International Islamic Academy of Uzbekistan Volume 3


Download 41.19 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana11.10.2023
Hajmi41.19 Kb.
#1698487
  1   2   3   4
Bog'liq
shaxsda-suitsidal-xulq-atvor-shakllanishning-ijtimoiypsixologik-jihatlari



International Islamic Academy of Uzbekistan 
Volume 3 | IIAU Conference 1 | 2022
Google Scholar indexed 
Scientific-Theoretical and Practical Issues of 
Psychology of Religion in Uzbekistan 
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-02-197-200 
 
 
 
 
 
197
 
May 21 
https://ares.uz/ Republican Scientific and Practical Conference 
SHAXSDA SUITSIDAL XULQ-ATVOR SHAKLLANISHNING IJTIMOIY-
PSIXOLOGIK JIHATLARI 
 
Ma’ruf Qosim o’g’li Kubayev
Xalqaro islom akademiyasi stajyor-tadqiqotchisi 
kubayevmaruf35@gmail.com
 
 
O’z joniga qasd qilish insoniyat jamiyatining ilk davridan to hozirgacha davom 
etib kelayotgan voqelikdir. Bunda faqat shaxsning hayotdan ko’ngilli ravishda ketishi 
holatiga nisbatan munosabatlarning o’zgarishini ko’zatish mumkin. O’z joniga qasd 
qilish holatlariga nisbatan jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida va turli 
madaniyatlarda munosabat o’ziga xos bo’lganligi ko’zatiladi. 
XX asr o’zining barcha sarosimaligiga qaramasdan, insonlarni yuz yil oldin 
tasavvur qilish ham qiyin bo’lgan qulayliklar bilan o’rab oldi. Bunga moddiy turmush 
darajasi yuqori bo’lgan mamlakatlarning aynan suitsidlar soni bo’yicha yetakchilik 
qilayotganligi sabab bo’lgan. Shunga ko’ra, suitsidal xulqning bir nechta omillari 
tafovutlanadi[1]. 
1. Axloqiy omil. XX asrga kelib xulq-atvorning axloqiy motivatsiyasini 
o’zgartirish tendentsiyasi yuzaga keladi. Oldinlari uning asosida muhokama 
qilinmaydigan holatlar ya’ni, mantiq, hissiyot, aql-idrokka emas - e’tiqodga murojaat 
etish yotadi. Agar cherkov o’z joniga qasd qilishni man etsa - bu muhokama 
etilmaydi. Hozirga kelib XVIII va XIX asrlardagi hodisalar ta’sirida shakllan-gan 
e’tiqod inqirozi yuz berishi aniq. Bu ma’naviy halokat emas, balki rivojlanishning 
tabiiy bosqichidir. 

Download 41.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling