Microsoft Word gunohi kabiralar ziyouz com doc
www.ziyouz.com kutubxonasi
Download 158.58 Kb.
|
imom-shamsuddin-zahabiy-gunohi-kabiralar
www.ziyouz.com kutubxonasi
130 Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy Ellik beshinchi gunohi kabira O‘G’IRLIK Alloh taolo aytadi: «O‘g‘ri erkakni ham, o‘g‘ri ayolni ham qo‘llarini kesinglar! (Toki bu) ularning qilmishlariga yarasha jazo bo‘lsin, Alloh tomonidan berilgan azob bo‘lsin. Alloh qudrat va hikmat egasidir» (Moida surasi, 38). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytganlar: «Zinokor zino qilayotgan vaqtida mo‘min bo‘lmagan holida zino qiladi. O‘g‘ri o‘g‘irlik qilayotgan vaqtida mo‘min bo‘lmagan holida o‘g‘irlik qiladi. Ichuvchi xamr ichayotgan vaqtida mo‘min bo‘lmagan holida ichadi. Biroq tavba hali ham taklif qilingandir» (Buxoriy, Muslim, Abu Dovud rivoyati). Ibn Umar roziyallohu anhu aytganlar: «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam qiymati uch dirham bo‘lgan qalqon sababli (qo‘lni) kesganlar» (Jamoat rivoyat qilgan). Oisha (roziyallohu anho) aytganlar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam chorak dinor va undan qiymatli (narsalar) uchun o‘g‘rining qo‘lini kesar edilar» (Jamoat rivoyat qilgan). Nasoiyning rivoyatida: «Qalqon qiymatidan arzon narsalar uchun o‘g‘rining qo‘li kesilmaydi», deyilgan. Oisha (roziyallohu anho)dan: «Qalqonning qiymati qancha?» deb so‘rashganda: «Chorak dinor», deya javob berganlar. Imom Ahmadning rivoyatida: «Chorak dinor sababli (o‘g‘rining qo‘lini) kesinglar. Bundan qiymatsiz, arzon bo‘lgan narsalar sababli kesmanglar», deyilgan. U paytda bir dinor – o‘n ikki dirham, chorak dinor esa uch dirham bo‘lgan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh o‘g‘rini la’natlasin: dubulg‘a o‘g‘irlaydi-da, qo‘li kesiladi, arqon o‘g‘irlaydi-da, qo‘li kesiladi», deganlar. A’mash (rahimahulloh) aytganlarki: «Ular «dubulg‘a» deganda temir dubulg‘ani,
Oisha (roziyallohu anho) aytadilar: «Maxzum qabilasidan bo‘lgan bir ayol qarzga narsa olib uni qaytarmas, tan olmas edi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam uning qo‘lini kesishni buyurdilar. Ayolning qarindosh-urug‘lari Usoma ibn Zaydning oldiga kelib, u bilan gaplashishdi. Usoma Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga ayol haqida gapirgan edi, u zot sollallohu alayhi vasallam: «Ey Usoma, Alloh azza va jallaning hadlaridan bironta had borasida ham o‘rtaga tushganingni ko‘rmayin», dedilar. So‘ng turib odamlarga qarata shunday hitob qildilar: «Albatta, sizlardan oldin o‘tganlar agar oralarida sharafli, obro‘li kishi o‘g‘irlik qilsa afv etib, zaif kishi o‘g‘irlik qilsa, qo‘lini kesganlari sababli halok bo‘lganlar. Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, agar o‘g‘ri Muhammadning qizi Fotima bo‘lganida ham, albatta, qo‘lini kesgan bo‘lardim». Keyin o‘g‘ri ayolning qo‘li kesildi» (Ahmad, Muslim, Nasoiy rivoyati). Ulamolar aytadilarki, o‘g‘irlagan narsani egasiga qaytarmas ekan, o‘g‘rining tavbasidan www.ziyouz.com kutubxonasi 131 Gunohi kabiralar. Imom Hofiz Shamsuddin Zahabiy hech naf yo‘q. Agar hech vaqosi bo‘lmasa, molning egasidan rozilik olishi shart. Vallohu a’lam. Ellik oltinchi gunohi kabira Download 158.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling