi bilan nashadan yomonroqdir. Biroq ikkalasi ham Allohni zikr qilishdan va namozdan to‘sadi.

Nasha suyuq emas, quyuq narsa bo‘lgani bois, ulamolar uning pok yoki najasligi hususida uch xil fikrni bildirganlar:


1) nasha ham aroq kabi najosatdir. Sahih hukm shudir; 2) uning qurug‘i pok, suyug‘i najasdir;
3) quyug‘ining suyug‘idan farqi bor;

Har qanday holatda ham nasha Alloh va Rasuli harom qilgan mast qiluvchi xamr safiga kiradi.

Abu Muso roziyallohu anhu aytadilar: «Yo Rasululloh, biz Yamanda tayyorlaydigan ikki ichimlik haqida fatvo bering. Biri «bit’a» deb nomlanib, asaldan tayyorlanadi, ikkinchisi
«mizar», deb atalib, zarra va arpadan tayyorlanadi», dedim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam juda balog‘at va fasohat bilan so‘zlar edilar. U zot sollallohu alayhi vasallam:
«Namozdan chalg‘itadigan har bir mast qiluvchi narsadan qaytaraman», dedilar».


Download 158.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling