International Islamic Academy of Uzbekistan Volume 3
Download 41.19 Kb. Pdf ko'rish
|
shaxsda-suitsidal-xulq-atvor-shakllanishning-ijtimoiypsixologik-jihatlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Ijtimoiy omil
- International Islamic Academy of Uzbekistan Volume 3 | IIAU Conference 1 | 2022 Google Scholar indexed Scientific-Theoretical and Practical Issues of
2. Psixologik omil. N.A.Berdyaev yozganidek: «O’z joniga qasd qilish
psixologik hodisadir va uni tushunish uchun o’z hayotini tugatishga qaror qilgan insonning ruhiy holatini tushunish lozim. O’z joniga qasd qilish hayotning maxsus, o’ziga xos daqiqasida, qora to’lqinlar ko’ngilni qamrab olgan, umid uchqunlari so’nggan paytida sodir etiladi. O’z joniga qasd qilish psixologiyasi eng avvalo, chorasizlik psixologiyasidir». Ommaviy madaniyat apparati orqali jamiyat doimiy ravishda qandaydir hayotiy muvaffaqiyat standartlarini qabul qildirishga o’rinadi va unga mos kelmaslik fojia sifatida idrok etiladi[2]. 3. Ijtimoiy omil. Texnik inqilob va urbanizatsiya oqibatida o’tgan asrning patriarxal dunyosi vayron bo’ldi. Inson o’zini o’rab turgan hayotiy kenglik ustidan bevosita nazoratni yo’qotib, shaxs International Islamic Academy of Uzbekistan Volume 3 | IIAU Conference 1 | 2022 Google Scholar indexed Scientific-Theoretical and Practical Issues of Psychology of Religion in Uzbekistan DOI: 10.24412/2181-1385-2022-02-197-200 198 May 21 https://ares.uz/ Republican Scientific and Practical Conference va jamiyat o’zaro munosabatlari ko’lami ham buzildi. Har qanday ijtimoiy larza, ijtimoiy mavqening ommaviy o’zgarishi o’z joniga qasd qilishlarning ko’payishiga olib keldi. Shundan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki, o’z joniga qasd qilish holatlari tarixiy davrlar mobaynida har qanday jamiyat-ning doimiy yo’ldoshi hisoblangan. SHunday fikrlar borki, ba’zi odamlar shunchaki o’zini o’zi hayotdan mahrum qilishlari lozim. Bunda alohida individ ko’zatuv ustivorligini yo’qotib, nazorat predmetini insonning ijtimoiyligi tashkil etadi. Suitsid fenomenini ko’pincha psixologik inqiroz haqidagi tasavvurlar bilan bog’laydilar. Ushbu vaziyatda inqiroz, shaxsning hayotiy o’ta zarur ehtiyojlarni qondirish yo’lidagi to’siqlarga duch kelishi vaziyatida kelib chiqadigan emotsional holat sifatida tushuniladi ya’ni, ular shunday to’siqlarki, odam uni o’zining oldingi hayotiy tajribasidagi muammolarni hal qilish usullari bilan bartaraf eta olmaydi[3]. Shunday qilib, psixologik inqiroz, tashqi sharoitlar tomonidan kelib chiqadigan xavf ta’siri (inson psixikasiga) ostida yuzaga keladigan emotsional turg’unlikning ichki buzilishi sifatida ko’riladi. Adabiyotlarda ko’pincha suitsidal xatti-harakatlar bilan solishtiriladigan, «autatravmatizm» (o’ziga jarohat yetkazish), «autoagressiv xatti – harakat» terminlari ham uchraydi. Agar autoagressiv harakatning oxirgi maqsadi o’z joniga qasd qilish bo’lsa, uni suitsidal xatti – harakatlarga bog’lash mumkin. Zamonaviy, ayniqsa xorijiy adabiyotlarda «autodestruktiv» (o’ziga zarar yetkazish bilan bog’liq xulq – atvor) «o’zini – o’zi yo’q qilish» xulq – atvori tushunchasi keng tarqalgan. Psixologik – ruhiy – og’riq, og’ir inqirozli holatning umumiy belgisi hisoblanadi. Ko’ngil og’rig’iga chiday olmaslik, uni har qanday yo’l bilan to’xtatishga olib keladi, inqirozli vaziyatdagi odamga esa suitsidal o’rinish o’z muammolaridan qutilish va uni hal etish usulidek qabul qilinadi. Suitsidal xulqning kelib chiqishida xavotirlanish va boshqa emotsional kechinmalarning roli haqida gumanistik psixologiya namoyondalari ham o’ziga xos fikr-mulohazalarni ilgari suradilar (K.Rodjers va boshqalar). Karl Rodjersning ta’kidlashicha, hayotning asosiy yo’nalishi (g’oyasi) atrof muhit va boshqa odamlar bilan o’zaro munosabatlarda shakllanuvchi, «Men»ning dolzarblashuvi, saqlanishi va kuchayishi-dan iborat. Agar «Men»ning to’zilishi rigid bo’lsa (qotib qolgan), shaxs hayotiga xavf sifatida qabul qilinuvchi, unga muvofiq kelmaydigan real tajriba buziladi yoki rad etiladi. Odam uni tan olmasa, go’yoki o’zini qamoqqa tashlaydi. Bunda istalmagan tajriba «Men»dan o’zoqlashadi, voqelik bilan aloqa yo’qotiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling