Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc
www.ziyouz.com kutubxonasi
Download 158.58 Kb.
|
imom-shamsuddin-zahabiy-gunohi-kabiralar
- Bu sahifa navigatsiya:
- XAMR (MAST QILUVCHI ICHIMLIK) ICHISH
www.ziyouz.com kutubxonasi
132 Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy «... yoki o‘z yerlaridan surgan qilinishlaridir». Ibn Abbos roziyallohu anhu bu hukm haqida shunday deganlar: «Imom: «Uni kim uchratsa, o‘ldirsin», deb qonini to‘kishni halol qiladi. Bu hukm qo‘lga tushirib bo‘lmaydigan jinoyatchilarga taalluqli bo‘lib, qo‘lga tushganlari esa hibsga olinib, qamab qo‘yiladi. Chunki u hibsga olinsa, shaharlarda yurishdan mahrum bo‘ladi va yerdan surgun qilingan hisoblanadi. Ibn Qutayba ayrim mahbuslar tilidan she’r bitgan ekan: Biz endi undanmasmiz, dunyo ahli bo‘lsak-da, Na o‘likmiz, na tirik – faqat dil g‘amin yeymiz. Zindonbon bir ish bilan oldimizga kirsa gar, Alam bilan: «Bu dunyodan tashrif buyurdi», deymiz. Yo‘ltasarlik qilib, odamlar ko‘ngliga qo‘rquv solishning o‘ziyoq gunohi kabiradir. Mol-mulkni talon-taroj qilish, odamlarga jarohat yetkazish, qatl etishni esa aytmasa ham bo‘laveradi. Allohdan barcha balo-yu ofatlardan omon saqlashini so‘raymiz. Albatta, U saxovatli, mag‘firatli va rahmli zotdir.
Alloh taolo aytadi: «Ey mo‘minlar, aroq (mast qiluvchi ichkilik ichish), qimor (o‘ynash), butlar(ga sig‘inish) va cho‘plar (bilan fol ochish) shayton amalidan bo‘lgan harom ishdir. Bas, ularning har biridan uzoq bo‘lingiz, shoyad najot topsangiz! Aroq, qimor sababli shayton o‘rtalaringizga bug‘zu adovat solishni hamda sizlarni Allohni zikr qilishdan va namoz o‘qishdan to‘sishni istaydi, xolos! Endi to‘xtarsizlar!» (Moida surasi, 90–91). Alloh azza va jalla mazkur oyatlarda xamrdan ogohlantirdi, qaytardi. Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
Kimda-kim undan saqlanmas ekan, batahqiq, u Alloh va Rasuliga osiylik qilgan va bu bilan azobga sazovor bo‘lgan bo‘ladi. Alloh taolo aytadi: «Kim Alloh va Rasuliga itoatsizlik qilib, Allohning belgilab qo‘ygan hadlaridan tajovuz qilsa, uni abadiy qoladigan joyi bo‘lmish do‘zaxga kiritur. Va uning uchun xor qilguvchi azob bordir» (Niso surasi, 14). Ibn Abbos roziyallohu anhumo aytadilar: «Xamr harom qilingach, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ayrim sahobalari boshqalarining oldiga borib: «Xamr harom qilindi va shirkka tenglashtirildi», dedilar» (Tabaroniy, Hokim rivoyati). Download 158.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling